O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi



Yüklə 1,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə109/583
tarix13.05.2022
ölçüsü1,65 Mb.
#115873
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   583
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o

 
1. UMUMIY QOIDALAR 
 
Kirish 
 
Iqtisodiyotni  modernizatsiyalashtirish  va  ishlab  chiqarishni  diversifikatsiyalashtirish 
sharoitida  kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlikni  keng  rivojlantirish  va  uning  asosida  aholini, 
ayniqsa  yoshlarni  ish  bilan  bandligini  ta’minlash,  ularning  mehnat  qilish  huquqlarini  amalga 
oshirishlari va iqtisodiy mustaqillikka erishishlari uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish, ishlab 
chiqarish  kuchlarini  joylashtirish  va  yangi  ish  o’rinlarini  yaratish,  ishga  joylashishga 
ko’maklashishni  tashkil  etish,  kasbga  tayyorlash  va  yo’naltirish  tizimini  joriy  etish  hamda 
kadrlar  malakasini  oshirish  va  qayta  tayyorlash  amalga  oshirilayotgan  ijtimoiy-iqtisodiy 
islohatlarning  dolzarb  masalalardan  biri  hisoblanadi.  Ushbu  masala  O’zbekiston  hukumatining 
ijtimoiy-iqtisodiy  sohasida  amalga  oshirayotgan  islohatlarida  eng  ustivor,  davlat  siyosati 
darajasida  ko’tarilgan  masalalardan  biri  bo’lib,  bu  xususda  mamlakatimiz  Prezidenti  I.A. 
Karimov  izohlab  berganidek:  “...xususiy  tadbirkorlikni  yanada  rivojlantirish  maqsadida  bu 
sohaga to’liq erkinlik berish, bu yo’lda g’ov bo’lib turgan barcha to’siq va cheklovlarni bartaraf 
etish  eng  muhim  ustuvor  vazifadir”.  SHu  bilan  birga  Prezidentimiz  ta’kidlaganidek  “Aholi 
bandligini ta’minlash, avvalo, kasb-hunar kollejlari va oliy o’quv  yurtlari  bitiruvchilarini  ishga 


joylashtirish  bo’yicha  zarur  sharoitlar  yaratish  ijtimoiy  siyosatimizning  eng  muhim  ustuvor 
yo’nalishi bo’lib qoladi
1
”. 
Tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish asosida bir qator ijtimoiy-iqtisodiy vazifalar 
hal etilishi nazarda tutiladi. 
Birinchidan, jahon tajribasi shuni ko’rsatadiki, kichik biznes ichki bozorni zarur tovar va 
xizmatlar  bilan  to’ldiradigan,  iqtisodiyotning  tarkibiy  negizini  belgilab  beradigan  eng  muhim 
sektor  hisoblanadi,  shuningdek,  aholini,  ayniqsa  yoshlarni  ish  bilan  ta’minlashda,  ularning 
iqtisodiy  mustaqillikka erishishlari  va  hayotda o’z o’rinlarini topib ketishlarida eng asosiy omil 
va manba bo’lib xizmat qiladi. 
Ikkinchidan,  hozirgi  sharoitda  jahon  va  mintaqaviy  bozorlarda  raqobat  keskinlashib 
borayotgani  hammaga  ayon.  Aynan  kichik  biznes  o’zining  harakatchanligi,  kam  sarmoya  talab 
qilishi hisobidan ishlab chiqarishni yengilroq va tez modernizatsiya qilish, ishlab chiqarilayotgan 
mahsulot  turlarini  yangilash  imkoniyatiga  ega  ekani  va  shu  tariqa  bozor  kon’yunkturasining 
o’zgaruvchan talablariga yaxshi moslasha olishi bilan e’tiborlidir. 
Uchinchidan,  kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlik  o’sishi  bilan  mamlakat  tayanchi  va 
suyanchi  bo’lgan  mulkdorlar  o’rta  sinfini  shakllantirish  vazifasi  bevosita  hal  etiladi.  Umuman 
aytganda,  kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlik  bugungi  kunda  aholi  bandligini  ta’minlaydigan 
va uning asosiy daromad manbai bo’lgan muhim bug’in hisoblanmoqda. 
Zamonaviy  bozor  iqtisodiyoti  sharoitida,  O’rta  maxsus,  kasb-hunar  ta’limi  muassasalari 
faoliyatining  asosiy  faoliyat  yo’nalishlari  bo’lib,  bitiruvchilarning  shaxsiy  barkamolligini 
shakllantirish,  ularning  o’z  ustida  ishlashlari  va  samarali  mehnat  faoliyatini  olib  borishlariga 
ko’maklashish,  shuningdek,  tadbirkorlik  va  biznes  bo’yicha  bilim  va  ko’nikmalarini 
shakllantirish,  ularga  ishbilamonlik  ruhini  singdirish,  yoshlarning  ishga  joylashishi  va  mehnat 
bozoriga moslashishi uchun yordam berish hisoblanadi. 
Xo’sh,  qanday  tuzilmada  ishlash  har  tomonlama  qulay  hisoblanadi?  Qaerda  yuqori 
lavozimlarga va moddiy farovonlikka erishish imkoniyatlari yuqori? Ushbu savollar har bir yosh 
mutaxassisni  mehnat  faoliyatini  boshlash  oldidan  xavotirga  soladi.  SHu  sababli  ishga 
joylashtirish  jarayoni  juda  muhim  va  har  bir  inson  hayoti  davomida  o’ziga  xos  xodisa  bo’lib, 
ulardan o’z kasbining bilimdoni va omadli bo’lishini talab etadi. 
«Tadbirkorlik  va  ishga  joylashtirish  texnologiyasi  asoslari»  o’quv  kursi  kasb-hunar 
kollejlari  va  akademik  litseylar  o’quvchilarining  tadbirkorlik  va  biznes  sohasida  bilimli 
bo’lishiga,  amaliy  ko’nikmalarga  va  mehnat  bozorida  muvaffaqiyatga  erishishishiga,    o’z 
shaxsiy biznesini ochishda yoki yollanma xodim sifatida ish beruvchi bilan bo’ladigan suhbatda 
o’z  imkoniyatlarini  ko’rsatib  bera  olishiga,  yangi  ish  joyiga  muvaffaqiyat  bilan  moslashishini 
ta’minlashga yo’naltirilgan. 
Bitituvchilarni  doimiy  va  samarali  ish  bilan  ta’minlash  va  ularning  yaxshi  xizmat 
lavozimlarda  ishlashlari  eng  asosiy  sifat  ko’rsatkichi  bo’lib,  ta’lim  muassasasining  mavqeini 
aniqlab beradi. 
Bo’lajak  bitiruvchi-tadbirkorlarimiz  oldilariga  qo’ygan  yuksak  maqsadlariga  erishishda 
bir  qator  muammolarga  duch  kelmoqdaki,  bu  -  qonuniyatlari  darajasida  to’la  anglamaslik, 
biznesni  tashkil  etish,  rejalashtirish,  moliyalashtirish,  soliqqa  tortish  va  boshqarishda  kerakli 
bilim  hamda  ko’nikmaga  ega  emaslik,  mehnat  bozori  va  unda  ish  izlash,  ishga  joylashish,  ish 
beruvchi  bilan  bo’ladigan  suhbatda  o’z  imkoniyatlarini  ko’rsatib  bera  olishlarida  namoyon 
bo’lmoqda.  Bu  esa  o’z  navbatida,  o’rta  maxsus,  kasb-hunar  ta’limi  bitiruvchilarini  ishga 
joylashtirish,  kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlik  bilan  shug’ullanish  qarorini  berish 
jarayonlarining sust amalga oshayotganligini asosiy sabablaridan biridir. 
                                                        
1
  2015  yilda  iqtisodiyotimizda  tub  tarkibiy  o’zgarishlarni  amalga  oshirish,  modernizatsiya  va 
diversifikatsiya jarayonlarini izchil davom ettirish hisobidan xususiy mulk va xususiy tadbirkorlikka keng 
yo’l ochib berish – ustuvor vazifamizdir.
 Prezident I.Karimovning 2014 yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlantirish  yakunlari  va  2015  yilda  iqtisodiy  islohatlarni  chuqurlashtirishning  eng  muhim  ustuvor 
yo’nalishlariga  bag’ishlangan  Vazirlar  Mahkamasi  majlisidagi  ma’ruzasi.  «Xalq  so’zi»  gazetasi,  17  yanvar, 
2015 yil. 


Yuqoridagi  muammolarni  Xalqaro  mehnat  tashkiloti  (XMT)  va  uning  bir  guruh 
mutaxassislari  tomonidan  tayyorlangan,  SHarqiy  Yevropa,  Keniya  va  Mustaqil  Hamdo’stlik 
Mamlakatlarining  (MDH)  bir  qator  respublikalarida  aprobatsiyadan  o’tgan    «Biznes  bilan 
tanishuv»  nomli  modullar  ketma-ketligi,  O’zbekiston-SHveytsariya  “Kasbiy  ko’nikmalarni 
rivojlantirish”  loyihasiga  asoslangan  va  O’zbekiston  Respublikasi  Mehnat  vazirligi  bilan 
hamkorlikda  ishlab  chiqilgan  «Tadbirkorlik  va  ishga  joylashtirish  texnologiyasi  asoslari»  fani 
doirasida  hal  etishga  e’tibor  qaratilgan.  Ushbu  fan  doirasida  biznes  va  tadbirkorlik,  bunday 
faoliyatni  tashkil  etish,  uning  turlari,  ish  faoliyatini  rejalashtirilishi,  moliyalashtirish,  soliqqa 
tortish va korxonani boshqarish, biznes-rejalar tuzish, bitiruvchilarni ishga joylashtirish tizimini 
rivojlantirish  va  ularni  mehnat  bozoriga  moslashtirish,  ishga  joylashtirishda  va  kasbiy 
muvaffaqiyatlarga  erishishda  o’quvchilarning  shaxsiy  bilim,  ko’nikma  hamda  malakasini 
shakllantirishga  oid  bilimlar,  ish  o’yinlari,  keys-stadilar,  sxemalar  va  interfaol  kabi  o’qitish 
usullari qamrab olingan. 
 

Yüklə 1,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   583




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin