O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus (texnikum) professional ta’limning



Yüklə 298,69 Kb.
səhifə4/105
tarix24.12.2022
ölçüsü298,69 Kb.
#121755
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   105
Ilk qadam toplam

O‘quv dasturi umumiy talablari

O‘quv dasturining nomi

Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari va "Ilk qadam" davlat o‘quv dasturi

Ajratilgan soat

60

Mavzular soni

30

Dasturning maqsadi

O‘quvchilarga “Ilk qadam” davlat dasturining maqsad, vazifalari va tamoyillarini, hujjat tuzilmasi, ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarga ta`lim berish va rivojlantirish uchun dasturning ustunligi haqida bilim berish. Shu bilan birga bo‘lajak maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilari uchun Davlat talablari va “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturining nazariy va amaliy masalalarini yoritib berib, o‘quvchilarda o‘z kasbiga nisbatan qiziqishlarini shakllantirish.

O‘zlashtirish (o‘qitish) natijalari

O‘quvchilar Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablari va “Ilk qadam” dasturi asosida bolaning individual ehtiyojlarini hisobga olish bilan uning har tomonlama va uyg‘un holda rivojlanishini, maktabgacha yoshdagi bolalarning oq‘uv-tarbiya ishlarini tashkil etish va amalga oshirishni bilib oladilar.

Bilim

- Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yilgan Davlat talablari”ning maqsad, asosiy vazifalari va prinsiplari, tarkibini;
- Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yilgan Davlat talablari”ga muvofiq ta’lim-tarbiya jarayonini amalga oshirishni;
- “Ilk qadam” Davlat o‘quv dasturini maqsad va vazifalari, hamda tamoyillarini;
- bolalarga ta`lim berish va rivojlantirishda kompеtеntli yondashuvni;
- MTTda rivojlanish markazlari faoliyatini tashkil etish va bolalar bilimini baholashni;
- oilalar bilan hamkorlik va ota-onalarni ta`lim jarayoniga jalb qilish bilimiga ega bo‘ladilar.

Ko‘nikma

- Ta`lim - tarbiya jarayonini tashkil etishda qo‘llaniladigan shakllar, usullar va vositalarning bolalarning yosh, ruhiy va fiziologik xususiyatlarini hisobga olish, qiziqishlari, qobiliyatlari va ehtiyojlariga mos ravishda tanlash;
- “Ilk qadam “ Davlat o‘quv dasturining ustunliklarini, bolalarga ta`lim berish va rivojlantirish uchun uning avzallik tomonlarini aniqlash;
- “Ilk qadam “ Davlat o‘quv dasturi bo‘yicha ta’limiy tarbiyaviy faoliyatni rеjalashtirishda kompеntеntlik yondashuvni qo‘llash;
- bola shaxsiga yo‘naltirilgan ta’lim jarayonida rivojlanturuvchi muhitni yaratish va rivojlanish markazlarni tashkil etish;
- MTT, ota - onalar va mahalliy hamjamiyat bilan hamkorlik ishlarini yo‘lga qo‘yish.


Yüklə 298,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin