Internet saytlari
1. http://www.edu.uz – O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi sayti.
2. http:www.mdo.uz – O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'limi vazirligi sayti
3. http://www.president.uz – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti portali.
O‘quv fani mashg‘ulotida o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajalarini baholash mezoni
O’quv fani mashg’ulotida o’quvchilar nazariy bilimlar bilan bir qatorda kasbiy- amaliy ko’nikmalarni o’zlashtiradi. Mashg’ulot vaqtida o’quvchining barcha faoliyatini bir vaqtning o’zida bajarilgan ishlar sifati, olgan nazariy bilimlari, vaqt me’yorlariga rioya qilish, ish va ish joyini tashkil qilish, ishlov berish va nazorat-o’lchov asboblaridan foydalanish, xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilishi baholanadi. O’quvchilarning o’zlashtirish darajalarini “Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 13 maydagi 204-sonli va 2004 yil 24 iyundagi “O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi faoliyatini takomillashtirish to’g’risida”gi 293-sonli qarorlariga asosan akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari o’quvchilarining bilim saviyasi, ko’nikma va malakalarini nazorat qilishning reyting tizimi asosida baholash mezonini ishlab chiqdik. Baholash mezoni ko’rsatkichlari 3-jadvalda keltirilgan:
Baholar besh ballik tizimda qo’yiladi
5 – “a’lo”
4 – “yaxshi”
3 – “qoniqarli”
2 – “qoniqarsiz”
Dostları ilə paylaş: |