MAXSUS KURSNING O`QUV REJADAGI BOSHQA FANLAR BILAN O`ZARO BOG`LIQLIGI, USLUBIY JIHATDAN UZVIYLIGI VA KETMA-KETLIGI
O`zbekiston Konstitutsiyasi va Huquqshunoslik fanlari maxsus kurs bilan huquqiy jihatdan bog`liqligini bildirsa ,Tarix, Ma`naviyat asoaslari,Oila psixologiyasi ,Shaxs va jamiyat, Dinshunoslik va Estetika fanlari esa maxsus kurs bilan ijtimoiy va uslubiy jihatdan uzviyligi va ketma- ketligini namoyon qiladi.
ZAMONAVIY AXBOROT VA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR
Zamonaviy axborot texnologiyalari :maxsus kurs o`quvchilarga slaydlar ,multimedia vositalaridan foydalangan holda o`qitiladi .
Zamonaviy pedagogik texnologiyalar :maxsus kursni o`qitish jarayonida “aqliy hujum “,”Keys –stadi”, ”amaliy o`yin”,”mumoli vaziyat”, ”nima uchun “ va boshqalar qo`llaniladi
NAZARIY, SEMINAR MASHG`ULOTLARI VA MUSTAQIL ISHLARI TASHKIL ETISH BO`YICHA KO`RSATMALAR
Nazariy mashg`ulotni tashkil etish:o`qituvchi huquqiy adabiyotlar,tegishli huquqiy normativ hujjatlar, OAVmateriallaridan foydalangan holda, mavzu yuzasidan tushunchalarni reja asosida taqsimlab bilim beradi.
Seminar mashg`ulotini tashkil etish:savol-javob; asosiy tushunchalarni ilg`or pedagogik texnologiyalar bilan mustahkamlash; mustaqil topshiriqlar berish; tadbirlar tashkil etish.
Mustaqil ishlarni tashkil etish:o`qitivchi o`tilgan mashg`ulotlar xususiyatidan kelib chiqqan holda mustaqil ish mavzulari ro`yhatini shakllantiradi