Pedagogik innovatsiyalar instituti Ta’lim texnologiyalari, o‘quv reja va dasturlarini ishlab chiqish bo‘limi boshlig‘i
M.Ubaydullayev
Pedagogik innovatsiyalar instituti Ta’lim texnologiyalari, o‘quv reja va dasturlarini ishlab chiqish bo‘limi bosh mutaxassisi
N.Toshmatov
O‘zbekiston tuman 1-son kasb-hunar maktabi o‘quv ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari
M. Otaxonova
O‘zbekiston tuman 1-son kasb-hunar maktabi maxsus fan o‘qituvchisi
Taqrizchilar:
J.B.Toshov
Toshkent davlat texnika universiteti Energetika fakulteti dekani, t.f.d.prof.
B.I. Jo‘rayev
Issiqlik Elektr Stansiyalari AJ boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari
1. O‘quv dasturiga qo‘yiladigan talablar
Dastur nomi
Elektr o‘lchash asboblari va elektr o‘lchashlar
Аjratilgan soat
40
Mavzular soni
15
Dasturning maqsadi
O‘quvchilarga elektr o‘lchashlarning fan va texnikadagi ahamiyati va ularning ishlatilishini o‘rgatish. Elektr o‘lchash sohasidagi o‘tkazuvchan materiallarni xususiyatlarini aniqlash. Elektr o‘lchov asboblaridan to’g’ri foydalanish va ishlatiladigan maxsulotlarni tayyorlash. Yarim o‘tkazgichlar va magnit o‘tkazgichlarni turlarini ishlab chiqarish. Elektr o‘lchash asboblarini manbaga ulash ko‘nikmasini shaklantirish .
O‘zlashtirish (o‘qitish) natijalari
Elektr o‘lchash asboblarini ishlatish;
Elektr o‘lchash asboblarini turlari va ishlatilishi;
Elektr o‘lchov asboblarida ishlatiladigan maxsulotlarni
tayyorlash.
Yarim o‘tkazgichlar va magnit o‘tkazgichlarni turlarini ishlab
chiqarish.
Elektr o‘lchash asboblarini manbaga ulash ishlarini bajarish.
Bilimlar
elektr o‘lchov asboblari va elektr o‘lchashlar haqida tushuncha;
asosiy metrologik tushunchalar va ta’riflari;
o‘lchash va nazorat qilish vositalari;
hisoblash formulalari;
elektr o‘lchashlarning turlari va usullari;.
elektr o‘lchash vositalari va turlari;
o‘lchash xatoliklari;
o‘lchash o‘zgartirgichlar;
to‘g‘rilagichli o‘lchov asboblari;
analog o‘lchov asboblari;
raqamli o‘lchov asboblari;
Ko‘nikmalar
energetika tizimlarida elektr kattaliklarni o‘lchash;
-elektr zanjir parametrlarini ko‘prikli sxema yordamida o‘lchash;
o‘lchash xatoliklarini aniqlash;
to‘g‘rilagichli o‘lchov asboblari bilan ishlash;
elektr parametrlarni analogli o‘lchov asboblar bilan o‘lchash;
elektr parametrlarni raqamli o‘lchov asboblar bilan o‘lchash;
tok, kuchlanish va qarshilikni kompensatsion usulda o‘lchash;