O‘quvchilarda elektroenergetika yo‘nalishining jihozlarini ishlatishda texnologik chet tilini o‘rganishi, zamonoviy jihoz va uskunalarning yo‘riqnoma va pasportini o‘qiy olishi, o‘rganishi uchun ko‘nikmalarni shakllantirish.
O‘zlashtirish (o‘qitish) natijalari
1. Chet tili komunikativ kompetensiya –o‘rganilayotgan chet tili bo‘yicha egallagan bilim, ko‘nikma va malakalarni muloqot jarayonida qo‘llash qobiliyatini rivojlantirish.
2. O‘quvchilarning kundalik, ilmiy va kasbga oid sohalarda faoliyat olib borishi uchun chet tilida komunikativ kompetensiyani shakllantirish.
3. Mutaxassislik bo‘yicha chet tilida muloqot qila olish qobiliyatini shakllantirish.
o‘tilgan grammatik material (fe’l zamonlari, modal fe’llar, sifat va ravishlarning qiyosiy darajalari, predloglar va hokazo)ni kundalik, ilmiy va sohaviy kontekstlarda to‘g‘ri qo‘llay olishni;
energetika va elektr energetika mutaxassisligi haqida aytib berishni;