3. O‘zbekiston iqtisodiyotida qishloq xo‘jaligining o‘rni. Agrar islohotlar.
Qishloq xo‘jaligida tub iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish jarayonida davlat xo‘jaliklari tugatilib, jamoa, shirkat xo‘jaliklariga aylantirildi, chorvachilik, aksariyat xo‘jaliklarning qoramolchilik fermalari xususiylashtirildi, dehqon va chorvachilik yo‘nalishidagi fermer xo‘jaliklari tashkil etila boshlandi. Agar mamlaktimizda fermerlik harakatining shakllanish tarixi va rivojlanishiga murojaat qilinsa, fermerlikni shakllantirish chorvachilik sohasi islohotlaridan boshlangan edi.
Qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish tar- kibini takomillashtirishga e’tibor berildi. Xo‘jaliklar ekin ekish sohasida mustaqil bo‘ldilar. Respublikada don mustaqilligiga erishish, shakar va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari tayyorlashni tiklash yo‘li izchillik bilan amalga oshirildi. Paxta ekila- digan maydonlar qisqartirilib, donli ekinlar maydoni kengaytirildi. Umumiy ekin maydonlarida donli ekinlar salmog‘i 1991-yilda 18,8 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2000-yilda 42 foizga o‘sdi.
Respublikamizda don mustaqilligiga erishish, shakar va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari tayyoriash yo‘li izchillik bilan amalga oshirildi. Agar 1991-yilda mamlakatimizda 1,9 mln tonna don tayyorlagan bo‘lsa, 2012-yilda 7,5 mln tonna don yetishtirildi. 2014-yilda 8 mln 50 ming tonnalik g‘alla xirmoni tayyorlandi. O‘zbekiston
YAqin tariximizda bu borada chorvachilik sohasini rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993 yil 15 martdagi «Respublika chorvachiligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish chora – tadbirlari to‘g‘risida»gi, 1994 yil 23 fevralda «CHorvachilikda iqtisodiy islohotlarni takomillashtirish hamda dehqon (fermer) xujaliklari va xususiylashtirilgan fermalar manfaatlarini himoya qilish choralari to‘g‘risida», 1995 yil 24 martdagi «CHorvachilikda xususiylashtirishni davom ettirish va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab – quvvatlash chora – tadbirlari to‘g‘risida» gi qarorlari muhim ahamiyat kasb etdi. Bu qarorlarga ko‘ra, 1995 yilda jamoa xo‘jaliklarining zarar bilan ishlayotgan 1499 qoramolchilik fermalari xususiylashtirildi. Natijada respublikada ishlab chiqarilayotgan go‘sht va sutning 75% ni xususiy sektor bera boshladi.
Ushbu davrda agrar soha fermerlik yo‘nalishining shakllanishida davlat tasarrufidagi qo‘y, echki, qoramollar, yiliqi, tuya kabi hayvonlarni fermerlarga bo‘lib berish, davlat mulkchiligini tugatish, ularni xususiylashtirishga katta e’tibor qaratildi. Natijada 1990 yilda respulikada bironta ham fermer xo‘jaligi faoliyat yuritmagan bo‘lsa, qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarining xo‘jalik shakllari bo‘yicha taqsimlanishiga e’tibor qaratilib, 2000 yilga kelib ular tasarrufidagi erlar 632,2 ming gektarga, 2010 yilga kelib esa 3 mln 143 ming gektarga etgan.
Vaholanki 1990 yilda O‘zbekistonda sovxozlar, kolxozlar, yordamchi xo‘jaliklar maxsus shirkatlar, qorako‘lchilik fermalariga tegishli er maydonlari 3 mln 974 ming gektar bo‘lgan bo‘lsa, 2000 yilga kelib ularning erlari fermer xo‘jaliklariga bo‘lib berilib, o‘sha qishloq xo‘jalik korxonalarining yirklashtirilishi natijasida 2010 yilda umumiy er maydonlari qisqartirilib, zarar bilan ishlayotgan yoki dotatsiyaga tushgan xo‘jaliklar erlari 93 ming 900 gektarga kamaytirilgan edi.
2000 yilllardan boshlab agrar sohada fermer xo‘jaliklarining tashkil etilishi barqaror va muntazam tus oldi. Fermer xo‘jaligining yuzaga kelish asoslari Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 5 yanvardagi 8-sonli «Qishloq xo‘jaligi korxonalarini fermer xo‘jaliklariga aylantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori va 2003 yil 27 oktyabrdagi «2004-2006 yillarda fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish konsepsiyasi to‘g‘risida»gi Prezident Farmonida batafsil yoritib berilgan.
Agar 2001 yilda respublikada faoliyat ko‘rsatayotgan fermer xo‘jaliklarining soni 55445 birlikdan iborat bo‘lgan bo‘lsa, 2006 yilga kelib 189235 birlikka etgan, yoki 3,4 baravar oshgan. Xo‘jaliklar sonining tahlil davridagi o‘rtacha yillik o‘sishi 40,2 foizni tashkil etgan. Jami 428 ta shirkat xo‘jaligi negizida 22 mingdan ortiq fermer xo‘jaliklari tashkil etiladi.
Respublikamizda fermerlikning kelgusidagi rivojlanishi va yangi imkoniyatlaridagi o‘zgarishlar 2000 yillar oxiriga to‘g‘ri keladi. Puxta o‘ylangan dastur asosida 2008-2010 yillar davomida o‘tkazilgan maqbullashtirish jarayoni natijalariga ko‘ra fermer xo‘jaliklarining er maydonlari hajmi kamaytirildi. Amalga oshirilgan maqbullashtirish jarayoni natijasida, 2011 yil yakuniga ko‘ra, respublikamizdagi fermer xo‘jaliklarining soni 215776 tadan 66134 taga yoki 69,4 foizga kamaytirildi, bunda bir fermer xo‘jaligiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha er maydoni hajmini 27,4 gektardan 80,1 gektargacha ko‘paytirishga erishildi. O‘rtacha bir fermer xo‘jaligiga to‘g‘ri keladigan er maydonini tarmoqlar bo‘yicha olib qaraydigan bo‘lsak, bu ko‘rsatkich o‘sha davrda paxtachilik va g‘allachilikda 106,3 gektarga, sabzavotchilik va polizchilikda 23,5 gektarga, bog‘dorchilik va uzumchilikda 13,1 gektarga, chorvachilikda 205 gektarga teng bo‘lgan.
Agrar islohotlarga ustuvorlik berildi. Chunki, respublika aholisining 62%
qishloqda yashaydi, qishloq xo‘jaligida YaIMning 30 foizi, mamlakat valuta tushumlarining 55 foizi shakllanardi. Agrar islohotlar natijasi- da qishloq xo‘jaligida davlat tasarrufidagi mulk xususiylashtirildi. Qishloq xo‘jaligida nodavlat sektorining ulushi qariyb 100 foizni tashkil qilmoqda.
Islohot yillarida odamlarga shaxsiy tomorqa uchun qo‘shim- cha ravishda 550 ming gektar sug‘oriladigan yer ajratildi va shax- siy tomorqa uchun berilgan yer maydoni 700 ming gektarga yetdi, 9 milliondan ortiq odam ana shu yer hosilidan foydalanmoqda.
Qishloqda xo‘jalik yuritishning maqbul shakllarini yaratishga alohida e’tibor berildi. Agrar islohotlarning dastlabki yillarida sovxoz va kolxozlar jamoa xo‘jaliklariga aylantirilgan edi. Ammo ular xo‘jalik yuritishda o‘zlarini to‘la-to‘kis oqlamaganliklari tufayli mulk paylari asosida shirkatlarga aylantirildi. 1999-yilda 898 ta, 2000-yilda 856 ta qishloq xo‘jaligi korxonalari shirkatlarga aylantirildi. Ularning umumiy soni 2002-yilning 1-yanvar holatiga ko‘ra, ruspublika bo‘yicha 1900 taga yetdi, ularda 1 mln 400 ming kishi shirkat a’zosi sifatida mehnat qildi. Biroq shirkat xo‘jaliklari ham o‘zini oqlamadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 24-martdagi «Qishloq xo‘jaligida islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhum yo‘nalishlari to‘grisida»gi Farmonida agrar islohotlarining yangi yo‘nalishlari belgilab berildi. Farmonga binoan 2003—2007-yillar- da shirkat xo‘jaliklari tugatildi, ularning negizida fermer xo‘jalikla- ri tashkil etildi. 2007—2008-yillarda paxtachilik, sabzavotchilik, chorvachilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklarining yer maydonlari qariyb 2,5 baravarga kengaytirildi. Fermer xo‘jaliklari qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchining asosiy shakliga aylandi.
Qishloqlarda shaxsiy yordamchi xo‘jaliklar dehqon xo‘jaliklari sifatida qayta shakllantirildi. Dehqon xo‘jaligi — bu oilaviy mayda tovar xo‘jaligi bo‘lib, tomorqa yer uchastkasi oila boshlig‘iga umrbod meros qilib berildi, mahsulotlar oila a’zolarining shaxsiy mehnat asosida yetishtiriladi va sotiladi. 2004-yil boshlarida mamlakatimiz- da 3,5 millionga yaqin dehqon xo‘jaliklari yuridik va jismoniy shaxs maqomida faoliyat yuritdi, ularda 8 milliondan ortiq ishga yaroqli kishilar mehnat bilan band bo‘ldi. Dehqon va fermer xo‘jaliklari O‘zbekistonda asosiy ishlab chiqarish subektlariga aylandi. Mamlakatimiz qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarilayotgan yalpi mahsulotning qariyb 100 foizi dehqon va fer- mer xo‘jaliklarida yetishtirilmoqda.
Mustaqillik yillarida amalga oshirilgan agrar islohotlar natijasida qishloq hayoti yangilandi, dehqon va fermerning mehnatga munosa- bati, dunyoqarashi o‘zgardi. Ular yerning haqiqiy egasiga, o‘z mehnati evaziga yetishtirgan mahsulotning egasiga aylandi.
Dostları ilə paylaş: |