O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o’zbekistonning eng yangi tarixi fanidan ma’ruzalar matni



Yüklə 334,04 Kb.
səhifə64/70
tarix31.12.2021
ölçüsü334,04 Kb.
#113416
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   70
O'zbekistonning yangi tarixi - Maruzalar matni

Tayanch tushunchalar: Mustaqillik, milliy yuksalish, Harakatlar strategiyasi, Davlat va jamiyat qurilishi,qonun ustuvorligi,iqtisodiyotni liberallashtirish, millatlararo totuvlik, diniy bag’rikenglik, jamoatchilik nazorati, milliy mafkura
1. Mustaqillik - milliy tiklanishning asosidir.

Mustaqillik yillarida milliy istiqlol g‘oyasi xalqimizning milliy tiklanishiga xizmat qildi. G‘oyaviy kurashlarda kunimizga yaradi. Xalqimizni birlashtirdi, buzg‘unchi g‘oyalar mohiyatini tushuntirdi. 2017 yildan boshlab O‘zbekiston o‘z taraqqiyotining yangi – Milliy yuksalish bosqichiga kirdi. Konstitutsiyamizga asoslangan, xalqimizning tub manfaatlariga javob beradigan O‘zbekistonni rivojlantirishning Harakatlar strategiyasi amalda. Keyingi yillarda erishilgan yuksak marralar xalqimizni baxtli qilishga qaratilgan islohotlar samaralarini yaqqol ko‘rsatmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev rahbarligida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha islohotlarning bosh maqsadi, xalqimizni turmush darajasini keskin ko‘tarish va bu borada rivojlangan davlatlar qatoridan munosib o‘rin olishga qaratilgandir. Bu borada Prezidentimizning 2020 yil 24 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga qilgan Murojaatnomasida biz hozir milliy taraqqiyotimizning mutlaqo yangi bosqichiga o‘tayotganligimizni, milliy g‘oyani rivojlantirishimiz zarurligi alohida ta’kidladilar.

Ma’lumki, 2019 yil 8 aprel kuni Prezidentimizning O‘zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida milliy g‘oyani rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risidagi farmoyishi qabul qilindi. Mazkur hujjat qabul qilinishining zarurati nimalarda namoyon bo‘ladi? Rivojlangan mamlakatlarda milliy g‘oya davlat maqsadlarini xalq maqsadlariga uyg‘unlashtiradi. “Bir hudud – bir xalq” e’tiqodini shakllantirib, mamlakatlar aholisini birlashtirgani, umumiy maqsad yo‘lida safarbar qilganiga misollar ko‘p. Ularning aksarida milliy g‘oya milliy qadriyatlarga bog‘lab singdirilganini ko‘ramiz.

Masalan, “Tarix – sintoizm – konfutsiylik – samuraylik irodasi” qadriyatlari negizida yapon milliy g‘oyasi ishlab chiqildi. Odamlarga ishonch, rag‘bat berildi. Maktabning tarbiyaviy ishlar tizimi, g‘oyasi isloh qilindi. Uyushgan millatning juda qattiq mehnati o‘laroq, dunyo “YApon mo‘‘jizasi”ning guvohi bo‘ldi. Xitoyda ham milliy zaminga – Konfutsiy ta’limotiga murojaat qilindi. Konfutsiy merosidan diniy ta’limot emas, balki axloqiy (xulq uchun) asos sifatida foydalandi. Yoshlar tarbiyasi “Ona Vatanga xizmat qilish va sodiq bo‘lish” g‘oyasi asosida tashkil etildi. YOshlarga shaxsiy va milliy manfaatlarni uyg‘un tutish o‘rgatib borildi.

AQSHda davlat mafkurasi yo‘q, deb hisoblanadi. Ammo amerikaliklarning ma’naviyatini o‘rgangan olimlar AQSH kabi mafkuralashgan davlatni topish qiyin, deyishadi. AQSHda mafkura vazifasini “Amerika orzusi” (American Dream) bajarmoqda. U Amerika davlatining oliy qadriyatlari yig‘indisi, millatning ma’naviy onasi deb tushuniladi. “Amerika orzusi”ning asosiy tushunchalarini shaxs erkinligi, erkin tadbirkorlik, demokratiya, muvaffaqiyatga erishishga qaratilgan mehnat tashkil qiladi. Amerikaliklar mafkura bo‘lmasa, davlat boshqaruvida tizimlilik bo‘lmaydi, tizimsiz esa samarali siyosat bo‘lishi mumkin emas, deb hisoblashadi. SHu bois, amerikalik davlat arboblaridan biri U.Sefayr “Agar Amerika tuzumi – skelet bo‘lsa, amerikancha orzu – uning qalbidir“ degan edi. Janubiy Koreyada ham milliy g‘oya xalqning milliy o‘zligiga va yoshlar tarbiyasiga quril di. Maktabda milliy g‘oya yoshlar ongiga urf-odatlar, axloqiy ideallar orqali singdirib borildi. YOshlarni hayotga tayyorlashda oila, maktabgacha ta’limga alohida e’tibor qaratildi. Hozir ham koreys oilalarida umumiy byudjetning ellik olti foizi bolaning ta’lim-tarbiyasi, inson kapitali – Human Capital uchun sarflanmoqda.

Mamlakatimizda milliy g‘oyaga yangi davr, millatimiz tarixining yangi bosqichi talablaridan kelib chiqqan real talablar qo‘yilmoqda.Ilgari milliy g‘oyani tushunish va tushuntirishda noqulayliklar uchrab turar edi. Masalan, odamlarning quloqlari milliy g‘oya davlat va xalq birligi tarannumini eshitardi. Lekin ko‘zlarimiz hokimliklar, vazirlik va idoralarning oldidagi temir panjaralarni ko‘rar edi. Xalq davlat organlariga xizmat qilishi kerak, degan noto‘g‘ri qoida amalda edi. Fuqaro hokimiyatga emin-erkin kirolmas, dardini aytolmas edi. CHunki amalda xalqdan davlatni ajratuvchi temir panjara bor edi. Panjaralar kesib tashlandi. Lekin ayrim amaldorlarimiz ongida bu panjara haligacha turibdi. Tafakkurdagi temir panjaralarni qo‘porib tashlash qiyin kechyapti. Milliy g‘oya ana shunday vaziyat talablaridan kelib chiqib yangilanmoqda.

Ilgari milliy g‘oya ijtimoiy-gumanitar, ma’naviy-ma’rifiy masala, deb tushunildi. Bugun uning iqtisodiy-siyosiy poydevori – O‘zbekistonni rivojlantirishning Harakatlar strategiyasi bor. Taktikasi – har yilning bosh Dasturi, mablag‘i, ijrochilari bor. Demak, yangi davrda milliy g‘oya gumanitar masala bo‘lib qolmaydi. CHunki uning natijasiga qaratilgan iqtisodiy tizim ishlamoqda. Milliy g‘oya ro‘yobi uchun demokratik muhit hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Demokratiya – to‘g‘rilik, rostlik, adolat, qonuniylikning sharti. Nohaqdan – haqni, zolimdan – mazlumni, zo‘ravondan – ojizni himoya qilishga xizmat qiladi. SHu haqda jar soladi. Jamoatchilik nazoratini ishga soladi. CHunki milliy g‘oya aholining bir toifasi emas, hamma yaxshi yashasin, hayotdan rozi bo‘lsin, deydi. Mamlakatda adolat, qonuniylik buzilar ekan, demokratiya ham, milliy g‘oya ham quruq shiorlar bo‘lib qoladi. Xalq norozi bo‘ladi. Xalq norozimi, demak, milliy g‘oya o‘z bongini urmayotgan, vazifasini bajarmayotgan bo‘ladi.

Xulosa qilib aytganda, Prezidentimiz SHavkat Mirziyoev tomonidan olib borilayotgan islohotlar milliy g‘oya xalqimizning kuch-qudratiga aylanishi uchun sharoit yaratdi. Endi gap milliy g‘oyani har bir o‘zbekistonlikning niyatiga va harakatiga aylantirishda. YAxshi fikr yaxshilikka, yomon fikr yomonlikka yo‘l ochadi. Axborot maydonini nuqul negativ kontent egallab olmasligi uchun pozitiv, yaxshi, nekbin mazmun, mavzular bilan mutanosib to‘ldirishga alohida e’tibor qaratmog‘imiz zarur. Negaki, biz kattalar ham, bolalarimiz ham har kuni yaxshi-yomon fikrlardan ta’sirlanamiz. Bir-birimiz bilan ijtimoiy tarmoqda tortishamiz, aytishamiz, urishamiz. Lekin biz bularning negativ fikrlardan boshlangan g‘oyalar kurashi ekanligini anglamaymiz.


Yüklə 334,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin