2. O’zbekistonda ijtimoiy islohotlarining yangi bosqichiga ko‘tarilishi.
2016 yil 4 dekabrda bo‘lib o‘tgan Prezident saylovlarida SHavkat Mirziyoev O‘zbekiston Respublikasining yangi Prezidenti etib saylandi. Ushbu siyosiy voqea davlatimiz tarixida yangi davrni boshlab berdi. O‘zbekiston va uning xalqi demokratik, ochiq fuqarolik jamiyatini barpo etishning mutlaqo yangi davriga qadam qo‘ydi.
Prezident SHavkat Mirziyoev o‘z rahbarlik faoliyatini xalq bilan muloqot va inson manfaatlariga e’tibor berishdan boshladi. Ayniqsa uzoq yillar mobaynida etilib qolgan ko‘plab muammolarni hal qilish, xususan korrupsiya, rahbarlar faoliyatiga tanqidiy tahlil asosida yondashish, har bir rahbarning shaxsiy javobgarligini kuchaytirish, xalqning dardu- tashvishlari bilan yashash, oddiy insonlar murojaatlari bilan ishlash tizimini shakllantirish, inson omiliga e’tibor masalalari shular jumlasidandir. Ayniqsa joylarda xalq bilan ishlashning eng ta’sirchan mexanizmi, ya’ni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalq qabulxonalari”, “O‘zbekiston Respublikasi Prezidetining Virtual qabulxonalari” tashkil etildi. 2017 yil mamlakatimizda “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”, deb e’lon qilindi. “Xalq davlat idoralariga emas, balki davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan g‘oya kundalik ish mezonimizga aylandi14.
2017 yilning 7 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoevning «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi farmoni imzolandi. Farmonda belgilangan strategiya loyihasi va unda ko‘zda tutilgan muhim strategik masalalar respublikamiz ekspertlari hamda keng jamoatchilik muhokamasidan o‘tdi.
Strategiya loyihasi o‘ta dolzarb, ya’ni aholinining turmush tarzini yanada yaxshilash masalalarini kompleks o‘rganish, davlat boshqaruv tizimini isloh qilish, mamlakatda qonunchilik, huquqni muhofaza qilish amaliyoti va xorijiy tajribani tahlil qilish yakunlari bo‘yicha ishlab chiqilgan edi. Harakatlar strategiyasini kelajakda beshta ustuvor yo‘nalish bo‘yicha amalga oshirish ko‘zda tutildi. Ular quyidagilar:
Birinchi ustuvor yo‘nalishda davlat va jamiyat qurilish tizimini takomillashtirish, xususan demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiya qilishda Oliy Majlis palatalari, siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish;
Ikkinchi ustuvor yo‘nalishda qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish;
Uchinchi ustuvor yo‘nalishda iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish;
To‘rtinchi ustuvor yo‘nalishda mamlakatda ijtimoiy sohani rivojlantirish;
Beshinchi ustuvor yo‘nalishda xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash hamda chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi muhim vazifalar belgilandi.
Ma’lumki so‘ngi yillarda amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar milliy davlatchilik va suverenitetni mustahkamlash, xavfsizlik va huquq-tartibotni, davlatimiz chegaralari daxlsizligini, jamiyatda qonun ustuvorligini, inson huquq va erkinliklarini, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik muhitini ta’minlash uchun muhim poydevor bo‘ldi. Xalqimizning munosib hayot kechirishi, fuqarolarimizning bunyodkorlik salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun zarur shart-sharoitlar yaratdi.
Inson va uning manfaatlarini ko‘zlab ishlab chiqilgan Harakatlar strategiyasining birinchi ustuvor yo‘nalishi bu, davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirishga yo‘naltirilgan demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiya qilishda parlamentning hamda siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirishga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir. YA’ni davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish, davlat xizmatining tashkiliy-huquqiy asoslarini rivojlantirish, davlat xizmatlari sifati va samarasini oshirish, jamoatchilik nazorati mexanizmlarini amalda tatbiq etish, fuqarolik jamiyati institutlari hamda ommaviy axborot vositalari rolini kuchaytirishga e’tibor qaratdi.
Harakatlar strategiyasida qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishga yo‘naltirilgan dastur bu ikkinchi yo‘nalish hisoblanadi. YA’ni sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini hamda fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini mustahkamlash, ma’muriy, jinoyat, fuqarolik va xo‘jalik qonunchiligini, jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish tizimi samarasini oshirish belgilab berildi. Uning muhimligi shuningdek sud tizimini isloh qilish, yuridik yordam va huquqiy xizmatlar sifatini tubdan yaxshilashga yo‘naltirilganligi bilan ahamiyatlidir.
Dostları ilə paylaş: |