O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o’zbekistonning eng yangi tarixi fanidan ma’ruzalar matni


Xitoy Xalq Respublikasi va O‘zbekiston



Yüklə 334,04 Kb.
səhifə58/70
tarix31.12.2021
ölçüsü334,04 Kb.
#113416
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   70
O'zbekistonning yangi tarixi - Maruzalar matni

Xitoy Xalq Respublikasi va O‘zbekiston. O‘zbekiston Respublikasi va XXR o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlik tizimida o‘zaro munosabatlar muhim rol o‘ynaydi. Xitoy O‘zbekiston mustaqilligini 1991 yil 27 dekabrda tan olgan. 1992 yil 2 yanvarda ushbu mamlakt bilan diplomatik aloqalar o‘rnatilgan. Har ikki mamlakat o‘rtasida hamkorlik aloqalari o‘rnatilgandan keyin iqtisodiyot, savdo, fan va texnika, madaniyat va san’at sohasida o‘zaro manfaatli hamkorlik jadal rivojlanishi uchun ko‘pdan ko‘p imkoniyatlar vujudga keldi. O‘tgan yillar maboynida ikki davlat o‘rtasida sheriklik munosabatlari va hamkorlikni yanada rivojlantirish to‘g‘risida bir qancha deklaratsiyalar, memorandumlar va boshqa hamkorlikka oid bitimlar imzolangan.

Agar raqamlarga murojaat qilinsa, 1992 yildan to 2009 yilga qadar O‘zbekiston va XXR o‘rtasida o‘zaro tovar aylanmasi o‘sha davrga nisbatan 6 barobarga oshgan bo‘lsa, 2008-yilda dunyoda kechayotgan moliyaviy inqiroz tufayli bu ko‘rsatkich 1.200 mln. dollarni tashkil qilgan va 2007-yilga nisbatan o‘zaro tovar aylanmasi 25% ga kamaygan. 2008 yilga qadar O‘zbekistonga kiritilgan Xitoy investitsiyalari hajmi 11 mlrd. dollarni tashkil qilgan. Kiritilayotgan investitsiyalar nafaqat neft-gaz sohasiga, balki transport, telekommunikatsiya, gidroenergetika, engil sanoat kabi sohalarga ham jalb qilinmoqda.

O‘zbekiston Xitoyga energiya resurslari, neft va neft kimyosi mahsulotlari, paxta tolasi, ipak, o‘g‘it, meva-sabzavot kabi mahsulotlar eksport qiladi. Xitoydan esa mamlakatimizga mexanik va elektron uskunalar, optik apparatlar, dori-darmon, to‘qimachilik mahsulotlari, plastmassa va plastmassa buyumlar, rangli va qora metallar, yog‘och va yog‘ochdan tayyorlangan mahsulotlar import qilinadi.

Agar raqamlarga murojaat qilinsa, 2016 yilgacha O‘zbekistonda Xitoy sarmoyasi ishtirokida tuzilgan 700 dan ortiq qo‘shma korxona mavjud bo‘lgan. Ular asosan engil sanoat, to‘qimachilik, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, axborot texnologiyalari kabi sohalarda ish olib boradi. Toshkent shahrida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan “Elektron hisoblagich” O‘zbekiston - Xitoy qo‘shma korxonasi bunga misol bo‘la oladi.

2004 yildan buyon faoliyat yuritayotgan “Elektron hisoblagich” qo‘shma korxonasi “O‘zbekenergo” aksiyadorlik jamiyati hamda Xitoydagi “Holley Group” korporatsiyasi hamkorligining amaliy natijasidir. Mazkur korxona sarmoyasining 40 % O‘zbekistonga, 60 % Xitoyga tegishlidir. Qo‘shma korxona elektr energiyasi sarfini hisoblaydigan turli xil va o‘lchamdagi bir fazali va uch fazali elektron hisoblagichlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Korxonada ilg‘or texnologiyalar asosida tayyorlanayotgan mahsulotlar xonadonlar va tashkilotlar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, yuqori sifati, qulayligi, xalqaro andozalarga mosligi bilan ajralib turadi .

O‘zbekistonda Xitoyning foizsiz (12 million AQSH dollari) va imtiyozli (36,3 million AQSH dollari) kreditlari asosida qator ijtimoiy loyihalar ham amalga oshirilmoqda. Bundan tashqari, Xitoy “Eksimbanki” O‘zbekistonga 300 million dollarlik eksport krediti ajratgan. O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki bilan Xitoy Eksimbanki o‘rtasida telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish hamda To‘polang GES iga agregat o‘rnatish bo‘yicha loyihalarni moliyalashtirish to‘g‘risida ikkita kredit bitimi, “Farg‘onaazot” OAJ bilan “Grinkul” kompaniyasi o‘rtasida qo‘shma korxona tuzish to‘g‘risida ta’sis hujjatlari, “Motor zavodi” da “Grinkul” kompaniyasi ishtirokida dvigatellar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish to‘g‘risida hamkorlik memorandumi imzolangan.

So‘nggi yillarda ikki mamlakat hamkorligida mobil telefon apparatlari ishlab chiqarish bo‘yicha hamkorlik memorandumi, “Markazsanoateksport” kompaniyasi tomonidan Xitoyga mis etkazib berish to‘g‘risida bitim ham olib borilayotgan amaliy ishlar natijasidir. SHuningdek “O‘zsanoatmashimpeks” kompaniyasi tomonidan Xitoyga paxta etkazib berish to‘g‘risida bitim, “O‘zkimyosanoat” kompaniyasi bilan “Luyang Lanbin” kompaniyasi o‘rtasida anglashuv protokoli, “O‘zkimyosanoat” kompaniyasi bilan “Grinkul” kompaniyasi o‘rtasida qo‘shma korxona tashkil etish to‘g‘risida bitim imzolangan.

Bundan tashqari, tomonlar o‘rtasida yana bir qator muhim bitimlar bo‘lib, ular ikki tomonlama iqtisodiy hamkorlik rivojiga asos bo‘lmoqda. Jumladan, “Xitoy va O‘zbekiston hukumatlari o‘rtasida savdo-iqtisodiy bitim”, “Ikki tomonlama soliq solinishiga yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida” bitim, “Xitoy va O‘zbekiston o‘rtasida investitsiyalarni himoya qilish to‘g‘risida”gi bitim “Savdo-iqtisodiy, investitsion va moliyaviy hamkorlikni kengaytirish to‘g‘risida” memorandum shular jumlasidandir.

Ikki tarafning umumiy sa’y-harakatlari bilan hozirgi vaqtda iqtisodiy hamkorlikning shartnomaviy - huquqiy negizi shakllantirilgan, o‘zaro savdo hajmi faol o‘sib bormoqda, investitsiyalar sohasida, shu jumladan, iqtisodiyotning neft-gaz tarmog‘ida hamkorlik faol rivojlanmoqda, shuningdek, transport - kommunikatsiya jabhasida ham yangi imkoniyatlar paydo bo‘lmoqda. Xususan, 2009-yilda ikki mamlakat o‘rtasida imzolangan ikkitaraflama shartnomalar doirasida O‘zbekistonga jami 1,5 mlrd. AQSH dollari miqdorida Xitoy investitsiyalari jalb qilingan. Mazkur mablag‘lar energetika, kimyo sanoati, geologiya qidiruv, kommunal xo‘jalik, ta’lim, sog‘liqni saqlash kabi sohalarda loyihalarni amalga oshirishga yo‘naltirilmoqda .

XXR kompaniyalari bilan investitsion hamkorlikning muhim yo‘nalishi hisoblangan neft-gaz sektorini alohida qayd etish lozim. Mazkur tarmoq bo‘yicha hamkorlik ham o‘zining evolyusiyasiga ega. Masalan, bu borada 2005-yilda «O‘zbekneftegaz» kompaniyasi va Xitoy milliy neft-gaz korporatsiyasi (NP) o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar kiritish bo‘yicha hajmi taxminan 600 mln. AQSH dollari bo‘lgan qo‘shma korxona tashkil etish to‘g‘risida bitim imzolandi. 2006-yilda O‘zbekistonda Xitoyning kapitali ulushi 100% bo‘lgan «NP Silk Road» sho‘ba kompaniyasi tashkil etilib, u hozirgi vaqtda O‘zbekistondagi Buxoro, Xiva, Farg‘ona va Ustyurt neft-gaz mintaqalarida beshta investitsion blokda geologiya - qidiruv ishlarini amalga oshirishga kirishdi. Bunda Xitoy korporatsiyasi O‘zbekistondagi geologiya-qidiruv ishlariga 5 yil mobaynida 208,5 mln. AQSH dollari miqdoridagi mablag‘larni investitsiya qiladi.

Birinchi Prezident Islom Karimovning 2005-yil Xitoyga tashrifi chog‘ida «O‘zbekneftegaz» va Xitoy milliy neft-gaz korporatsiyasi o‘rtasidagi o‘zaro kelishuvga asosan Buxoro viloyatining Jondor tumanidan boshlanadigan O‘zbekiston - Xitoy gaz quvurini qurilishi 2008-yilning iyun oyidan boshlandi. Ushbu loyihaning umumiy qiymati 2 mlrd. AQSH dollarini tashkil etadi va 500 kilometrlik ikkita liniyani qurilishini o‘z ichiga oladi. Ushbu liniyalarning birinchisi 2009-yilning dekabrida, ikkinchisi 2011 -yilda qurib bitkazildi .

Davlatlararo iqtisodiy aloqalarda Buyuk Ipak Yo‘lini tiklash strategiyasi doirasida O‘zbekiston - Qirg‘iziston - Xitoy temir yo‘lini qurish va avtomobil magistralini qayta ta’mirlash loyihasi yaxshi imkoniyatlarga ega. Tranzit imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish istiqbollari ham Xitoy - Qirg‘iziston - O‘zbekiston temir yo‘li (Qoshg‘ar - Irkishtom - O‘sh - Andijon -Toshkent) loyihasini amalga oshirish bilan bog‘liq. Loyihaning dastlabki qiymati 1,2 -1,5 mlrd. AQSH dollarini tashkil etadi. Mutaxassislarning hisob-kitoblariga ko‘ra, dastlabki bosqichning o‘zida tashiladigan yuklar hajmi yiliga 5 mln. tonnani tashkil etadi, keyinchalik esa, 17-20 mln. tonnani tashkil etishi mumkin. Bu yo‘l tovarlarni transportda tashish vaqti va masofasini ilgari mavjud bo‘lgan yo‘llarga taqqoslaganda tegishli ravishda 7-8 kun va 900 km ga kamaytirish imkonini beradi, bu esa yuk tashish qiymatini kamaytiradi.

Ikki davlat o‘rtasidagi do‘stlik o‘zaro ishonch va siyosiy hamjihatlik savdo-iqtisodiy aloqalar rivojida, hamkorlikda ko‘plab qo‘shma biznes loyihalarini hayotga tatbiq etishda kuchli rag‘batlantiruvchi omil bo‘lmoqda. O‘zaro tovar ayirboshlash ko‘rsatkichi 2008-yilda 1,2 milliard AQSH dollarini tashkil etgan bo‘lsa, 2011-yilda 2,6 milliard AQSH dollariga etdi. Bu borada savdo-iqtisodiy sohadagi o‘zaro hamkorlik tobora o‘sib bormoqda. 2003 yilda ikki tomon tovar ayirboshlash xajmi 216 mln AQSH dollariga teng bo‘ldi. O‘zbekistonning Xitoyga qilgan eksport 53 mln, import 163 mln AQSH dollarini tashkil etdi. 2001-2004-yillarda Xitoy bilan tovar aylanish hajmi to‘rt marotaba oshdi.

O‘zbekistonda Xitoy investorlari ishtirokida tuzilgan 122 korxona ro‘yxatdan o‘tgan. SHulardan 102 tasi qo‘shma korxona, 20 tasi 100% Xitoy sarmoyasi hisobidan Xitoy kompaniyalarining 23 ta korxonasi faoliyat ko‘rsatmoqda. 2017 yilga kelib Xitoyning O‘zbekistonga kiritilgan sarmoyasi xajmi 435 mln AQSH dollarini tashkil etadi.

2011-2017 yillarda o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi qariyb to‘rt barobar oshgan. 2017 yilning birinchi yarmida o‘zaro savdo yanada jadallashib, 59 foiz o‘sdi va 2,3 milliard dollarni tashkil etdi. Davom etayotgan global moliyaviy-iqtisodiy inqiroz oqibatida jahon iqtisodiyotidagi umumiy pasayishga va muammolarga qaramay, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi savdo barqaror sur’atlarda o‘sayotganini alohida ta’kidlash joiz.

Investitsiyaviy hamkorlik- O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikning eng muhim yo‘nalishidir. Ushbu hamkorlik ayni paytda har ikki tomon uchun ustuvor loyihalar xisobidan kengayib, eng muhim barcha yo‘nalishlar bo‘yicha sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarildi.

Xitoy O‘zbekiston iqtisodiyotiga eng ko‘p investitsiya kiritayotgan yirik sarmoyadorlardan biridir. O‘zlashtirilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar hajmi 6,7 milliard dollardan oshdi. Bular qatorida Qo‘ng‘irot soda zavodi, Dehqonobod kaliyli o‘g‘itlar zavodini qurish va ishga tushirish, YAngi Angren issiqlik elektr stansiyasi va Angren ko‘mir konini texnik qayta jihozlash, Xitoy kompaniyalari bilan hamkorlikda neft, gaz hamda uran konlarini qidirish, razvedka qilish va o‘zlashtirishga oid qator qo‘shma loyihalar bunday o‘zaro manfaatli investitsiyaviy hamkorlikning yaqqol dalillaridir.

2013 yildan boshlab O‘zbekistonda “Jizzax” maxsus industrial zonasi tashkil etilib, investorlar uchun misli ko‘rilmagan imtiyoz va preferensiyalar joriy qilindi. Bugungi kunda “Jizzax” maxsus industrial zonasida mobil telefonlar, zamonaviy qurilish materaillari va boshqa yuqori texnologiyali mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda.

O‘zbekistonning yirik mamlakat - Xindiston bilan musaqil aloqalariga 1993 yilda asos solinadi. 1992 yil 10 mayda Ashgabadda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Eron, Turkiya, Pokiston davlat va hukumat rahbarlarining uchrashuvi bo‘ldi. Uchrashuvda TransOsiyo temir yo‘lini vujudga keltirish maqsadida Tajan-Seraxs-Mashhad temir yo‘li qurish haqida bitimni, bojxona xizmatini tashkil etish, shu soha uchun mutaxassislar tayyorlash haqida hujjatlar imzolandi.

O‘zbekiston rahbariyatining 1995 yil AQSH vitse-prezidenti Albert Gor bilan uchrashuvi davomida O‘zbekiston va AQSH o‘rtasida teng huquqli va o‘zaro manfaatli aloqalar rivojiga hamda MDHdagi xavfsizlikka daxldor masalalar hal etildi. Ayni paytda AQSH O‘zbekistonning Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni ta’minlashdagi etakchilik rolini tan olib, respublikamiz bilan terrorizm, narkobiznesga qarshi kurash, mintaqaviy xavfsizlik va I.Karimovning AQSHga tashrifi chog‘ida muhokama etilgan boshqa masalalar sohasida teng huquqli hamkorlikni rivojlantirish niyatida ekanligini ma’lum qildi. O‘zbekiston rahbarining 1996 yil iyun oyida AQSHga qilgan tashrifidan so‘ng O‘zbekiston tashqi siyosatida AQSH o‘ziga xos o‘rin tutdi. Mazkur tashrif davomida O‘zbekiston va AQSH o‘rtasidagi aloqalarni rivojlantirish, hamkorlikning huquqiy asoslarini kengaytirish, Markaziy Osiyoda barqarorlik va xavfsizlik masalalarida fikr yuritildi. O‘zbekiston Respublikasi bilan Amerika Qo‘shma SHtatlari o‘rtasida mintaqa xavsizligi, ijtimoiy-iqtisodiy aloqalarga oid masalalarni muhim rol o‘ynaydi



Yüklə 334,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin