O`zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi davlat univеrsitеti pеdagogika kafеdrasi



Yüklə 1,81 Mb.
səhifə6/8
tarix20.09.2022
ölçüsü1,81 Mb.
#117881
1   2   3   4   5   6   7   8
Pedagog.konflekt 3-k 11-dars 2-semstr 2022y

Shu o‘rinda ta’kidlab o‘tish lozimki, bugungi kunga kelib, mamlakatimizda millatlararo munosabatlarni yo‘lga qo‘yish borasida o‘ziga xos amaliy ishlar qilinib, namuna bo‘ladigan darajada tajriba orttirildi. Bunda milliy o‘zlikni anglash, milliy g‘urur va milliy iftixor tuyg‘usini tarbiyalash, millatlarning tili, madaniyati, urf-odat va qadriyatlarini asrab-avaylash, hurmat qilish, mamlakatdagi boshqa millat vakillarini ham manfaatlarini har tomonlama o‘ylab, millatlarning umumiy birdamligini ta’minlashga erishilmoqda. Shu bois respublikamiz hududida istiqomat qilayotgan 130 dan ortiq millat va elat vakillari “O‘zbekiston – umumiy uyimiz”, “O‘zbekiston – yagona Vatan” shiori ostida yashamoqdalar va jamiyatning ijtimoiy-siyosiy hayotida faol ishtirok etyaptilar.

Mediatsiya –nizoni taraflar o’zaro ixtiyoriy kelishib,mediator yordamida hal qilish usuli. Mediatsiya maxfiylik,ixtiyoriylik,taraflarning hamkorligi va teng huquqligi ,mediatorning mustaqilligi va xolisligi prinsiplari asosida amalga oshiriladi.

MEDIATSIYA - konfliktlar yechimi nazariyasida VOSITACHILIK deb nomlanadi. VOSITACHILIK—bu ko’ngillik asosida maxfiy, ya’ni konfiditsial (lot.confidentia-ishonch) tarzda uchinchi neytral, ya’ni har ikkala tomonga ham xolis bo’lgan tomon –ya’ni vositachi-dallolning baxs qilayotgan tomonlarga konflikt yechimini topishdagi yordami hisoblanadi. Mediator vositachining vazifasi—konflikt nimadan boshlangani, kim aybdor ekanligi, kim haq kim nohaq ekanligi emas,balki muammoni kelishuvga olib keladigan yo’llarni o’rganib, ularni topishdir. Vositachi bu vazifalarni har ikkala tomon bilan muntazam olib boriladigan muloqotlar orqali amalga oshiradi.

BMT ustavining 33 - moddasida mediatsiya (vositachilik) nizolarni hal etish vositasi sifatida tan olingan. Yevropa Parlamenti va Kengashining 2008 yil 21 maydagi YEI 2008 (52) direktivasi fuqarolik va tijorat sohasidagi mediatsiyaning ayrim aspektlariga taalluqli bo‘lib, mediatsiya tushunchasiga quyidagicha ta’rif beriladi: “Nizoning ikki yoki undan ortiq taraflari ular o‘rtasidagi nizoni hal qilish to‘g‘risida kelishuvga erishish maqsadida, mazkur jarayon taraflarning tashabbusi bilan uyushtirilganligidan, sud tomonidan taklif etilgan yoki tayinlanganligidan yoki milliy qonunchilikda ko‘rsatilganligidan qat’i nazar uchinchi tarafga yordam so‘rab murojaat etishi jarayonidir”. Mediatsiya (vositachilik)ning legal ta’rifi O‘zbekiston Respublikasining “Medatsiya to‘g‘risida”gi Qonunida belgilangan bo‘lib, unga ko‘ra mediatsiya – kelib chiqqan nizoni taraflar o‘zaro maqbul qarorga erishishi uchun ularning ixtiyoriy roziligi asosida mediator ko‘magida hal qilish usulidir.


Yüklə 1,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin