4.Vositachilik erkin faoliyatdir. 5.Vositachilik albatta zaruriy ehtiyoj bo’lib, unda hech kim nima qilish lozimligini aytmaydi. Chunki, siz va opponentingiz (lotin. opponens-e’tiroz bildiruvchi) har bir qarorni o’zlaringiz ishlab chiqasiz va o’zingiz unga rozilik bildirasiz. Har bir yechim bu sizning va faqat sizning qaroringiz. Konfilkt yechimi har ikkala tomondan faol tinglash,o’zgani eshitish, uning o’ylari, fikrlari, emotsiyalari, shuningdek mushohadalari, ya’ni argumentlari qandayligini bilishni talab etadi. Muammoni aniq belgilash va uning chegaralarini ko’rish uchun o’z opponenti fikr va o’yinlari, hissiyotlarini to’g’ri baholay olish va talqin qilish, opponent qarashlarini anglash orqaligina ta’minlanishi mumkin.