Mundarija
1.O‘quv materiallari
A) ma’ruza
matnlari
B) amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari
2. Mustaqil ta’lim mashg‘ulotlari
3.Glossariy
4. Ilovalar:
A) Fan dasturi
B) Ishchi dasturlar
V) Tarqatma materiallar
D) Testlar
G) Baholash mezonlar
YE) O‘UMning elektron varianti
PEDAGOGIK MAHORAT HAQIDA TUSHUNCHA, UNING O'QITUVCHI
FAOLIYATIDAGI O'RNI VA AHAMIYATI
Reja:
1. Pedagogak
mahorat haqida tushuncha
2. Pedagogik mahoratning asosiy tarkibiy qismlari.
3. O'qituvchi kasbining tarixiy taraqqiyoti va uning jamiyatda tutgan o'rni
Tayanch tushunchalar:
Mahorat, pedagogik mahorat, predmet, maqsad, vazifa, tarkibiy qismlar, o'qituvchi
shaxsi, kasbiy bilim, pedagogik qobiliyat.
O'quv-tarbiya ishlari jarayonida eng yuksak natijalarga erishib, faoliyatiing yuksak
darajada baholanishini va hamma tomondan tan olinishini istamaydigan o’qituvchi
topilmasa kerak.
Bunga erishishini, ana shu xil orzuning ushalishini pedagogik
mahorat deymiz. Xo'sh pedagogik mahorat nima? Uning mohiyati nimadan iborat? Unga qanday
erishsa bo'ladi? Hozirgi zamon pedagogika va psixologiya sohasidagi adabiyotlarda
«Pedagogik mahorat» tushunchasiga doir turlicha izohlarga duch kelamiz. Bu tushunchaning
mohiyatini bir muncha to'laroq, aniqroq ta'rifi «Pedagogak endiklopediya»da berilgan
deyish mumkin. Bizningcha, boshqalarga nisbatan bu ta'rif pedagogik mahorat mazmunini va
mohiyatini bir muncha to'g’ri yoritadi: “Tarbiya berish va o'qitishda yuqori darajaga erishish va
uni doimo takomillashtirib borish imkoniyatini ta'minlovchi san'at bo'lib, bolaga mehr qo’ygan
va o'z kasbini sevgan har bir o'qituvchinnng qiladigan ishidir. O'z ishining mohir ustasi bo'lgan
pedagog - bu
yuksak darajada madaniyatli, o'z fanini chuqur biladigan, fanning yoki san'atning
tsgishli sohalarini yaxshi tahlil eta olaadigan, tarbiyalash va o'qitish uglubiyotini mukammal
egallagan mutaxassisdir”.
Bu ta'rifni yaxshi tushunib, uning ma'no mohiyatini tahlil etadigan bo'lsak, ushbu ta'rifda
Pedagogik mahorat tushunchasi mazmuniga kiradigan quyidagi masalalarni ajratish mumkin
bo'ladi:
1. Umumiy madaniyatning yuqori darajasi, bilimdonlik va aql-zakovatning yuksak ko'rsatkichi;
2. O'zi o'qitayotgan faniga doir keng va chuqur bilim;
3. Pedagogika, umumiy, yosh va pedagogik-psixologiya kabi
fanlar sohasidagi bilimlar
bilan q urollanganlik, ulardan o'qitish va tarbiyalash ishlari tajribasida erkin va ustalik bilan
foydalana bilish;
4. O'quv-tarbiya ishlari metodikasini mukammal egallaganlik.
Pedagogik mahoratning mazmunida quyidagi o'zaro bog’liq bo'lgan asosiy qismlarini
ajratish mumkin:
1. Pedagogik insonparvarlik yo'nalishi;
2. Mutaxassislikka doir bilimlar;
3. Pedagogak qobiliyat;
4. Pedagogik texnika (ko’nikma-iqtidor)
O’qituvchilik dunyodagi eng qadimgi kasblardan biridir. Uiing
ijtimoiy ahamiyati hech
qachon kamaymaydi, so'nmaydi. O’qituvchilik kasbi bir qator muhim talablarga javob berishi
kerak.
Hozirgi davrda, biz mustakil O'zbekistonda qurayotgan demokratik xuquqiy davlatda
faoliyat ko'rsatadigan o'qituvchi qanday bo'lishi kerak? Hozirgi zamon o'qituvchisining shaxsi
uchun eng muhim asos - bu insopparvarlik yo'ialishidir. O’qituvchi juda yuksak darajada
umumiy madaniyatga ega odam. U juda ko'p
narsani bilishi kerak, hozirgi zamonda o'zi
o’qiyotgan fan sohasidagi yutuqlardan, yangiliklardan xabardor bo'lishi, o'z o'quvchilarini har
kuni o'qishga o'rgatib borish uchun o'zi muntazam o'qib o'rganishi, o'z bilimini to'ldirib,
chuqurlashtirib borishi kerak.
Demak, o'qituvchi pedagogik mahoratining asosi o'z ustida ishlab borish – mustaqil
o'qishdir.
Fan va madaniyat rivojlanishi ta'lim-tarbiya ishlarining qay yo'sinda olib borilishidan
kelib chiqadi. Bu falsafiy aqida davlat ahamiyatiga ega bo'lgan ijtimoiy qonuniyat hisoblanadi.
O’zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin ta'lim-tarbiya sohasida, milliy axloq-odobni qayta
tiklash borasida, milliy urf-odatlar, turli-tuman an'analarni joyiga qo'yish,
milliy qadriyatlarni
yanada rivojlantirish xususida juda keskin va buyuk burilishlar bo'lgani barchaga ayondir.
Davlatning buyuk kelajagi - yoshlarni chuqur bilimli va pokiza axloq-odob, qalb egasi qilib
tarbiyalash lozimligini yoddan chiqarmaslik lozim. Bu katta muammoda mahoratli, bilimli
pedagoglarni o'rni muhim va pedagogik mahorat fanining roli ulkan.
«Pedagogik mahorat» fanining predmetini psdagogning faoliyati tashkil etadi.
«Pedagogik mahorat» kursining maqsadi esa - mahoratli pedagogni tarbiyalashdan iborat.
Pedagogik mahorat fanining vazifalari:
- tarbiyaning mohiyatini va shaxsni har tomonlama taraqqiy ettirishda tarbiyaning rolini ochib
boradi;
-
tarbiyaning maqsadi, mazmuni, usullari, uni tashkil etishdagi shakllari o'rtasidagi
bog’lanishlarni ko'rsatadi;
- shuningdek pedagogik mahorat fani o'z taraqqiyoti davomida ta'lim-tarbiya sohasidagi
tajribalarni umumlashtiradi, tarbiyaning kelgusidagi rivojlanish istiqbollari yo'llarini yoritib
beradi, tarbiyaviy ishlarning shakllarini ko'rsatadi.
O'qituvchinnng pedagogik mahorati shunday bir malakalar yig’indisidirki, u pedagogga
tarbiyalanuvchilar ko'rib va eshitib turgan narsalar orqali o'z fikrlarini yetkazish imkonini beradi.
Dostları ilə paylaş: