Shaxs axloqini tavsiflaydigan belgilardan biri mas‘uliyatdir. Boshqa kishilar oldidagi o’z
burchini anglash va uni kishi xulqining rag’batiga aylantirish, odam o’z faoliyatini boshqalarga
ko’proq yaxshilik qtsilishga ongli va ixtiyoriy ravishda yo’naltirishi mas‘uliyat tushunchasining
mazmunini tashkil etadi.
O’qituvchining mas‘uliyati-mas‘uliyat tushunchasining butun mazmunini saqlagan holda
muallimning faoliyati va ta‘lim-tarbiya jarayonining aniq vazifalarini ham o’z ichiga oladi.
O’qituvchi zimmasiga bola shaxsini barkamol inson sifatida tarbiyalash mas‘uliyati yuklanadi.
Muallim o’quvchilarga chuqur nazariy bilimlar berishi, uni hayotga, mehnatga tayyorlashi lozim.
Shu bilan birga, u boladagi mavjud layoqat va qobiliyatlarni payqab, alohida yondashishi, unda
mavjud bo’lgan ijobiy axloqiy fazilatlarni avaylab ustirishi lozim.
Jamiyatning kelajagi, ota-onaning umidi, nuri-diydasi-farzandning taqdiri, kelajagi uning
qo’liga ishonib topshirilgan. O’qituvchilik kasbini tanlagan kishilar o’z zimmalariga qanchalik
yuksak sharafli mas‘uliyat olayotganliklarini etishlari lozim.
O’QITUVCHILIK SHA‘NI VA QADR-QIMMATI
Kishining
qadr-qimmati, avvalo, umumiy ishga qo’shayotgan hissasining salmog’i va
sifati bilan belgilanadi. Bozor iqtisodiyotiga asoslangan jamiyatda inson o’z
mehnatining
salmog’i va sifati bilan, aqliy va jismoniy
mehnatining samarasi bilan, ishbilarmonligi bilan
qadrlanadi. Halol mehnat kishining qadrini, izzat-hurmatini oshiradi. Kishi o’z mehnatining
qadriga yetishi, u bajarayotgan ish jamiyatda ahamiyatli ekanligini tushunishi lozim. Kishining
umumiy ishga qo’shayotgan hissasining salmog’i, u qaysi vazifani bajaryotganligida emas, balki
o’z ishini qanchalik yaxshi, sidqidildan bajarishiga bog’liq. Insonning
qadr-qimmati uning
mansabi, kasbi-koridan ko’ra ham ko’proq o’z kasbini qanday bajarishiga, uning odobi va xulq-
atvoriga bog’liqdir. Bu fazilat o’qituvchi odobida muallimning qadr-qimmati, sha‘ni deb ataladi.
U avvalo, o’qituvchidan o’z ishining ustasi, kamtar bo’lishni, shu bilan birga pedagoglar va
o’quvchilar jamoasida o’zini tuta bilishini talab etadi. Sinfga maktab direktori, nazoratchi yoki
boshqa kishilar darsni kuzatishga, tekshirishga kirgan paytlarida muallim “g’falatda” qolmasligi
lozim. Bunday paytlarda o’qituvchi, avvalo, o’z o’quvchilari oldida sinovdan o’tadi.
Kishining sha‘ni – yuksak insoniy fazilat bo’lib, o’z-o’ziga bo’lgan
munosabati, unga
atrofdagi kishilar va jamiyatning munosabatini ham bildiradi. Kishining sha‘ni-shaxsning
xizmatlarini jamiyat tomonidan tan olinishidir. Sha‘n, kishining sha‘ni deganda, odamning yoki
u mansub bo’lgan sotsial guruhning qadr-qimmati, yaxshi nomi, obro’si,
shuhrati, dong
chiqarishi kabilar ham nazarda tutiladi (Oila sha‘ni, olimlik sha‘ni, o’qituvchilik sha‘ni, rahbarlik
sha‘ni kabi). Sha‘n tushunchasi bilan qadr-qimmat uzviy bog’liqdir. Qadr-qimmat kishi tevarak
atrofidagi odamlar ning hurmatiga sazovor bo’laganini jamoatchilik tomonidan tan olinishidir.
Kishining sha‘ni va qadr-qimmatini oyoq osti qilish mumkin emas. U bizning mamlakatimizda,
davlatimizda qonun bilan ham, jamoatchilik fikri bilan ham himoyalanadi. O’qituvchi odobida
muallimning shuhratparsatligi va manmanligi qoralanadi.
Buning boisi shundaki, o’qituvchilik
faoliyati avvalo, umumxalqning baxt-saodati uchun xizmat qilishga yo’naltirilgan.
O’qituvchi, avvalo, o’z qadr-qimmatini o’zi saqlay bilmog’i kerak, pedagoglar
jamoasidagi urf-odatlar, an‘analar, axloqiy munosabatlar ham o’qituvchilik sha‘ni
va qadr-
qimmatini asrashga qaratilmog’i lozim. Pedagoglik sha‘ni va qadr-qimmatini noto’g’ri tushunish
ta‘lim-tarbiya ishida salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkinligini unutmaslik kerak. Masalan,
ko’ra-bila turib o’quvchining bahosini oshirib qo’yish, maktabga nazoratchilar kelganda
o’qituvchilarning faoliyati aktivlashib qolgan yoki hisobot uchun nomigagina tarbiyaviy
tadbirlarning sonini ko’paytirish kabilar o’quvchilar tarbiyasiga salbiy ta‘sir etadi, bu bolalarni
qalbakichilikka o’rgatadi. O’quvchilar oldida o’qituvchining va jamoaning obro’siga ta‘sir etadi.
O’qituvchining pedagoglar jamoasi sha‘nini o’quv yurti sha‘nini saqlab qolaman deb sha‘n,
qadr-qimmat tushunchalarini noto’g’ri anglab qilgan xatti-harakatlari
pedagogik odob
normalarining buzilishiga olib keladi va o’quvchilar tarbiyasiga zarar yetkazadi. Bunday
hodisalar ayrim hollarda uchrab turadi.
Dostları ilə paylaş: