Pedagogika fani - maxsus institutlarda (oila, ta’lim va tarbiya, madaniyat muassasalari)
maqsadga muvofiq tashkil etiladigan real, yaxlit pedagogik jarayon.
Pedagogik jarayon - ta’lim masalalari, uning taraqqiyotini hal qilishga qaratilgan, maxsus
tashkil etilgan pedagog va tarbiyalanuvchilarning maqsadli o‘zaro munosabatlari.
Pedagogik malaka -muayyan toifadagi vazifalarni hal qilish imkoniyatiga ega bo‘lgan
mutaxassisning kasbiy pedagogik tayyorgarligi darajasi va turi.
Pedagogik masala - pedagogik jarayonning asosiy birligi, o‘ziga xos tizimidir. У воқеликни
билиш ва қайта яратиш зарурияти билан боғлик тафаккур қилинадиган педагогик
вазиятдир. Таълим қатнашчиларининг маълум бир мақсадини кўзлаган таълим ва
тарбиядаги моддийлаштирилган вазиятдир. Pedagogik texnika – 1) har bir ta’lim oluvchiga va jamoaga pedagogik ta’sir o‘tkazishning
samarali qo‘llash uchun zarur bo‘lgan malaka va ko’nikmalar majmuasi; 2) har bir ta’lim oluvchi va jamoaning faolligini pedagogik jixatdan ta’minlash uchun zarur
bo‘lgan malaka va ko’nikmalar.
Pedagogik tizim - shaxsni rivojlantirish va yaxlit pedagogik jarayonni birlashtirgan ta’limning
o‘zaro bog‘langan tashkiliy tuzilmasi. Pedagogik faoliyat- ta’lim maqsadlarini amalga oshirishga qaratilgan ijtimoiy faoliyatning
alohida turi.
Pedagogik o’yin - bilim olishga qaratilgan va ma’lum bir pedagogik natijani ko‘zlagan hamda
ta’lim jarayonida muayyan maqsadni amalga oshiruvchi faoliyat turi.
Pedagog nuqtai nazari (pozitsiyasi)- pedagogning dunyoga, pedagogik voqelikka va
pedagogik jarayong'a bo‘lgan intellektual va hissiy munosabati. Pedagogik haqqoniylik – o‘qituvchining obyektivlik mezoni, uning ma’naviy tayyorgarlik
darajasi.