O`zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti pedagogika fakulteti



Yüklə 1,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/95
tarix10.06.2023
ölçüsü1,52 Mb.
#128009
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   95
Педагогик маҳорат мажмуа 2022 (1)

Nutqning boyligi. Nutqning boy yoki kambag'alligi unda tilning bir-biridan faq qiladigan 
unsurlaridan qay darajada foydalanilganlik bilan belgilanadi. Ayni bir til unsuri nutqda qanchalik 
kam takrorlangan bo'lsa, bu nutqning boylik darajasi shunchalik yuqori bo'ladi yoki, aksincha, 
muayyan til unsurining takrori ko'p bo'lgan nutq kambag'al nutq hisoblanadi va uning ta'siri ham 
shunga yarasha bo'ladi.
Boy nutq tuzish uchun ifodalarning bir xilligidan qochish, ayni bir tushuncha yoki fikrga 
farqli «liboslar» topish va kiydirish lozim. Buning uchun esa nutq tuzuvchida til vositalarining 
boy va faol zahirasi mavjud bo'lishi kerak. Boshqacha qilib aytganda, notiq etarli darajadagi 
so'zlar, ularning ma'nolari, so'z birikmasi va gap modellari, jumlaning intonasiya va melodika
turlari zahiralariga sohib bo'lmog'i talab etiladi.
Leksik, semantik, grammatik, intonasion jihatdan rang-baranglik nutqning boyligini yuzaga 
keltiradi. 
O'zbek tili har jihatdan, xususan, lug'at xazinasi nuqtai nazaridan benihoya boy va 
rivojlangan tildir. Shuning uchun ham bu qadim tilda adabiyot yaratilgan. 
Tilimizda muayyan bir tushunchani ifodalashning bir qancha xilma-xil imkoniyatlari 
mavjudki, ularni ishga solish, nutqning boyligini ishga solish, nutqning boyligini ta'minlashga 


xizmat qildirish uchun muntazam e'tibor va sa'y-harakt lozim bo'ladi. Shu e'tibor susaydimi, 
nutqning boyligi tushunchasining mohiyatiga putur etaveradi. 
Tilimizdagi sodda va qo'shma gaplar, murakkablashgan gaplar, ularning xilma-xil qoliplari, 
bu qoliplar asosida yaratilishi mumkin bo'lgan millionlab jumlalar boy nutq tuzish uchun 
imkoniyatdir. 
Uslublar nuqtai nazaridan olib qaraladigan bo'lsa, nutqning boyligini ta'minlash uchun eng 
qulay makon badiiy uslub ekanligi shubhasiz. So'zlashuv uslubiga oid nutqda leksik, semantik va 
intonasion rang-baranglik notiqning mahoratiga ko'ra muntazam yuzaga chiqishi mumkin. Ilmiy 
va rasmiy nutqda esa boylikka qaraganda mantiqiylik va qoliplashganlik ustuvorlik qiladi. 
Aytish mumkinki, badiiy nutq o'z tabiati, mohiyati va maqsadiga uyg'un holda boylikka 
moyilligi bilan ajralib turadi. Qashshoq nutq esa hech qachon estetik ta'sir quvvatiga sohib bo'la 
olmaydi, estetik quvvatsiz esa badiiy nutq o'zining bosh vazifasini bajarishi mushkul. 

Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   95




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin