harakatiga to’sqinlik qiladigan litosfera qatlamlarini qisman chetga
suradi, o’zlashtiradi yoki eritadi va harakati uchun o’ziga yo’l ochadi.
Bu jarayonda yer po’stiga magmaning katta massasi singib kiradi va
katta chuqurliklarda qotadi. Singib qotgan bu massalar odatda tekis
qiyalangan deyarli tik devorlar va gumbazsimon shiplar bilan
chegaralangan. Bu intruziyalarning ostki qismi butun tarqalish maydoni
bo’ylab tub magma uchog’i bilan bog’liq bo’ladi.
Intruziyalarning bunday shakllari batolitlar va shtoklar deyiladi
Ikkinchi magma litosferadagi yoriq va darzlar bo’ylab ko’tariladi.
Ichki bosim tashqi bosimga nisbatan katta yerlarda, magma litosfera
qatlamlarini chekka tomonlarga suradi va turli kattalikdagi massivlarni
hosil
qiladi. Bu jins massivlari shakliga ko’ra lakkolitlar va fakolitlar
deyiladi.
Effuziv magmatizm. Yer yuzasining uzluksiz yoki uqtin-uqtin,
yuqori haroratli, qattiq, suyuq va gazsimon mahsulotlar otilib chiqib
turadigan qismini vulqon deyila
di. Lavalar, qattiq jism bo’laklari gazlar
va bug’lar yer yuziga darz va yoriqlar orqali otilib chiqadi.
Vulqonning sodir bo’lish jarayoni turli tumandir. Aksariyat
vulqon otilishidan avval yer osti gumburlaydi va turli kuchdagi zilzilalar
kuzatiladi, ayri
m vaqtlarda esa jarayon tinch sokin o’tadi.
Gazsimon mahsulotlar. Gazlar vulqonlardan bir me‘yorda, sokin
yoki katta kuchli portlash jarayonida ajralib chiqadi. Gazlar turli
solishtirma og’irliklarga эга бœлганликлари uchun bulutlar
ko’rinishida pastlik tomon harakatlanadi yoki atmosferaga ko’tarilib
asta-
sekin qarag’ayga o’xshash shaklni hosil qiladi.
Gaz mahsulotlarining 60-
90% ini suv bug’lari tashkil qiladi.
Vulqonlardan ajralib chiqqan suv bug’larining hajmi bir-necha ming va
million kubometrlarga yetishi mumkin.
Suv bug’laridan tashqari vulqonlardan xlor, azot, xlorli va ftorli
vodorod, oltingugurt gazi, ammiak, xlorli va uglerodli ammoniy,
kislorod, CO
2
gazi, metan, brom, ftor, va qator xloridli metallar ajralib
chiqadi.
Qattiq mahsulotlar. Vulqon otilishi jarayonida yer yuziga turli
kattalikdagi jins parchalari otiladi. Jins bo’laklari bilan bir qatorda
atmosferaga lavaning mayda kukunlari otiladi, ular atmosferada sovib
qotadi va yer yuziga to’kiladi. Otilgan jinslarning kattaligi ayrim
hollarda 20-30 santimetrga yetadi, asosan ularning kattaligi 5-10
santimetr bo’ladi. Agar otilgan jins bo’laklarining kattaligi 5-10
santimetrdan katta bo’lsa, vulqon bombalari, 1-5 santimetr bo’lsa vulqon
lapillilari, yana ham kichiklari esa vulqon qumlari va vulqon kuli
deyiladi.
Qattiq otqindi mahsulotlarning kattaligi qanchalik kichik bo’lsa
shunchalik ular balandlikka otiladi va uzoq masofaga havo oqimi bilan
olib ketiladi va yetkiziladi.
Suyuq mahsulotlar. Vulqondan otilib chiqadigan qizdirilgan
erigan suyuq mahsulotlar lava deyiladi. Lavaning tarkibida deyarli suv
bug’lari va gazlar bo’lmaydi. Kimyoviy tarkibida esa O, Si, Al, Mg, Fe,
Na, Ca, K, H va b
oshqa elementlar ko’p uchraydi. Lavaning harorati
800-13000
0
S orasida o’zgarib turadi.
Yer yuziga oqib chiqqan suyuq lava gumbaz, oqim va qoplama
shakllarini hosil qilib joylashadi.
Vulqonlarning otilishi tanaffuslar bilan bir necha yillardan yoki
bir necha o’n yillardan so’ng qayta takrorlanishi mumkin. Ayrim
vu
lqonlar faol harakatlardan so’ng umuman qayta otilmasliklari yoki
uzoq muddat tutun chiqarib turishlari mumkin. Vulqonlar turli geografik
sharoitlarda quruqlikda, dengiz qirg’oqlarida va dengiz ostida uchraydi.
Ularning yer yuzida tarqalishi ma‘lum bir qonuniyatga bo’ysunadi va
uch yirik mintaqaga joylashgan. Birinchi mintaqa shimoliy va janubiy
Amerikaning g’arbiy qirg’oqlariga, ikkinchi mintaqa Osiyo qit‘asining
sharqiy qirg’oqlariga joylashgan va uchinchi mintaqa esa O’rta Yer
dengizi qirg’oqlari, Zakavkaziya, Kichik Osiyo va Malay arxipelagi
orollarini o’z ichiga oladi. Yer yuzidagi bunday qonuniy
taksimlanishning sababi shundaki mintaqalar tektonik harakatlanishiga
ko’ra eng yosh Al‘p burmalanish bosqichini o’z boshidan kechirayapti.
Burmali tog’ tizimlarining shakllanishi yer qobig’ida yoriqlarning hosil
bo’lishi va vulqonlarning paydo bo’lishi bilan bir vaqtda sodir bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: