O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti «Atrof muhit himoyasi va ekologiya» kafedrasi



Yüklə 0,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/61
tarix15.06.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#128184
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   61
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi q

 7.I.Blisting 
– 1873 yil Erning shaklini geoid deb atashni taklif 
qildi. 
8.Vilyam Smit (1769-
1839) yillarda yashab o’tgan ingliz olimi)-
stratigrafiya faniga asos solgan olim. 
 9.Geraklit 
– (eramizdan avvalgi VI- asr) birinchi bo’lib, dunyoda 
hamma narsa doimo o’zgarib turadi degan fikrni aytgan. 
61 
80 


yarim sharda Grenlandiya chegaralarida dengiz sathi bilan tenglashadi. 
Qor chizig’idan yuqorida qor erimaydi. Yillar o’tishi bilan 
qorning qalinligi ortib, o’z og’irligi ta‘sirida zichlanib boradi va yirik 
donali muz kristallaridan tashkil topgan massani hosil qiladi. 
Vaqt o’tishi bilan bu massa zichlanib boradi va quyma massa 
ko’rinishidagi rangsiz muzga aylanadi. Qor chizig’idan yuqorida 
joylashgan erimaydigan muz va qor massasiga muzliklar deyiladi. 
Muzliklar o’z shakliga va harakatining xarakteriga ko’ra tog’ va meterik 
muzliklariga bo’linadi. 
Tog’ muzliklari baland tog’ vodiylarida hosil bo’ladi va 
aksariyat tog’ cho’qqilarini ham qoplaydi. Agar tog’ muzliklari bir-
birlari bilan qo’shilsa murakkab muzliklarni hosil qiladi. 
Materik muzliklarini qoplama yoki Grenlandiya muzliklari deb 
ham yuritiladi. Katta qalinliklardagi muz massasi juda katta maydonlarni 
qoplaydi. 
Masalan 2,0 mln km
2
ga yaqin maydonga ega bo’lgan 
Grenlandiya shunday muzliklar bilan qoplangan. 
Muz qattiq jism holat
ida bo’lishiga qaramay yuqori plastiklikka 
– egilish, cho’zilish xususiyatiga ega. Shuning uchun tog’ muzliklari 
daryo suvlari kabi harakat qiladi, faqat suvning tezligiga nisbatan 10000 
barobar kichik bo’ladi. Shunga asoslanib aytish mumkinki, ma‘lum bir 
daryo vodiysida suvning tezligi 10 metr bo’lsa, aynan shunday vodiyda 
muzlik I millimetr tezlik bilan harakat qiladi. 
Qoplama muzliklar ma‘lum qalinlikka yetgandan so’ng, o’z 
og’irligi bilan pastki qatlamlarni ezadi va yon atrofga siqib chiqaradi. 
Dengiz 
qirg’og’iga yetgandan so’ng, siqib chiqarilgan muz massasi 
bo’linib suzib yuruvchi muz tog’larini - aysberglarni hosil qiladi. 
Harakat qilayotgan muzlik qor chizig’i chegarasiga yetgach eriy 
boshlaydi. Muzlik erish mintaqasining balandligi o’rtacha yillik 
haroratga bog’liq ravishda o’zgarib turadi. Yil issiq kelgan yillari qor 
chizig’i yuqoriga chekinadi, sovuq yillari esa pastga tushadi. 
Haroratning o’zgarishi ko’p yillik bo’lishi mumkin, ya‘ni qator 
keladigan sovuq yillar, issiq yillar bilan almashinuvi mumkin. Qor 
chizig’i chegarasining pastlikka harakatini muzlik bosishi yuqoriga 
chekinishini esa muzlikning qaytishi deyiladi. Muzliklarning bosishi va 
qaytish davrlarining 20 yildan 45 yilgacha davom etishi qayd qilingan. 
Morena va morena yotqiziqlari. Ba
land tog’ vodiylaridagi 
muzliklar daryolar kabi o’z qirg’ogi va o’zaniga ega. Muzlik o’z 
harakati jarayonida qirg’oqlarini va asosini o’yadi, ya‘ni o’z yo’lida 
uchragan qattiq tog’ jinslarini va qoyatoshlarni maydalab, o’zi bilan olib 
ketadi va yer yuzasida chuqurchalar hosil qiladi. Muzlikning bunday 
-
har xil geologik ma‘lumotlarni to’plash va qayta ishlash; 
termodinamik, fizik-
kimyoviy, filtratsion jarayonlarni o’rganish va 
miqdoriy bahola
sh, massa va issiqlik o’tkazuvchanlikni modellashtirish, 
gidrogeologik jarayonlarni bashorat qilish va paleogidrogeologik 
tahlillar o’tkazish. 
Bu 
masalalarning 
barchasi 
faqat 
geologiya 
sohasida 
bilimlarnigina emas, balki matematika, fizika, kimyo kabi fanlardan 
egallagan bilimlarni ham talab qiladi. 
62 
79 


ishi ekzaratsiya deb ataladi. 
Muzlik ta‘siridan parchalangan tog’ jinsi bo’laklari, muz bilan 
olib ketiladi va muzlikning tagida harakatchan kichik qatlamchani hosil
qiladi. Bu harakatlanuvchi tog’ jinsi bo’laklaridan tashkil topgan qatlam, 
muzlikning buzish ta‘sirini harakat yo’nalishi bo’ylab kuchaytiradi. 
Bunday harakatlanuvchi jins bo’laklari mahsuloti morenalar deb 
yuritiladi. Muzliklarning asosida harakatlanuvchi morenalarni ostki 
morenalar, qirg’oqlari bo’ylab harakatlanuvchi morenalar – yon 
morenalar deb ataladi. Muzliklarning harakati vaqtida uning yuzasida 
tog’ yonbag’irlaridan uvalanib tushgan tog’ jinsi bo’laklari to’dalanishi 
mumkin. Bunday jins bo’laklari asta-sekin to’planishidan ustki 
morenal
ar hosil bo’ladi. Agar ikki vodiy tutashib bir vodiyga aylansa, 
muzliklar ham qo’shiladi. Qo’shilgan morenalar ikki morenaning 
o’rtasida joylashadi va o’rta morenalarni hosil qiladi.
Har bir baland tog’ muzligi albatta uch xil morenaga ega 
bo’ladi: ostki va ikkita yon morenalar. Bulardan tashqari ustki va o’rta 
morenalar ham bo’lishi mumkin. Bunday morenalar harakatlanuvchi 
morenalardir. Muzlik qor chizig’idan pastga tushgandan so’ng eriy 
boshlaydi, olib kelingan morenalar o’z harakatini to’xtatadi va 
harakatlanmaydigan morenalar yotqiziladi. Bu morenalar oxirgi, 
bo’ylama va asosiy morena turlariga bo’linadi. 
Yotqizilgan morenalarning tarkibi turli-tuman mahsulotlardan 
iborat va juda mayda donadan yirik xarsangtoshlargacha (diametri 2-3 
metr va undan orti
q) bo’lishi mumkin. Ayrim hollarda tarkibining asosiy 
qismini gillar tashkil qiladi. Mayda shag’al, yirik shag’al qisman 
uchraydi. Ayrim hollarda esa uning tarkibini yirik donali jins bo’laklari 
tashkil qiladi. Gil va qumlar esa qisman uchraydi. Muzlik yotqiziqlari 
orasida yirik g’o’latosh to’plamlarini yoki yakka g’o’latoshlarni 
Morena yotqiziqlari uchun mahsulot tarkibining turli 
– tumanligi, 
saralanmaganligi 
silliqlanmaganligi 
hamda 
qatlamlanmaganligi 
belgilariga xosdir.
Muzlik suvlari yotqiziqlari. Agar yerning relefi muzlik chekkasi 
tomon qiyalangan bo’lsa oxirgi morenalarning do’ngliklari va erib 
ulgurmagan muzlik massasi tabiiy to’g’onlarga o’xshash relefni hosil
qiladi. Muzlik yuzasidan oqib kelgan suvlar bu to’g’onlar bilan to’siladi 
va muzlik oldi ko’llarini hosil qiladi. Yoz faslida muzlik suvlarining 
miqdori ortadi va muzlik oldi ko’llariga ko’p miqdorda yirik donali 
cho’kindilar (asosan qumlar) yotqiziladi. Sovuq fasllarda muzlik
suvining miqdori ozayadi va ko’lga mayda donali chang, gil zarrasi 
cho’kindilari yotqiziladi. Qish faslida ko’l suvi tarkibidagi eng mayda 
gil zarralari asta-
sekin cho’kadi. 

Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin