O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti «Atrof muhit himoyasi va ekologiya» kafedrasi



Yüklə 0,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/61
tarix15.06.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#128184
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   61
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi q

5.6. Dengizlarning geologik ishi. Dengiz abraziyasi. Atmosfera 
suvlari, shamol, materik muzliklari va daryolar quruq likdan katta 
miqdordagi mahsulotlarni dengizga tashib keltiradi. Faqat daryolarning 
o’zi yiliga 10 km
3
dan ko’p qattiq jins mahsulotlarini dengizga tashib 
keltiradi. Bundan tashqari dengiz suvlario’z qirg’oqlarini tinimsiz 
buzadi. Bu keltirilgan, eritilgan va qirg’oqdan yuvib olingan jins 
mahsulotlarni dengiz suvi tashiydi, saralaydi va qaytadan yotqizadi. 
Dengiz suvining to’lqinlanishi katta chuqurliklarda (200-300 
metr) tagiga deyarlik ta‘sir ko’rsatmaydi. 
Dengiz suvi to’lqinining qirg’oqqa urilishi ta‘siridan unda 
chuqurchalar hosil bo’ladi. Chuqurlarning kattalashuvi yuqorida 
joylashgan jinslarni o’z og’irligi natijasida ag’darilishiga sabab bo’ladi. 
To’lqinlar ag’darilgan jins bo’laklarini qo’shib oladi va to’lqinning 
buzish kuchiga qattiq jins bo’laklarining buzish kuchi qo’shiladi. 
Dengiz qirg’og’ini tashkil qilgan tog’ jinslari xilma-xil 
bo’lganligi uchun avvaliga yumshoq jinslar, so’ngra qattiq jinslar 
buziladi. Natijada qirg’oqda to’lqinlanish yuzasi bilan bir xil balandlikda 
g’orliklar, bo’shliqlar hosil bo’ladi. 
Dengiz to’lqinining buzish faoliyatini abraziya deb ataladi. 
Abraziyaning ta‘siri natijasida dengiz qirg’og’i quruqlik tomon surilib 
boradi va suv ostida dengiz tomoniga bir oz qiyalangan abrazion 
inshootlar qurilishi olib borilayotgan maydonlar uchun ahamiyatlidir. 
Chunki to’rtlamchi davr yotqiziqlari inshootlar va boshqa injenerlik 
tizimlari joylashtiriladigan asosiy muhit hisoblanadi. 
To’rtlamchi davr yotqiziqlari xaritasiga mintaqa va yangi davr 
dengiz yotqiziqlari, hosil 
bo’lishi, yoshi va tarkibi hisobga olib 
tushiriladi. Xaritalarda yotqiziqlarning hosil b
o’lishi turi ranglarda, 
yoshi rangning tuslarida, tarkibi qorachiqli shtrixlarda ko’rsatiladi. 
Xaritada cho’kindi jinslarning allyuvial, prolyuvial, delyuvial, elyuvial, 
ko’l, dengiz, eol, muzlik, vulqonogen, kimyoviy organik genetik turlari 
shartli indeks
larda yozib ko’rsatiladi. 
Demak geologik xaritalarda tog’ jinslarining tarqalish chegaralari, 
tarqalish maydonlari, tarkiblari, yotish sharoitlari, turli tektonik va 
boshqa elementlari gorizontal yuzada kichraytirilgan masshtabda turli 
rang, shtrix va shartli belgilarda tasvirlanadi. 
Geologik xaritalardan foydali qazilma konlarini qidirish, 
melioratsiya ishlarini va gidrotexnik inshootlarning loyihasini tuzish
qurilish maydonlarini tanlash va boshqa amaliy ishlarda keng 
foydalaniladi. 

Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin