O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti «Atrof muhit himoyasi va ekologiya» kafedrasi



Yüklə 0,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/61
tarix15.06.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#128184
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   61
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi q

NAZORAT UCHUN SAVOLLAR 
1. 
Tarixiy geologiya fani nimani o’rgatadi va uning asosiy vazifalari 
nimalardan iborat? 
2. 
Nisbiy geoxronologiya va geoxronologiya tog’ jinslarining qaysi 
xususiyatlarini aniqlashga imkon beradi? 
3. 
Tog’ jinslarining nisbiy yoshini aniqlashning qanday usullari 
mavjud, ularga tushuncha bering? 
4. Teng yoshdagi jinslar deganda nimani tushunasiz? 
5. Jinslarning yoshini aniqlashda qanday usullardan foydalaniladi? 
6. 
Geoxronologiya jadvali to’g’risida tushuncha bering? 
7. Hozirgi 
paytda tog’ jinslarining mutlaq yoshini aniqlashda qaysi 
usuldan keng 
qo’llaniladi?
8. Geosinklinal mintaqa deb nimaga aytiladi? 
9. Geosinklinal viloyat deb nimaga aytiladi? 
10. 
Turg’un mustahkam struktura (platforma) qanday hosil bo’ladi? 
11. Kristallik fundament deb nimaga aytiladi? 
12. Platformaning qanday elementlari mavjud? 
13. Geologik xarita deb nimaga aytiladi? 
14. 
Geologik xaritalar mazmuni jihatidan qanday turlarga bo’linadi? 
15. 
Geologik xaritalar masshtabiga va tayinlanish maqsadiga ko’ra 
qanday turlarga
bo’linadi? 
16. Geologik qirqimlar tushunchasi va mazmuniga izox bering? 
 
64 
77 


terrasani hosil qiladi. Abrazion terrasa bilan tik sohil oralig’ida shag’al 
va yirik 
jins bo’laklari bilan qoplangan tor yo’lka hosil bo’ladi. Bu 
yuzani polyaj deb ataladi. Vaqt o’tishi bilan polyaj rivojlanib kengayib 
boradi, uni qoplovchi jins bo’laklari esa maydalashib boradi. Polyaj 
kengayib, to’lqinning harakat kuchi ishqalanishga to’liq sarf bo’lganidan 
so’ng, abraziyaning ta‘siri tuxtaydi. Polyaj esa qirg’oqni buzilishdan 
saqlaydigan muhofaza to’sig’iga aylanadi. 
Dengiz yotqiziqlari. Dengiz tagining kesimini to’rta: litoral, 
nerit, batial va abissal mintaqalarga bo’linadi. 
Litoral m
intaqa qirg’oq mintaqasiga kiradi va dengiz suvi 
sathining eng baland ko’tarilish balandligi bilan, suv qaytgandagi eng 
past balandlik oralig’iga joylashadi. 
Uning chuqurligi 0-
20 metrni tashkil qiladi. Bu mintaqa shag’al, 
qum qumtoshlar, olit strukturali 
ohakli qumlar yotqizilgan bo’ladi. 
Nerit mintaqasi Materiklar va orollar atrofida 60-70 km 
kenglikda joylashgan. Mintaqaning chuqurligi 20 metrdan 200 
metrgacha ayrim vaqtda 400 metrgacha bo’ladi. Bu mintaqada qumlar, 
gillar, illar, ohakli illar, dolomitlar, boksitlar, korallar yotqizilgan. Batial 
mintaqa uning chuqurligi 200-2000 metrni tashkil qiladi. 
Bu mintaqada qora, yashil, ko’k illar va tarkibida radiolyarit
globigerin faunasi bo’lgan illar tarqalgan. 
Abissal mintaqaning chuqurligi 2000 metrdan ortiq. Uning
geologik tushilishida tarkibida pteropod, globegirin, radiolyariyli illar, 
katta chuqurlikda hosil bo’ladigan qizil illar va turli erimaydigan 
cho’kindi jinslar ishtirok etadi. 
Laguna yotqiziqlari. Dengizda to’lqinlanish ta‘sir qiladigan 
qirg’oq mintaqasida turli kattalikdagi jins bo’laklarining asta-sekin 
harakati sodir bo’lib turadi. Jins bo’laklarining harakati natijasida yotiq 
qirg’oqlardan turli masofalarda, ular to’dalanishi mumkin va vaqt o’tishi 
bilan jins bo’laklari uyumlarining sathi dengiz sathidan ko’tarilib qoladi. 
Jins bo’laklari uyumlarining uzunligi va balandligiga bog’liq ravishda 
qirg’oq yaqinida ko’rfazlar, limanlar va lagunalarni hosil qiladi va keng 
sayozliklarni dengizdan ajratib qo’yadi. 
Liman va lagunalardagi o’ziga xos rejim cho’kindi yotqizish 
jarayoniga ta‘sir ko’rsatadi. Chuqurligi sayoz bo’lgan katta yuzalar 
bug’lanishning kuchli bo’lishiga olib keladi va suvda tuzning ortishiga 
sabab bo’ladi. Masalan Kora-Bogaz-Gol lagunasida suvining sho’rligi 
Kaspiy dengizi suvining 
sho’rligiga nisbatan 20 marta ortiq bo’ladi. 
Laguna yotqiziqlari asosan ikki xil bo’ladi. Qirg’oq bo’ylab 
chig’anoqli qumlar, tuzlar va gipslar yotqiziladi, markaziy qismida 
organizm qoldiqlari bilan to’yingan illar yotqiziladi. 
Dala ishlarining o’tkazish davrida avvalo ish olib boriladigan 
hudud bilan tanishib chiqiladi, 
asosiy geologik s‘yomka ishlari 
o’tkaziladi va dala ishlari nihoyasida o’tkazilgan barcha ishlar 
natijasining o’zaro bog’liqligi tekshirib chiqiladi, so’ngra esa dala ishlari 
natijasida olingan barcha dala ma‘lumotlari qayta ishlab chiqiladi. 
Natijada turli kartografik chizmalar chiziladi va geologik hisobotning 
yozma matni tayyorlanadi. 
Geologik s‘yomka, ochiq yerlarda (er yuzi o’yilgan hududlarda) 
ya‘ni to’rtlamchi davr yotqiziqlari oz tarqalgan hududlarda geologik 
s‘yomka tub tog’ jinslarining yer yuziga chiqib qolgan joylarini 
o’rganish orkali olib boriladi. Bunday yerlarda tog’ jinslarining yotish 
sharoiti va tarkibi qazish ishlari olib borilmasdan o’rganilishi mumkin. 
To’rtlamchi davr jinslari keng va katta qalinlikda tarqalgan hududlarda 
geologik s‘yomka qazish ishlari (burg’ilash quduqlari, shurf-o’ra, 
kanav
a) o’tkazish orqali olib boriladi. 
Geologik s‘yomka yo’nalishlar, maydon bo’ylab va instrumental 
yo’llar bilan olib boriladi. 
Yo’nalishli s‘yomka uning masshtabi I:I000000 va I:500000 
bo’lgan vaqtlarda olib boriladi. Ish davomida o’rganilayotgan hudud 
xara
kterli yo’nalishlar bo’yicha marshrutlar bilan kesib o’tiladi va 
odatda ularning yo’nalishi qatlamning chuzilishi yo’nalishini tik kesib 
o’tishi lozim. 
Marshrutlarda olib borilgan kuzatuv ishlarining natijasi topografik 
asosga tushiriladi va bu ma‘lumotlar qayta ishlanib xarita tuziladi. 
Kuzatuv ob‘ektlari bo’lib tog’ jinslarining ochiq yerlari xizmat qiladi va 
ularning chizmasi chizilib, tarkibi va yotish holati o’rganiladi. Maydon 
bo’ylab s‘yomka, uning masshtabi I:200000 – I: 25000 bo’lgan hollarda 
o’tkaziladi. Bunday sharoitda s‘yomka qilinayotgan butun maydon 
geologik tuzilishining murakkabligi darajasiga qarab turli zichlikda 
kuzatish nuqtalari bilan qoplanadi (burg’ quduqlar, shurflar, kanavalar). 
Bulardan tashqari marshrutlar belgilanib kuzatuv ishlari olib boriladi. 
Agar hududdagi tub tog’ jinslari ko’p yerlarda ochilmagan bo’lsa 
geologik chegaralarni o’tkazish uchun qazish ishlari (kanava – o’ra 
shurf, burg’ilash qudug’i) bajariladi. 
Ko’pgina hollarda, to’rtlamchi davr yotqiziqlari ostida joylashgan 
tog’ jinslarining ma‘lum chuqurlikdagi tarqalishi va yotish sharoitini 
aniqlash lozim bo’lib qolsa qatlam yoki kesma xaritalari tuziladi. 
To’rtlamchi davr yotqiziqlari katta ahamiyatga ega bo’lganligi 
uchun to’rtlamchi davr yotqiziqlari xaritasi tuziladi va unda 
yotqiziqlarning hosil 
bo’lishi, yoshi va tarkibi ko’rsatiladi. 
Bu turdagi xaritalar ayniksa sug’orish selioratsiyasi va gidrotexnik 
65 
76 


Laguna yotqiziqlari o’zining hosil bo’lish xususiyatlariga ko’ra 
dengiz fatsiyasidan kontinental fatsiyaga o’tuvchi hisoblanadi. 

Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin