O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti «Atrof muhit himoyasi va ekologiya» kafedrasi


  – ma‘ruza. Mavzu: YER PO’STINING RIVOJLANISH TARIXI



Yüklə 0,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/61
tarix15.06.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#128184
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   61
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi q


– ma‘ruza. Mavzu: YER PO’STINING RIVOJLANISH TARIXI 
TO
’G’RISIDAGI ASOSIY MA‘LUMOTLAR. 
GEOXRONOLOGIYA. GEOLOGIK XARITA VA QIRQIMLAR 
 
Reja: 
 
6.
1.Yer po’stining geologik tarixini o’rganish usullari 
6.2.Geologik xarita va qirqimlar 
 
Adabiyotlar: 4,20,21,23,24,26,34,37,43,52,55,67,68,79,81,82,83. 
 
Tayanch iboralar: nisbiy geoxronologiya, stratigrafiya usuli, 
petrografik usul, paleontologik usul, geofizik usul, elektrokarotaj 
usul, radiologik usul, geosinklinal mintaqa, platforma, kristalik 
fundament, qalqonlar, plitalar, sinekliz va antekliz, geologik 
xarita, geologik qirqim, kichik masshtabli xaritalar, o’rta 
masshtabli xaritalar, yirik masshtabli xaritalar, maxsus yoki aniq 
mashtabli xaritalar, geologik s‘yomka, yo’nalishli s‘yomka.
 
6.1. Yer po’stining geologik tarixini o’rganish usullari. Yer 
po’sti hosil bo’lgan vaqtidan boshlab uning rivojlanish tarixi va 
qonuniyatlarini tarixiy geologiya fani o’rganadi. Yer po’stining 
rivojlanish tarixini o’rganish quruvchilar uchun nihoyatda muhim 
bo’lgan tog’ jinslarining xossalarini, ularning yotish va tarqalish 
sharoitlarini aniqlashga imkoniyat yaratadi. 
Tarixiy geologiya fanining asosiy vazifalaridan biri tog’ jinslarini, 
hosil 
bo’lish vaqti bo’yicha tartibga keltirib geologik hodisalarning sodir 
bo’lish tartibini o’rnatish (geoxronologiya) dan iboratdir. 
Geoxronologiya nisbiy va mutlaq turlarga bo’linadi. 
Nisbiy geoxronologiya tog’ jinslari hosil bo’lishining va geologik 
hodisalarning nisbiy uzluksizligini, mutlaq geoxronologiya esa, u yoki 
bu geologik hodisalar va tog’ jinslari qachon hosil bo’lganligini 
aniqlashga va vaqt birligida ifodalashga imkon beradi. 
Tog’ jinslarining nisbiy yoshini aniqlash uchun jinslarning tarkibi, 
tuzilishi, qatlamlanish tartibi, yotish sharoiti, qatlam yig’indilarining 
xususiyatlari, o’ziga xosligi, fizik xossalari, hayvon va o’simlik 
qoldiqlarini o’rganishga asoslanadi. 
Shunga muvofiq tog’ jinslarining nisbiy yoshini aniqlashning bir 
necha usullari mavjud. 
Stratigrafiya usuli tog’ jinslarining nisbiy yoshini aniqlash uchun 
Organizm va o’simlik qoldiqlarini o’rganish va tarixiy 
geologiyaning boshqa usullari asosida Yer qobig’ida hozir mavjud 
bo’lgan yotqiziqlar qator yirik stratigrafik birliklar – jins guruhlariga 
bo’linadi. 
Guruhlar 
tizimlarga, tizimlar – bo’limlarga, bo’limlar –
kavatlarga, kavatlar esa mintaqalarga bo’linadi. 
Har bir bo’lingan stratigrafik birlik hosil bo’lish vaqti bilan 
birikriladi. Shunda guruhga-era, tizimga-
davr, bo’limga –epoxa, kavatga 
–asr, mintaqaga-vaqt to’g’ri keladi. 
Arxey va proterozoy eralarining davom etgan muddati 2,5 
– 3,0 
milliard yilni o’z ichiga oladi. Bu eralarning yoshi shunchalik ulkan 
bo’lishiga qaramay ularning yotqiziqlari yer yuzasida kichik 
maydonlarni egallaydi, chunki shu eralarga mansub bo’lgan jinslar o’ta 
kuchli buzilgan (yorilib, parchalanib ketgan) yoki katta chuqurliklarga 
joylashgan. Kembriy davrigacha hosil 
bo’lgan tog’ jinslari hamma 
qi
t‘alarning tekislik hamda tog’lik hududlarida uchraydi. 
Hozirgi qit‘alarning geologik tuzilishiga e‘tibor berilsa tog’ 
jinslari 
qatlamlari 
dislokatsiyaga 
uchragan, 
burmalangan, 
metamorfizatsiyaga uchragan yirik tog’ o’lkalarini hamda qirqimining 
yuqori qismi deyarli gorizontal va metamorfizatsiyaga uchramagan katta 
tekisliklarni ajratish mumkin. Gorizontal yotuvchi jins qatlamlari ostida 
murakkab dislokatsiyaga va metamorfizatsiyaga uchragan yer poydevori 
joylashgan. 
Shunday qilib, Yer qobig’ining kontinental qismida dislokatsiyaga 
va metamorfizatsiyaga uchragan jinslar yer qobig’ini tashkil qilgan va 
bunday jinslar katta chuqurlikda joylashgan hududlarni ajratish mumkin. 
Bunday holat, burmalanish dislokatsiyalari utmishda hamma 
yerda so’ngra esa ayrim-bukiluvchan jins qatlamlari mavjud bo’lgan 
maydonlarda sodir bo’lgan. 
Shunday qilib, yer qobig’ining dastlabki rivojlanish bosqichlarida 
yer qobig’i egiluvchan jinslardan tashkil topgan kuchli harakatchan 
mintaqadan iborat bo’lgan. Bunday mintaqa geosinklinal mintaqa deb 
yuritila boshlagan. 
A.D.Arxangelskiyning fikricha geosinklinal viloyat deb, odatda 
dengiz bilan qoplangan, kuchli va turli yo’nalishda harakatlanadigan va 
uzoq muddat bukilib katta qalinlikda cho’kindi hosil qilinishi mumkin 
bo’lgan yer maydonlariga aytiladi. Geosinklinal havzasining tagida 
joylashgan yupqa, bukiluvchan sial qatlamining bukilishi tik qirqimda 
katta qalinlikdagi cho’kindi jinslarning hosil bo’lishiga olib keladi va 
bukilish natijasida relefda hosil 
bo’lgan notekislik o’rnini tekislaydi. 
Geosinklinal viloyatlaridagi tik-tebranma harakatlar katta tezlik 
69 
72 


ularning qatlamlanish tartibining ketma-
ket, uzluksiz sodir bo’lishiga 
asoslanadi, ya‘ni har bir ostki qatlam undan yuqorida joylashgan 
qatlamga nisbatan qadimiy hisoblanadi. Bu usul qatlamlarning yotish 
sharoiti o’zgarmagan holda bo’lgan maydonlarda qo’llanilishi mumkin. 
Tektonik 
harakatlar faol rivojlangan hududlarda, ya‘ni jins 
qatlamlari burmalangan, uzilgan, surilgan yerlarda bu usuldan 
foydalanish murakkablashadi. 
Petrografik usul tog’ jinslarining mineral tarkibini o’rganishga 
asoslanadi. Agar geologik kesimlarda bir xil mineral tarkibga, 
strukturaga, teksturaga, hosil 
bo’lish sharoitiga ega bo’lgan jinslar 
kuzatilsa, (maslan, ohaktosh yuqorisida gillar, gillar ustida alevrolitlar 
va h. k.) bu tog’ jinslarini bir vaqtda (bir tarixiy davrda) hosil bo’lgan 
deb hisoblash mumkin. Bu usul bir-biriga yaqin joylashgan kesimlarda 
yaxshi natija beradi. Uzoq masofada joylashgan kesimlarda teng 
yoshdagi jinslar hosil 
bo’lish sharoitiga ko’ra turlicha xususiyatlarga ega 
bo’lishi mumkin. Bundan tashqari turli yoshdagi tog’ jinslari bir xil 
petrografik tarkibga ega bo’lishlari mumkin, chunki Yer yuzida turli 
davrlarda o’xshash sharoitlar qaytarilishi mumkin. Oqibatda esa tog’ 
jinslarida o’xshash belgilar hosil bo’lishi mumkin. Bu usuldan magmatik 
va metamorfik jinslarining nisbiy yoshini aniqlashda ham foydalaniladi. 
Tektonik usulning asosida tektonik harakatlar katta maydonlarda bir 
vaqtda sodir bo’ladi degan tushuncha yotadi. 
Katta qalinlikdagi jins qatlamlari orasida bir-birlaridan nomuvofiq 
yotish burchaklari bilan farq qiladigan kichik qatlamchalar ajratiladi. 
So’ngra turli kesimlarda, teng yoshli, yotish burchaklari 
nomuvofiq qalin qatlamlar orasida kichik qatlamchalar ajratilishi (24, 
25-rasmlar) mumkin. Bular teng yoshdagi jinslar deb hisoblanadi. Lekin 
oxirgi ma‘lumotlarga ko’ra tektonik harakatlar bir vaqtda sodir 
bo’lmasligi va turlicha tezlikka ega ekanligi aniqlangan. 
Natijada jins qatlamlari yer yuziga turli joylarda va turli vaqtlarda 
chiqadi, turli darajada yuviladi, so’ngra esa bu yerlarning bukilishi 
natijasida turli yoshdagi c
ho’kindi jinslar yotqiziladi, ya‘ni cho’kindi 
yotqizish yuzasi hamma yerda teng yoshda bo’lmaydi. Yerlarning 
qaytadan bukilishi katta maydonlarda bir vaqtda sodir bo’lmaydi, ya‘ni 
cho’kindi yotqizish ham har xil vaqtda boshlanadi. Bu usulning 
kamchiligi shundan iborat va shuning uchun undan boshqa usullar bilan 
birgalikda foydalaniladi. 
Paleontologik usul. Bu usul Yerning geologik tarixi organik 
hayotning rivojlanishi bilan parallel rivojlangan degan ilmiy 
tushunchaga asoslanadi. Shuning uchun tog’ jinslari tarkibida organik 
hayotning izi turli toshga aylanib qolgan hayvon va o’simlik qoldiqlari 
ko’rinishida saqlanib qoladi. 
Geofizik usullar tog’ jinslari har xil fizik xossalarga (zichlikka, 
elektr qarshiligiga, radioaktivlikka) ega ekanligiga asoslanadi. 
Jinslarning yoshini aniqlash uchun elektro karotaj va gimma karotaj 
usullaridan foydalaniladi. 
Elektrokarotaj usulida tog’ jinslarining elektr tokiga bo’lgan 
solishtirma qarshiligi, gamma karotajda tabiiy radioaktivligi o’lchanadi. 
O’lchovlar parmalash quduqlarida avtomatik ishlaydigan maxsus 
qurilmalar yordamida olib boriladi. Natijada karotaj diagrammalari 
chiziladi va uni o’rganish va taqqoslash asosida bir xil jins qatlamlari 
aniqlanadi va ularni teng yoshda deb qabul qilinadi. 
Yerning geologik tarixidagi har bir davr, shu davr uchun xos 
bo’lgan turli organizm turlari bilan xarakterlanadi. Bunda har bir davr 
o’tgan davrga nisbatan yuqori rivojlangan yangi organizm guruhlari 
bilan farq qiladi. Shuning uchun tog’ jinslarida, kesimlar bir-birlaridan 
uzoq maso
falarda joylashgan bo’lsa ham, bir xil organizm qoldiqlari 
mavjud bo’lsa, ularni bir vaqtda hosil bo’lgan deb hisoblash mumkin. 
Agar organik qoldiqlar har xil bo’lsa, demak tog’ jinslari turli sharoitda 
hosil 
bo’lgan. Bu masala faqat tog’ jinslarining hosil bo’lish sharoiti 
aniqlangandan so’ng hal qilinishi mumkin. 
Barcha toshga aylanib qolgan hayvon yoki o’simlik qoldiqlari 
(fauna va flora) orasida jinslarning yoshini aniqlashga faqat bir gorizont 
va qatlamda uchraydigan, tik kesimda oz va gorizontal yuzalarda keng 
tarqalgan hamda yaxshi saqlanib qolgan qoldiqlar katta ahamiyatga ega. 
Magmatik tog’ jinslarining nisbiy yoshi, ular bilan cho’kindi tog’ 
jinslari orasidagi munosabatga qarab aniqlanadi. 
Agar magmatik jins intruziyalari cho’kindi jinslarni kesib o’tsa 
shu cho’kindi jinsga nisbatan yosh va uning yuvilgan yuzasiga 
yotqizilgan cho’kindi jinslarga nisbatan esa keksa hisoblanadi. 
Tog’ jinslarining mutlaq yoshini aniqlash ya‘ni uning yoshini vaqt 
birligi ichida ifodalash uchun hozirgi vaqtda radiologik usullar keng 
qo’llaniladi. Radiologik usullarga uran-qo’rg’oshinli, uran-geliyli kaliy-
argonli, rubidiy-strontsiyli, uglerodli va uran-ioniyli usullar kiradi. 
Bu usullarning asosiga, elementlarning radioaktiv parchalanishi 
doimiy tezlikda sodir bo’lishi va bu jarayon hech bir ta‘sir natijasida 
o’zgarmasligi asos qilib olingan. Turli kimyoviy elementlar uchun bu 
tezlik turlichadir va tadqiqot yordamida aniqlanadi. Odatda radioaktiv 
elementning yarim qismi parchalanib turg’un izotop hosil qilgan -yarim 
parchalanish davri, vaqti aniqlanadi. 
Hozirgi vaqtda tog’ jinslarining mutlaq yoshini aniqlashda kaliy-
argonli usuldan keng foydalanilayapti. 
70 
71 



Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin