O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi q
2.4.Minerallarning tasnifnomasi.Minerallar kimyoviy tarkibi,
kristallik tuzilishi va hosil
bo’lishiga ko’ra sinflarga bo’linadi. Biz
qo’yida kimyoviy tarkib bo’yicha tuzilgan tasnifnomaga asoslanib
mineral sinflarining qisqacha tavsifini beramiz.
Sof elementlar.
Bu sinfga 50 ga yaqin minerallar mansub bo’lib,
ular Yer po’sti massasining 0,1% ini tashkil qiladi. Keng tarqalgan sof
tug’ma elementlarga, oltin, qumush, platina, simob, mis, olmos, grafit,
oltingugurt va h. k. kiradi. Ular tog’ jinsini hosil qiluvchi minerallar
guruhiga kirmaydi.
Sulfidlar.
Bu minerallarning soni 200 ga yaqin va ular Yer po’sti
massasining 0,15% ini tashkil qiladi. Ular asosan rangli metall va
oltingugurtning birikmalaridir. Bu guruh minerallariga katta solishtirma
og’irlik, metalsimon yaltiroqlik, nisbatan yumshoqlik xususiyatlari
xosdir. Sulfidlarga xos minerallarga pirit (FeS
2
), xalkopirit (CuFeS
2
)
galenit (PbS), sfalerit (ZnS) va boshqalar kiradi. Sulfidlar rangli metall
ma‘danlari hisoblanib, tog’ jinsi hosil qiluvchi minerallarga kirmaydi.
Galoid birikmalari. Bu sinfga 100 ga yaqin mineral kiradi. Ular
xlorli va ftorli vodorod va boshqa kislotalarning tuzlari hisoblanadi.
Birikmalar kaliy, natriy, magniy, kaltsiy va boshqa metallari uchraydi.
Galoid birikmalari yuqori haroratda magmatik eritmalardan pnevmatolit
va gidrotermal (flyuorit) jarayonlar natijasida va dengiz va ko’l taglarida
(osh tuzi) hosil
bo’ladi.
Galit (osh tuzi)
– tosh tuzining qatlamlari ko’rinishida qadimgi
dengiz va ko’llarda hosil bo’lgan. Bu minerallar bilan birgalikda silvin
(kaliy tuzi) uchraydi.
Oksidlar va gidrooksidlar. Bu guruhga kirgan minerallarning soni
200 ga yaqin va Yer qobig’ining 17% massasini tashkil qiladi. Ularda
kvarts guruhi minerallari (SiO
2
) temir oksidlari va gidrooksidlari
–
gematit (Fe
2
O
3
), magnetit (FeO
∙O
3
), limonit (Fe
2
O
5
· nH
2
O) , alyuminiy
4
25