O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi q
bo’lishi mumkin.
Minerallarning qattiqligi. Qattiqlik deb, minerallning tashqi
mexanik ta‘siriga qarshilik ko’rsata olish qobiliyatiga aytiladi.
Minerallarni amaliy o’rganishda keng qo’llaniladigan F.Moos (1773-
1839) tomonidan ishlab chiqilgan
o’n balli shkaladan keng
foydalaniladi. Bu usul yordamida minerallning qattiqligini aniqlash
uchun qattiqligi ma‘lum bo’lgan etalon minerali bilan aniqlanayotgan
mineral tirnaladi.
F.Moos shkalasining etalonlari sifatida qattiqligi I dan 10 gacha
bo’lgan quyidagi minerallar qabul qilingan.
1. Talk
– Mg
3
[Si
4
O
10
] [OH]
2
2. Gips
– Ca SO
4
∙2H
2
O
3. Kaltsit
– CaCO
3
4. Flyuorit
– CaF
2
5. Apatit
– Cas[PO
4
]
3
F
6. Ortoklaz
– K [AlSi
3
O
8
]
7. Kvarts
– Si O
2
8. Topaz
– Al
2
[Si O
4
] [FOH]
2
9. Korund
– Al
2
O
3
10. Olmos - C
Qattiqlikni Moos shkalasi bo’yicha aniqlash nisbiy xarakterga
ega. Maxsus qattiqlikni aniqlovchi asboblarda etalon minerallarining
qattiqligini aniqlashiga ko’ra kaltsitning qattiqligi 46 marta, kvartsniki
450 marta, olmosniki 4000 marta talknikidan kattadir. Aniqlanayotgan
minerallning qattiqligi shu minerallning etalon minerallardan qaysi
birini tirnay olishini sinab ko’rish yo’li bilan topiladi. Masalan:
aniqlanayotgan minerallimiz apatitni (qattiqligi 5) tirnasayu, o’zi
ortoklaz (qatt
iqligi 6) bilan tirnalsa uning qattiqligini 5 bilan 6 oralig’ida
bo’ladi.
Minerallarning qattiqligi ayrim buyumlar yordamida ham
aniqlanishi mumkin.
Minerallarning solishtirma og’irligi (zichligi). Minerallarning
solishtirma og’irligi asosan qo’yidagicha ikki usul bilan: 1.Mineral siqib
chiqargan suyuqlikning hajmini o’lchash usuli, ya‘ni mineral namunasi
og’irligi bilan o’sha mineral siqib chiqargan suv hajmini o’lchash usuli
bilan. 2.Suvga tushirilgan minerallning
yo’qotgan og’irligini aniqlash
yo’li bilan (mineral namunasining mutloq og’irligini, o’sha mineralning
suvga tushirilishi bilan yo’qotgan og’irligiga bo’linadi) aniqlanadi).
Minerallning solishtirma og’irligi qo’lda (kaftda) taxminiy tortish
yo’li bilan aniqlash mumkin, ya‘ni mineral og’irligi yengil bo’lsa
solishtirma og’irligi 2,5 gacha; o’rtacha bo’lsa 4 gacha; og’ir bo’lsa 4-6;
5
24