O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti «Atrof muhit himoyasi va ekologiya» kafedrasi



Yüklə 0,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/61
tarix15.06.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#128184
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   61
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi q

4.3. Magmatizm. 
Yerning ichki kuchlari ta‘siri ostida paydo 
bo’ladigan yer qa‘rida suyulgan moddalarning litosferaga singib kirishi 
yoki yer yuziga oqib chiqishi bilan bog’liq bo’lgan jarayonlar 
magmatizm deyiladi. Avval ko’rsatib o’tilganidek magma jinslari sial 
qobig’iga singib litosferaning turli chuqurliklarida qotadi yoki yer 
yuziga oqib chiqadi. Bu jarayonlarning kechishi ikki xil omil bilan 
bog’liq, ya‘ni litosferaga ta‘sir qiladigan magmaning bosim kuchi va 
unga qarshilik ko’rsatadigan litosfera massasining qarshilik ko’rsatish 
kuchlari orasidagi o’zaro nisbati bilan, litosfera qatlamlarida yoriq va 
darzlarning mavjudligi va boshqa buzilgan mintaqalarning mavjudligi 
bilan bog’liq. 
Shunga muvofik magmatizmning effuziv magmatizm yoki 
vulqonizm, intruziv magmatizm yoki plutonizm turlari ajratiladi. 
Intruziv magmatizm. Magma massasining yer po’stiga singib 
kirishi ikki yo’l bilan sodir bo’ladi. Birinchidan magmatik massa uning 
joyini o’zgartirishidan o’zini namoyon qiladigan tebranma harakatlar: 
2.Tog’ jinsi qatlamlarining burmalarga bukilishiga olib keluvchi 
burma hosil qiluvchi harakatlar: 
3.Tog’ jinsi qatlamlarining uzilishiga olib keluvchi harakatlar 
zilzilalarni keltirib chiqaradi va yer qobig’ini kuchli silkinishiga va 
ayrim yerlarda bir lahzada tog’ jinslarining chatnab ketishiga, yorilib 
ketishiga sabab bo’ladi.
Yer po’stining kuchsiz va kichik amplitudali tektonik harakatlar 
harakteriga-
xos bo’lgan qismini uning platformasi, kuchli va tez 
o’zgaruvchan, katta amplitudali harakatiga mansub bo’lgan qismiga ega 
geosinklinal deyiladi. 
Namoyon bo’lgan vaqtiga ko’ra tektonik harakatlar hozirgi 
zamon, yangi va qadimiy turlarga bo’linadi. 
4.5.Seysmik hodisalar (zilzilalar). Zilzila deb tabiiy kuchlar 
ta‘sirida yer po’stining silkinish hodisasiga aytiladi. Zilzilalar Yer 
qa‘rining ma‘lum bir nuqtalarida yig’ilgan katta kuchlanishning bir 
zumda sarflanishi natijasida sodir bo’lib, seysmik stantsiyalarda 
o’rnatilgan maxsus qurilmalar (seysmograf, seysmometrlar) bilan qayd 
qilinadi. Yer sharida yiliga bir necha million silkinishlar qayd etiladi. 
Ularning yuzdan ortiqrog’i yer yuzida vayronagarchilik keltiradi. 
Yer po’stida yoki mantiyaning yuqori qismida jins massivlarining 
siljishi natijasida egiluvchan to’lqin paydo bo’ladigan joyi zilzila 
gipotsentri (uchog’i) deyiladi. Gipotsentrning chuqurligi 700 
kilometrgacha yetishi mumkin. 
Hosil 
bo’lishi chuqurligi bo’yicha; yuzada (gipotsentrning 
chuqurligi 50 kilometrgacha), o’rta chuqurliklarda (gipotsentrning 
chuqurligi 50-300 kilometrgacha), katta chuqurliklarda (gipotsentrning 
chuqurligi 300 kilometrdan ortiq) sodir bo’ladigan zilzilalarga bo’linadi. 
Agar gipotsentr orqali yer radiusi o’tkazilsa, shu radiusning yer 
yuzasi bilan kesishgan nuqtasi epitsentr deyiladi. 
Zilzila jarayonida litosferada ikki xil silkinma va tebranma 
harakat vujudga keladi. 
Epitsentrda tektonik to’rtki ta‘siridan hosil bo’lgan egiluvchan 
harakat pastdan yuqoriga tik yo’nalgan bo’ladi shuning uchun 
epitsentrda yer silkinadi. Yer yuzasining boshqa nuqtalariga 
gipotsentrdan tarqalgan egiluvchan to’lqinlar burchak ostida qiyalanib 
uriladi va epitsentrdan uzoqlashgan sari silkinma harakat silkinma-
tebranma so’ngra esa tebranma harakatga aylanadi. 
Gipotsentrda hosil 
bo’lgan egiluvchan to’lqinlar ikki xil bo’ylama 
va ko’ndalang to’lqinlar ko’rinishida tarqaladi. Bo’ylama to’lqinlar 
ta‘siridan jismlar siqiladi, cho’ziladi va hajmi o’zgaradi. 
41 
44 


harakatiga to’sqinlik qiladigan litosfera qatlamlarini qisman chetga 
suradi, o’zlashtiradi yoki eritadi va harakati uchun o’ziga yo’l ochadi. 
Bu jarayonda yer po’stiga magmaning katta massasi singib kiradi va 
katta chuqurliklarda qotadi. Singib qotgan bu massalar odatda tekis 
qiyalangan deyarli tik devorlar va gumbazsimon shiplar bilan 
chegaralangan. Bu intruziyalarning ostki qismi butun tarqalish maydoni 
bo’ylab tub magma uchog’i bilan bog’liq bo’ladi. 
Intruziyalarning bunday shakllari batolitlar va shtoklar deyiladi
Ikkinchi magma litosferadagi yoriq va darzlar bo’ylab ko’tariladi. 
Ichki bosim tashqi bosimga nisbatan katta yerlarda, magma litosfera 
qatlamlarini chekka tomonlarga suradi va turli kattalikdagi massivlarni 
hosil 
qiladi. Bu jins massivlari shakliga ko’ra lakkolitlar va fakolitlar 
deyiladi. 
Effuziv magmatizm. Yer yuzasining uzluksiz yoki uqtin-uqtin, 
yuqori haroratli, qattiq, suyuq va gazsimon mahsulotlar otilib chiqib 
turadigan qismini vulqon deyila
di. Lavalar, qattiq jism bo’laklari gazlar 
va bug’lar yer yuziga darz va yoriqlar orqali otilib chiqadi. 
Vulqonning sodir bo’lish jarayoni turli tumandir. Aksariyat 
vulqon otilishidan avval yer osti gumburlaydi va turli kuchdagi zilzilalar 
kuzatiladi, ayri
m vaqtlarda esa jarayon tinch sokin o’tadi. 
Gazsimon mahsulotlar. Gazlar vulqonlardan bir me‘yorda, sokin 
yoki katta kuchli portlash jarayonida ajralib chiqadi. Gazlar turli 
solishtirma og’irliklarga эга бœлганликлари uchun bulutlar 
ko’rinishida pastlik tomon harakatlanadi yoki atmosferaga ko’tarilib 
asta-
sekin qarag’ayga o’xshash shaklni hosil qiladi. 
Gaz mahsulotlarining 60-
90% ini suv bug’lari tashkil qiladi. 
Vulqonlardan ajralib chiqqan suv bug’larining hajmi bir-necha ming va 
million kubometrlarga yetishi mumkin. 
Suv bug’laridan tashqari vulqonlardan xlor, azot, xlorli va ftorli 
vodorod, oltingugurt gazi, ammiak, xlorli va uglerodli ammoniy, 
kislorod, CO
2
gazi, metan, brom, ftor, va qator xloridli metallar ajralib 
chiqadi. 
Qattiq mahsulotlar. Vulqon otilishi jarayonida yer yuziga turli 
kattalikdagi jins parchalari otiladi. Jins bo’laklari bilan bir qatorda 
atmosferaga lavaning mayda kukunlari otiladi, ular atmosferada sovib 
qotadi va yer yuziga to’kiladi. Otilgan jinslarning kattaligi ayrim 
hollarda 20-30 santimetrga yetadi, asosan ularning kattaligi 5-10 
santimetr bo’ladi. Agar otilgan jins bo’laklarining kattaligi 5-10 
santimetrdan katta bo’lsa, vulqon bombalari, 1-5 santimetr bo’lsa vulqon 
lapillilari, yana ham kichiklari esa vulqon qumlari va vulqon kuli 
deyiladi. 
Qattiq otqindi mahsulotlarning kattaligi qanchalik kichik bo’lsa 
shunchalik ular balandlikka otiladi va uzoq masofaga havo oqimi bilan 
olib ketiladi va yetkiziladi. 
Suyuq mahsulotlar. Vulqondan otilib chiqadigan qizdirilgan 
erigan suyuq mahsulotlar lava deyiladi. Lavaning tarkibida deyarli suv 
bug’lari va gazlar bo’lmaydi. Kimyoviy tarkibida esa O, Si, Al, Mg, Fe, 
Na, Ca, K, H va b
oshqa elementlar ko’p uchraydi. Lavaning harorati 
800-13000
0
S orasida o’zgarib turadi. 
Yer yuziga oqib chiqqan suyuq lava gumbaz, oqim va qoplama 
shakllarini hosil qilib joylashadi. 
Vulqonlarning otilishi tanaffuslar bilan bir necha yillardan yoki 
bir necha o’n yillardan so’ng qayta takrorlanishi mumkin. Ayrim 
vu
lqonlar faol harakatlardan so’ng umuman qayta otilmasliklari yoki 
uzoq muddat tutun chiqarib turishlari mumkin. Vulqonlar turli geografik 
sharoitlarda quruqlikda, dengiz qirg’oqlarida va dengiz ostida uchraydi. 
Ularning yer yuzida tarqalishi ma‘lum bir qonuniyatga bo’ysunadi va 
uch yirik mintaqaga joylashgan. Birinchi mintaqa shimoliy va janubiy 
Amerikaning g’arbiy qirg’oqlariga, ikkinchi mintaqa Osiyo qit‘asining 
sharqiy qirg’oqlariga joylashgan va uchinchi mintaqa esa O’rta Yer 
dengizi qirg’oqlari, Zakavkaziya, Kichik Osiyo va Malay arxipelagi 
orollarini o’z ichiga oladi. Yer yuzidagi bunday qonuniy 
taksimlanishning sababi shundaki mintaqalar tektonik harakatlanishiga 
ko’ra eng yosh Al‘p burmalanish bosqichini o’z boshidan kechirayapti. 
Burmali tog’ tizimlarining shakllanishi yer qobig’ida yoriqlarning hosil 
bo’lishi va vulqonlarning paydo bo’lishi bilan bir vaqtda sodir bo’ladi. 

Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin