Asekvent - surilmalar qatlam -
qatlam bo’lmagan bir jinsli tog’
jinslarida rivojlanadigan hodisa.
Biosfera –havo qatlamining Yer shari yuzasidagi bir qismini,
gidrosferani, Yer
po’stining ustki qatlamlarini qamrab olgan,
organizmlar rivojlangan alohida qoplama.
Bazalt qatlam – litosferaning 3-termodinamik qobig’i, 15-25 km
qalinlikda yer
po’stlog’ida ustunsimon shaklda bo’ladigan mexanik,
nurash va kislota ta‘siriga chidamli tog’ jinsi.
Barxanlar – cho’llardagi ko’chma qumtepalar. Shamol kuchi
ta‘sirida bir joydan ikkinchi joyga ko’chib yuradi va bir necha sm dan
yuzlab metrgacha ko’chadi.
Batial mintaqa – 200 - 2000 metr chuqurlikda qora, yashil ko’k
illar va tarkibida radiolyarit, globigeri
faunasi bo’lgan illar tarqalgan.
Botqoqlik –yilning ko’p qismida gruntning ustki qatlamini
haddan tashqari namligi, torf hosil
bo’lish jarayonlarining mavjudligi va
b
otqoqlik o’simliklari o’sishi bilan tavsifalnuvchi hudud.
Biogen cho’kindilari –tirik organizmlarning faoliyati tufayli
hosil
bo’ladigan va skelet qoldiqlaridan topgan cho’kindilar.
Vulqon – er yuzasining uzluksiz yoki uqtin-uqtin, yuqori
haroratli, qattiq, suyuq va gazsimon mahsulotlar otilib chiqib turadigan
qismi.
Vzbros – tektonik harakatlarning uzluksiz davom etishi oqibatida
yer qatlamlari orasidagi yoriqlarning siljishi natijasida bir qatlamning
ikkinchi qatlamga nisbatan
cho’kishi.
Vulqon krateri - vulqon tog’i cho’qqisida joylashgan kosa
shaklidagi katta chuqurlik
(vulqon og’zi).
Gipoteza - nazariya.
Geoid-geo - yer, id
– o’xshash degan ma‘noni anglatadi.
Gravimetrik usul - yer fizikasining
ma‘lum qismini ya‘ni, planeta
yuzasidan va atrof muhitda gravitatsion maydon hamda uning
elementlari taqsimotini aniqlash.