kuchiga, pedagogik taktga va qat'iy erkinlikka ahamiyat berdi. So'ngra XIX asrning ikkinchi
yarmida P. G. Redkin «axloqiy qobiliyat» tushunchasini ilgari surdi.
Disgerverg, Redkin fikrlarini K.D.Ushinskiy davom ettirdi. K.D.Ushinskiy «Odamni
tarbiyalashning eng asosiy yo'li ishontirishdir, odamning e'tiqodiga
esa faqat ishontirish bilan
ta'sir qilish mumkin»,-deydi.
L. N. Tolstoy: «Tarbiyalash muvaffaqiyatli bo'lishi uchun tarbiyalovchi kishilar sira
to'xtamay o'zlarini tarbiyalay bilishlari kerak»-degandi.
L. S. Makarenko aytishicha, tasodifiy rav*ishda o'qituvchi bo'lib qolgan, lekin u bu ishga
qiziqib ketib badiiy adabiyotni ko'p o'qigai Gorkiyni o'zning usgozi deb, uni asrlarini o'rganishga
kirishgan. Makarenko o'z tajribasiga asoslanib, agar har bir kishi qunt bilan mehnat qilsa, u
o'ziga nisbatan talabchan bo'lsa, u yaxshi pedagog bo'lishi mumkin, deydi.
Qobiliyat hamma insonlarda mavjud bo'lib, bir tekisda bo'lmay, biri yuqori, biri o'rta va
biri quyi darajadan iboratdir. Faqat aqli zaif insonlarda qobiliyatni uchrata olmaymiz.
Maktab
o'qituvchisining faoliyati inson shaxsini tiklantirishga qaratilgan. Muvaffaqiyatli ishlash uchun
har bir o'qituvchi pedagogik mahoratga ega bo'lishi zarur. Pedgogik mahorat egasi oz mehnat
sarf qilib, katta natijaga erishadi. Qobiliyat faoliyat jarayonida paydo bo'ladi va rivojlanadi,
qobiliyatni rivojlaitirsh
uchun esa layoqat, zehn, iste'dod, ya'ni inson nerv tizimida anatomo-
fiziologik xususiyat bo'lishi ham zarur. O’qituvchining ba'zi psixik jarayonlari unda shaxsga xos
sifatlarining shunday komplekskni tashkil qiladiki, buni pedagogik qobiliyat deb atash mumkin.
Bu qobiliyatlarni ayrim psixik xususiyatlardan iborat qilib qo'yish mumkin emas. Ta'lim-tarbiya
ishlariniig muvaffaqiyatli bo'lishini pedagog shaxsiga xos bo'lgan bir qancha sifatlar, shu
jumladan, uning irodasi,
hissiyotlari, xarakteriga xos bo'lgan bir qancha xususiyatlarini ham
ta'minlab beradi. K.D.Ushinskiy «Faqat shaxsgina shaxsning rivojlanishiga va tarkib topishiga
ta'sir qilishi mumkin, faqat xarakter ta'siri bilan xarakterni vujudga keltirish mumkin»,-deb
yozgan edi.
Qobashyat-shaxaning muayyan faoliyat yuzasidai layoqati va uning ishini muvaffaqiyatli
bajarishdagi sub'ektiv shart-sharoitini ifodalovchi individual psixik xususiyatlaridir.
Falsafa tarixida qobiliyat uzoq davrgacha o'zgarmas irsiyat, nasldan-naslga o'tuvchi
alohida kuch sifatida talqin etilgan. Bunday qarashlar dastlab ingliz filosofi J. Lokk va franquz
materialistlari tomonidan tanqid qilingan. Qobiliyatni rivojlantirishi mumkin bo'lgan
anatomik
fiziologik xususiyatlar tug’ma bo'ladi.
Empatiya - boshqa odamlarning psixik holatlarini tushunish va ularga hamdardlik qilish
kobiliyatidir (bigalikda dardlashmoq).
Perqeptiv qobiliyat - idrok jarayonining asosiy tuzilishi birinchi bo'lib, bu idrok
ob'ektlarini bilib olish va uni xotira obrazlari bilan solishtirishdan iboratdir. Bu qobiliyat
o’qituvchining o’quvchilar ko’z qarashlari va yuz ifodalariga qarab ularning ichki dunyosini
ko’ra olishida namoyon bo’ladi.
Didaktik qobiliyat - o’quvchilar
bilan muloqot qilishda, pedagogikaning ta'lim
qonuniyatini hamda metodlarini o'rgangan holda, ta'lim bars olish va ibratli dars berish
qobiliyatidir.
Konstruktiv qobiliyat - o'qituvchining o'z ishini rejalashtira olishidir.
Kommunikativ qobiliyat - boshqa odamlar bi:lan bo'ladigan muloqotni
yaxishlaydigan va birgalikdagi faoliyatni psixologik ta'minlaydigan qobiliyatdir. O’quvchi
bilai o'zaro muloqotda bo'lish.
Bilish qobiliyati - bilimni egallash va uni o'zlashtirishni
ta'minlaydi.
Dostları ilə paylaş: