O`zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti pedagogika fakulteti


O’z-o’zini tekshirish uchun savollar



Yüklə 1,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/98
tarix24.11.2023
ölçüsü1,11 Mb.
#133661
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   98
Qarshi davlat universiteti pedagogika fakulteti

O’z-o’zini tekshirish uchun savollar: 
1. Ahloq, odob (adab) deganda nima tushuniladi, etika nima? 
2. Umuminsoniy ahloq, mlliy axloq deganda nimalar tushuniladi? 
3. Kasbiy mas'uliyat nima? O'qituvchi odobini ta'riflab bering. 
4. O'qituvchi odobini o'rganishning maqsadi, vazifalari nimalardan iborat? 


5.O'qituvchi odobining umumiy va xususiy qonuniyatlarini ayting. 
6.O'qituvchi odobining ilmiy manbalari nimalar? 
7. Ta'lim-tarbiya jarayonining samaradorligi nimaga bog'liq? 
8. O’qituvchilik mas‘uliyati, vijdoni, sha‘nigi tavsif bering? 
10-MAVZU. O’QITUVCHI KASBIY FAOLIYATIDA PEDAGOGIK TEXNIKANING 
AHAMIYATI VA UNI SHAKLLANTIRISH USIUBLARI.
Reja: 
1.Pedagogik texnika - o’qituvchining nafaqat ta’lim-tarbiya jarayonida, balki butun kasbiy 
faoliyatida zarur bo’lgan umumiy pedagogik bilim va maJakalari majmui ekanligi. 
2.Pedagogik texnikaning ikkita guruhga bo’lib o ’rganilishi, uning psixologik va fiziologik 
xususiyatlari. 
3.Pedagogik texnikani namoyon etishda o’qituvchining tashqi ko’rinishi: mimika va 
pantomimika. 
4.Pantomimik harakatlarda o’z hissiy holatini nazorat qilish. Pedagogik faoliyatda pedagogik 
texnikaning ko’nikma va malakalarini mukammal takomillashtirgan holda o’qituvchi mahoratini 
oshirish uchun qo’llanuvchi jarayonlar 
5. Pedagogik texnikani egallashning asosiy usullari. 
Tayanch tushunchalar 
Nafas olish, ovozni yo'lga qo'yish, to'g’ri talaffuz, savodli, ifodali nutq, mimika, 
pantomimika. 
 
Ta'lim-tarbiya jarayonida pedagogik texnikaning ya'ni jamoa va shaxs bilan muloqot 
qilish mahorati, muloqot jarayonini nazorat qila olish, jamoani tashkil qilish, o’z kayfiyatini, 
ovozini va harakatlarini boshqara olish mahoratining o’rni ham muhimdir. 
Pedagogik texnika haqida A.S.Makarenko shunday deydi: «Chiroyli ovoz faqat kuylash 
yoki so’zlashish uchun emas, balki o’z fikr va his-tuyg’ularini aniq, ta'sirchan ohangda ifodalash 
uchun ham kerakdir. Bu ham pedagogik mahoratdir». Umumiy qilib aytadigan bo’lsak, 
pedagogik texnika bu – o’qituvchining o’quvchilarga shaxsan ta'sir o’tkazish usullarining 
yig’indisidir. 
Pedagogik texnika tarkibiy qismlari 2 qismga bo’linadi: 
1-guruh pedagogning o’z hulqini boshqara olish mahorati bilan bog’liq bo’lib, unga o’z 
organizmini boshqarish (mimika, pantomimika), kayfiyat va his-tuyg’ularini boshqarish, ijtimoiy 
perqepqiya malakasi (yuz ifodasini o’qiy olish), nutq texnikasi (nafas olish, tovushni to’g’ri 
tutish, dikqiya) kabilar kiradi. 
2-guruh shaxsga va jamoaga ta'sir eta olish mahorati bilan bog’liq bo’lib, ular pedagogik 
muloqot texnikasi, talayu qo’ya olish texnikasi, tartib o’rnatish texnikasi, rag’batlantirish va 
jazolash texnikasi kabilardan iborat. 
Mimika – o’zining fikr-mulohazalarini, his-tuyg’ularini, kayfiyatini yuz muskullari 
harakati orqali ifodalash san'ati. Ko’pincha yuz ifodasi so’zlardan ko’ra kuchliroq ta'sir qiladi. 
Mimika nutq mazmuniga mos bo’lishi kerak. U orqali ishonch, tasdiqlash, nozilik, hursandchilik, 
befarqlik, zavqlanish, qiziqish, hafa bo’lish kabi tuyg’ularni ifodalashga yordam beradi. Mimika 
detallari – qosh, ko’z, yuz muskullari. Shuning uchun o’qituvchi doimo’quvchilarga qarab 
gapirishi kerak. O’quvchilar o’qituvchining ko’z qarashlariga qarab kayfiyatini, munosabatini 
aniqlaydilar. Shu sababli o’qituvchining ko’zi his-tuyg’ularni ifodalabgina qolmasdan, 
o’quvchilarga taalluqli bo’lmagan his-tuyg’ularni yashira olishi ham kerak. 
Pantomimika – fikrlarini ifodalashda qo’l, bosh va umuman gavda harakatlari, imo-
ishoralardan foydalanish. 
Ijtimoiy perqepqiya – o’quvchilarning yuz ifodalari, ko’z qarashlaridan ular 
psixologiyasini, kayfiyatini aniqlash. 
Mutlaqo to'g’ri bo'lgan pedagogik tadbirni yoki sistemani o'rnatish mumkin emas. Hozirgi 
daqiqa, hozirgi bosqich sharoitlari va talablaridan kelib chiqmaydigan har qanday qotib qolgan 


qoida har doim noto'g’ri qoida bo'ladi,- deb yozgan edi L. S. Makarenko, L. M. Gorkiyga 
yo'llagan maktubida. 
Pedagogik san'at vaziyat bilan bog’liq. Bu erda har gal hamma narsa yangidan sodir 
bo'lganday tuyuladn. 
Binobarin, kishi o'zining har bir qadamini oldindin ko'rishi, rejalashtirishi amalda mumkin 
bo'lmaydi. Pedagogning mehnati-bu behad izlalish va azob-uqubatli kechinmalar, ilhom va 
betakror turlanish oni, ko'pdan-ko'p kundalik ishlar, xafsalasi pir bo'lish va bolalar bilan 
birgalikda boshdan kechirilgan quvonchdan qanoat xosil qilishdir. Pedagogik san'at-bu 
qandaydir qo'l bilan tutib bo'lmaydigai, faqat farosat bilan amalga oshiriladigan iarsadir, degan 
taassurot tugiladi. 
K. S. Stanislavskiy aktyorning faoliyatini tahlil qilib shunday degan edi: «Nima qilmoq 
kerak?» beixtiyor, bilar-bilmas, odatdagi narsaniig mahsulidir. Bundan shunday savol tug’iladi: 
xo'sh bu «beixtiyor» bilar bilmas «odatdagi narsaniig chuqur ma'noli sohasi nimadan iborat?» 
aktyoriing sistemali ravishda o'z ustida ishlashidan boshqa narsa emas, bu narsa keyin sanatning 
buyuk in'omi, deb ataladi. 
Har qanday ijodkorlik, buning ustiga pedagogik ijodkorlik quruq joyda, faqat hissiy 
reaksiyalar asosida boshlanishi mumkin emas. Tarbiya san'atida o'zinig pedagogik texnikasi, 
o'zining «bir qolipdagi» mehnat madaniyati borki, ularni bilib olish zarur. Pedagogik kadrlarni 
tayyorlash va ularning malakasini oshirishning butun sistemasi ana shu bilib olishga qaratalishi 
lozim. Biroq, hali hech kim oliy o'quv yurtida o'qib yoki o'qituvchilar malakasini oshirish 
kursini tamomlagandan keyin usta pedagog bo'lib qolmagan. Pedagog mehnat ustalari 
maktabda vujudga keladi, bolalar bilan muomalada tarbiyalanadi.
Xo'sh pedagogik mahorat nnma va u nimalardan tashkil topadi? Bu fahm-farosat va 
bilimlarning, chinakam ilmiy, tarbiyadagi qiyinchiliklarni engishga qodir bo'lgan nufuzli 
rahbarlikning, bolalar qalbining qandayligini his qilish mahorati, ichki dunyosi nozik va zaif 
bo'lgan bola shaxsiga mohirlik bilan avaylab yondashish, donolik va ijodiy dadillik, ilmiy tahlil, 
xayol va fantaziyaga bo'lgan qobiliyat mujassamdir. Pedagogik mahoratga pedagogik bilimlar, 
fahm-farosat bilan bir katorda pedagogik texnika sohasidagi malakalar ham kiradiki, ular 
tarbiyaga ozroq kuch sarflab ko'proq natijalarga erishish imkonini beradi. 
Pedagogik mahorat nazariyasi va metodikasining ishlab chiqilmaganligi shunga olib 
keladiki, pedagoglarning har biri o'zicha, paypaslab ijodiy izlanish olib boradi, ayni bir xil 
savollari: bolalar bilan, pedagoglar jamoasi bilan qanday qilib til topish mumkin? Qanday qilib 
qisqa muddat ichida bolalar o'rtasidagi munosabatlarniig haqqoniy manzarasiga erishmoq kerak? 
Bolalarni pedagogik talablarni bajarishga qanday qilib majbur etish kerak? Qanday qilib yaxshi 
pedagogik ruhiyatni saqlab qolish va o'z kuch-quvvatini oqilona sarflash mumkin? degan 
savollarni muttsil takrorlaydi va hokazo. 
Bu savollarga beriladigan javoblar har bir mohir pedagogning ishida zarur bo'lgan umumiy 
pedagogik malakalarni shakllantirish bilan bog’liq bo'lib, mazkur masalalrii xal qilish 
pedagogdan odatdan tashqari kuch-g’ayratni, kat'iyatni, tirishqoqlikni, tadqiqotlar olib borishga 
intilishni, yangi vaziyatga, yangi jamoga kirish qobiliyatini, samimiyatni, to'g’rilik va xalollikni 
tekshirib ko'rish masalasini, o'z topilmalarning qimmatini aniqlash qobiliyatini talab qiladi. 
Pedagogik fan bilan tarbiya san'atining uzviy aloqadorligi zarurki, u yuksak kasb 
mahoratini ta'minlaydi. Lekin ayrim pedagogik xaqiqatlarni eslab qolishning o'zi etarli emas, 
ularni ijodiy mushohada qilish, amalda tatbiq eta bilish zarur. 
A. S. Makarenko aytib o'tganidek, pedagogika eng dialektik, harakatchan murakkab va 
xilma xil fandir. Tarbiya iazariyasida tayyor andozalar yo'q, pedagogika hayotining barcha 
hodisalari uchun tayyor echimlarni taklif qilmaydi!- degan qoida siyqasi chiqqan qoida bo'lib 
qoldi. 
Biz pedagogik hodislniig eng umumiy, eng muhim, ya'ni doimo takrorlanib turadigan 
tomonlari bilan ish ko'rgan joyimizda aniq tavsiya bo'lishi mumkin. Odamlar bilan ish ko'rgan 
joyimizda, chamasi katiy belgilangan tavsiyalar, «andozalar» bo'lmasligi ham mumkin. Biz ilmiy 
pedagogika nuqtai nazaridan mutlaqo aniq va qat'iy ayta olamizki, o’z-o’zini boshqarish, o'yin, 


ijtimoiy ta'sir ko'rsatish, ijodiy mehnat va hokazo vositalarsiz ota-ona ham, pedagog ham ish olib 
borolmayidi. Lekin ularning har birini alohida holda qo'llanishi bolalarning turli toifalari 
o'rtasida turlicha bo'lishi lozim. 
Pedagogik vositalarni tanlash ularning tarbiya maqsadlariga muvofiqligi bilan belgilanishi 
tushunarlidir. Maqsad o'ziga xos ichki yo'l-ko'rsatkich hisoblanadi, u butun ayrim pedagogning 
faoliyatini yo'naltirib turadi. 
Tarbiyaning maqsadlari, vositalari va natijalari o'rtasida, shuningdek, tarbiyalanuvchi va 
tarbiyachi tafakkuri, motivlari o'rtasida g’oyat murakkab bog’liqlik bor. Kattalarning maqsadlari 
bilan to'qnash kelib qoladi. Axir, bolaning ham o'z maqsadlari (xatto strategiya maqsadlari) bor. 
O'quvchining rivojlanish mantiqi, uning tafakkuri, harakatlari bitta nuqtai nazarda, 
tarbiyachining mantiqi boshqa nuqtai nazarda turishi mumkin. Bunday variantda hech qanday 
tarbiyaviy ta'sir ko'rsatish bo'lmaydi. O’qituvchi bilan mos kelsa, navbatdagi «to'siqlarni» engish 
uchun birgalikda vositalar qo'llansa, chinakam tarbiya jarayoni sodir bo'ladi. Bu jarayon 
kattalarni ham, bolalarni ham o'ziga jalb qiladi, ularga ham bularga ham quvonch bag’ishlaydi. 
Tarbiyachilar bilan tarbiyalanuvchilariing tevarak atrofdagi voqelikni va ayni vaqtda o'z-o'zlarini 
o'zgartirishga qaratilgan birgalikdagi faoliyati, kattalar bilan bolalar qarashlarining birligi, 
tarbiyalash san'ati asosida ana shular turadi. 
Pedagogik faoliyatda vositalar, maqsadlar va natijalarning nisbatini doimo tahlil qilib 
tashkil etadi, bir-biriga bog’liq bo'ladi va alohida tarzda amalga oshirilmaydi. Maqsadni amalga 
oshirish usuli-bo'lajak natijadir. 
Natija yangi vositalarni tanlash, yangi maqsadlarni qo'yish uchun amaliy asos hisoblanadi. 
Tajribada ma'lum darajada qo'llaiilgan har qanday vosita iatija beradi, xatto biror sababga ko'ra 
ifodalanmagan bo'lsa ham natija beraveradi. Lekin maqsadi aniq ifodalangan» pedagogik 
vositagina samaralidir. Uquvchiga tarbiyaviy ta'sir ko'rsatishning har bir aniq holatiga, umuman 
tarbiyada biz nimaga erishmoqchiligimizni aniq bilib olmasak, samarali pedagogik vositalarni 
tanlash muvaffaqiyatli bo'lshini tasavvur qilish qiyin. 
Tajribada mavjud bo'lgan haddan tashqari ko'p pedagogik vositalarni sanab chiqish bizning 
vazifamizga kirmaydi. Shu munosabat bilan faqat ikkita mulohaza bilan kifoyalanamiz. 
Birinchi mulohaza: har qanday pedagogik vosita hamisha bir qator boshqa vositalar, 
usullar, shartlar bilan bog’liq bo'ladi. Ular pedagogik jarayonning muayyan bosqichda tya'sir 
ko'rsatish iatijasini belgilab beradi. Masalan, rag’batlantirish bir jarayonlarni tezlashtirish va 
boshqarishga to'sqinlik qilishi, turli salbiy va ijobiy hissiyotlarning turli-tuman ko'rinishlarini 
vujudga keltirishi mumkin. Bazan bu xol pedagogik bir metodning boshqalariga ta'sirini 
muvozanatlash zarurligiga olib keladi, 
Ikkinchi mulohaza: ayrim vositalarni qo’llash pedagogni ular ta'sirini, mumkin 
bo'lgan o'zgarishini anglash qobiliyatlariga butunlay bog’liq bo'ladi. Jamoa muomala sharoitida 
vositalarni qo'llash minut sayin o'zgarib turadigan vaziyatni hisobga olish zarurligini taqozo 
qiladi. 
Xozircha biz ko'proq mavhum kategoriyalardan foydalanamiz. Amaliy faoliyatda esa 
vositalar, maqsadlar va iatijalar dialektikasi ovozlar shovqini, g’oyat turli-tuman ehtiyojlar va 
da'volarning avj olishi bilan to'la bo'ladiki bu barcha jonli manzara doimo bir kishining-pedagog 
tarbiyachining diqqat markazida bo'lishi lozim. 
Xo'sh, uning mahorati nimalarda ifodalanishi mumkin? Avvalo shoshilinch tahlil qilishda 
va tezda ishga kirishishda ifodalanishi mumkin. Agar bu shoshilinch taxlil noaniq bo'lsa, 
vositalar ham albatta noto'g’ri tanlanadi, unda olingan natijani, o'zgartirish uchun yangi vositani 
izlash talab qilinadi. Qo'llaniladigan vosita va ma'naviyat pedagog amal qiladigan qadriyatlar 
sistemasi o’rtasida bevosita bog’liqlik bor. Pedagog vositalarga tor amaliyotchilik nuqtai 
nazaridan prinsipsizlarcha yondashuv (ulardan foydalanishni bilgan taqdirda) tezda ayrim muhim 
natijalarga to'liq tartibda, tashkiliy aniqlikka erishish va o'ziga xos xususiyatlardan bexabar 
qolish bularni pedagogik mahoratining namoyon bo'lishi deb qabul qilish mumkin. Chinakam 
mahorat esa o'qituvchiga ushbu qoidani yuklaydi: barcha vositalar biror kishini hayron qoldirish, 


pedagogning shaxsidan fahrlanish uchun emas, balki tarbiyaning juda murakkab va ulkan 
vazifalarini bajarish uchun foydalaniladi. 
V.A.Suxomlinskiy yozuvchi G. Medinskiyga yozgan xatlaridan birida bunday deb yozgan 
edi: «Msn insonga qatiy talabchan bo'lish, takomillashtirish va o'z-o'zini takomillashtirishning 
qatiy qoidalari tarafdoriman. Talabchanlik saxiylikning, insonparvarlikning ikkinchi tomonidir». 
Ishonch va talabchanlik dialektikasi Suxomlinskiyning ijodiy merosida eng mayda tomonlari 
bilai ochib beriladi: u masalan, farqni birinchi o'ringa nimani-yaxshiliknimi yo qatiyliknimi 
qo'yishda, dsb biladi. U o'z asarlarida bunday yozgan edi: «Men Makarenkodan keyin uning 
mashhur talabchanlik bilan birga qo'yilgan hurmat-ehtirom formulasini ataylab takrorlamadim. 
Juda ko'p pedagoglar «talabchanlik» bilan birga qo'shilgan hurmat-ehtirom formulasini 
talabchanlik asosi deb hisoblaydilar. 
Pedagogik texnikani egallashning asosiy yo'llari o'qituvchi rahbarligidagi mashg’ulotlar 
(pedagogik texnikani o'rganish) va mustaqil ishlash (kasbiy jihatdan o'z-o'zini tarbiyalash)dir. 
Pedagogik texnika malakalarining individual tusda ekanligini hisobga olib, pedagogik texnikani 
egallashda va uni takomillashtirishda kasbiy jihatdan o'z-o'zini tarbiyalash, ya'ni talabaning 
o'zida mohir o'qituvchi shaxsiy fazilatlarini va kasbiy malakalarini shakllantirishga qaratilgan 
faoliyat etakchi rol o'ynaydi deb aytish mumkii. Kasbiy ideal siri bu harakatda ham pedagik 
texnikani egallash muhim rol o'ynamog’i lozim. Tashkiliy-metodik jihatdan pedagogik texnika 
mashg’ulotlari individual, gruppaviy yoki ketma-ketlikda o'tkazilishi mumkin. 
Masalan, zarur bilimlar leksiyalarda yoki tegishli adabiyotni (xususan, mazkur qo'llanmani) 
mustaqil o'qishda egallanishi mumkin. Avtomatlashtirishga doir ayrim oddiy harakatlar (to'g’ri 
artikulyasiya, fonasion nafas olish usulari, relaksasiya usullari va shu kabilar) ketma-ket 
ko'rsatilishi mumkin. Tegishli ko'nikmalarni ishlab chiqish individual ishlashni dastlab 
o'qituvchilarning nazorati va rahbarligida, keyin esa mustaqil ishlashni talab qiladi. 
Pedagogik texnika malakalarini shakllantirishda jamoaviy ish olib borish alohida rol 
o'ynaydi. Pedagogik texnika mashg’ulotlarining bu shaklini ancha batafsilroq ochib berish 
maqsadga muvofiqdir, chunki u hozirga qadar o'qituvchilar uchun mo'ljallangan o'quv va 
metodik adabiyotda lozim darajada ko'rsatib berilmagan. Xuddi shunday ishda pedagog oldida 
o'zini boshqa kishilar ko'zi bilai ko'rish, xulq-atvor va muomalaning yangi shakllarini izlash va 
sinab ko'rish o'zining odamlar bilan barcha qiladigan ishi xususiyatlarini anglash va kasbi 
faoliyatining individual uslubini ongli ravishda shakllantirish imkoniyati paydo bo'ladi. Gruppa 
shaxsining o'z-o'zini bilim va o'z-o'zini tarbiyalash laboratoriyasi, pedagogik vazifalarni hal 
qilishning yangi usullari tekshirib ko'riladigan, nazariy masalalar muhokama qilinadigan tajriba 
maydoni bo'lib qolishi mumkin. 
Psixologlarning pedagogik texnikani guruh bo'lib o'rgatish tajriba ishida bunday 
guruhlarniig eng qulay miqdori 10-14 kishidan iborat bo'lishi belgilab berilgan. 
Qatnashchilarning xuddi shunday miqdori ulardan har biriga boshqa kishilar bilan birga 
ishlashning individual psixoxlogik muammolarining empatiya darajasini jiddiy oshirish, 
pedagogik fahm-farosatni rivojlantirish, boshqalarga ta'sir etish vositalarini kengaytirish 
imkonini beradi. 
Shu narsa muhimki, guruh qatnashchilari, bo'lajak pedagoglar kasbiy jihatdan birga ishlash 
malakalarini egallashga faol intilishlari, o'z-o'zini tarbiyalash bo’yicha chuqur ish olib borishga 
psixologik jihatdan tayyor bo'lishlari kerak. Barcha hollarda ham individual, ham guruhiy 
mashg’ulotlar boshlanishidan oldin pedagogik texnikani egallashning individual dasturi tuzib 
chiqilishi lozim. Bunday dasturni tuzish uchun avvalo pedagogik texnika malakalari 
shakllanishining boshlang’ich darajasini aniqlab olish zarur. Biroq, tajribaning ko'rsatishicha, 
odatda, mazkur bosqichda faqat malakalar haqidagina emas, shu bilan birga dastlab 
avtomatlashtirilgan (ta'limni boshlash vaqtiga kelib) ko'nikmalar haqida ham gap borishi 
mumkin emas. 

Yüklə 1,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin