Darslik- maxsus ravishda o‘quvchilar uchun yozilgan kitob darslik deb ataladi.
Idrok- mazkur muddatda sezgi organlarida ularning bevosita ta’sir etishi davomidagi bir butun
xodisalar yoki narsalarning inson ongida aks
Qiziqish - shaxs harakatiga sabab bo‘ladigan faoliyat yo‘nalishining ongli shakli.
Pedagogik jarayon – ta’lim masalalari, uning taraqqiyotini hal qilishga qaratilgan, maxsus
tashkil etilgan pedagog va talabalarning maqsadli o‘zaro munosabatlari
. Pedagogik malaka – muayyan toifadagi vazifalarni hal qilish imkoniyatiga ega bo‘lgan
mutaxassisning kasbiy pedagogik tayyorgarligi darajasi va turi.
Pedagogik texnologiya – 1) oldindan loyihalashtirilgan pedagogik jarayonni amaliyotga rejali
va bir maromda tatbiq etish yoki pedagogik masalani yechishga qaratilgan pedagogning o’z
luksiz o‘zaro bog‘langan harakatlari tizimidir; 2) ta’lim-tarbiya metodlarini u yoki bu to‘plamini
qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lgan pedagogning o’z luksiz, o‘zaro shartlangan harakatlari tizimidir;
3)ta’lim shakllarini optimallashtirishga qaratilgan, texnika hamda inson omillari, uning o‘zaro
hamkorligi asosida o‘qitish jarayoni va bilimlarni egallash, yaratish, qo‘llash hamda
belgilashning tizimli metodidir.
Pedagogik faoliyat – ta’lim maqsadlarini amalga oshirishga qaratilgan ijtimoiy faoliyatning
alohida turi
Pedagogikaning nazariy vazifasi - ilg‘or va yangi pedagogik tajribalarni o‘rganish.
Pedagogikaning texnologik vazifasi - diagnostik satx - pedagogik xodisalar holatini aniqlash;
bashorat qilish satxi - pedagogik faoliyatni eksnerimental tadqiq qilish va shu asosda pedagogik
voqelikni yaratish modellarini o‘rnatish; loyixa satxi- pedagogik faoliyatning nazariy
konsepsiyasi, uning mazmuni va xarakteri asosida ularga muvofiq metodik materiallar (o‘quv
reja, dastur, darslik va o‘quv ko‘planmasi, pedagogik tavsiyanomalar) ishlab chiqish;