O`zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti pedagogika fakulteti



Yüklə 1,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/98
tarix24.11.2023
ölçüsü1,11 Mb.
#133661
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   98
Qarshi davlat universiteti pedagogika fakulteti

Xisrav Dehlaviy 
O'qituvchi ovozining gigienasi ustida bir necha so'z aytamiz. Mutaxassislarning o'tkazgan 
maxsus ilmiy-tadqiqot ishlari shuni ko'rsatadiki, doimo nutq bilan bog'liq bo'lgan kasb egalari 
orasida tovush organlarining kasallanishi juda ko'pdir. O'qituvchilar orasida bunday 
kasallanganlar 40,2% tashkil etadi. 
Ovoz buzilishining sabablari xilma-xildir. Asosan to'rttasi juda ko'p uchraydi: 
-har kuni ovozga beriladigan ortiqcha harakat, nagruzka
-ovozdan to'g'ri foydalanmaslik; 
-ovoz gigienasiga amal qilmaslik; 
-ovoz organlari kuchining tug'ma pastligi. 
Professional kasallikning oldini oldish uchun tovush gigienasi bilan shug'ullanish va 
maktabda ba'zi shartlarga rioya qilish kerak. O'qituvchi har kuni ishdan so'ng 2-3 soatga uzoq 
gapirishdan o'zini tiyishi kerak. Shuning bilan bir qatorda o'qituvchilar nafas olish yo'li, nerv 
sistemasi, ovqatlanish tartibiga ham e'tibor berishi kerak. Juda ham sovuq yoki issiq, achchiq, 
spirtli ichimliklarni iste'mol qilish: chekish og'iz bo'shlig'i va tovush organlariga salbiy ta'sir 
etadi. 
Og'iz bo'shlig'i va tovush organlarining zararlanishi oldini olish uchun osh sodasi va yodni 
aralashtirib hosil bo'lgan suyuqlik bilan og'izni vaqti-vaqti bilan chayqab turish kerak. 
Shu borada yana bir necha maslahat: 
- bir ohangdagi nutq ovoz berish apparatlarini tez charchatadi, chunki bu vaqtda tovush 
organlaridan faqat bir guruh muskullar ishlaydi. Nutq, qancha ifodali bo'lsa, ovoz shuncha 
sog'lom bo'ladi: 
- bo'rning har kuni changini yutish zararli, shuning uchun doska artadigan mato nam 
bo'lishi kerak; 
- Darsdan so'ng o'qituvchi sovuq havoda tez yurishi mumkin emas, chunki sovuq havo 
nafas olish va tovush organlariga salbiy ta'sir ko'rsatadi. 
O'qituvchi ovozi ravon, jirangdor, aniq va o'ziga jalb etadigan bo'lishi kerak. O'quv 
materialining qiyin joylarini o'qituvchi ovozini sekinlatgan holda tushuntirib, qolgan vaqtda 
tezroq gapirishi mumkin. 
Ayniqsa mavzu asosida xulosa vaqtida, ya'ni qoida, qonun, aqidalarni ifodalashda ovoz 
tezligini kamaytirish kerak. 

Yüklə 1,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin