xizmat qildirish uchun muntazam e'tibor va sa'y-harakt lozim bo'ladi. Shu e'tibor susaydimi,
nutqning boyligi tushunchasining mohiyatiga putur etaveradi.
Tilimizdagi sodda va qo'shma gaplar, murakkablashgan gaplar, ularning xilma-xil qoliplari,
bu qoliplar asosida yaratilishi mumkin bo'lgan millionlab jumlalar
boy nutq tuzish uchun
imkoniyatdir.
Uslublar nuqtai nazaridan olib qaraladigan bo'lsa, nutqning boyligini ta'minlash uchun eng
qulay makon badiiy uslub ekanligi shubhasiz. So'zlashuv uslubiga oid nutqda leksik, semantik va
intonasion rang-baranglik notiqning mahoratiga ko'ra muntazam yuzaga chiqishi mumkin. Ilmiy
va rasmiy nutqda esa boylikka qaraganda mantiqiylik va qoliplashganlik ustuvorlik qiladi.
Aytish mumkinki, badiiy nutq o'z tabiati, mohiyati va maqsadiga uyg'un
holda boylikka
moyilligi bilan ajralib turadi. Qashshoq nutq esa hech qachon estetik ta'sir quvvatiga sohib bo'la
olmaydi, estetik quvvatsiz esa badiiy nutq o'zining bosh vazifasini bajarishi mushkul.
Dostları ilə paylaş: