•
jamoadagi psixologik holat;
•
ijodiy yondashuv;
•
insonparvarlik;
•
rag’batlantirish;
•
gigiena qoidalariga rioya qilish;
•
kunni to'g’ri tashkil etish.
4-yo’nalish. O'qituvchining o'z mehnatini ilmiy asosda tashkil etish uchun unda ma'lum
darajada pedagogik fazilatlar bo'lishi kerak:
•
kim bilan ishlayotganini aniq bilishi uchun ular hayoti haqida to'liq ma'lumotga ega
bo'lish;
•
o'z xohish va maqsadini aniq bilish;
•
o'z oldiga vazifa qo'ya olish;
•
kerakli mazmun, shakl, metodlarni tanlay olish;
•
har ishning holatini tahlil qila olish;
•
metodik qo'llanmalarni o'rganish va ularni to'play olish;
•
vaqtni to'g’ri taqsimlash.
Pedagogik mehnatni ilmiy tashkil etishda o'qituvchiniig kun tartibi va ish joyi muhim rol
o'ynaydi. O'qituvchi o'zi uchun eng optimal, yuqori unum beradigai kun tartibini topa olishi
kerak. Pedagogik mehnatni ilmiy tashkil etishga qo'yiladigan talablarni I. P. Radchenko, R.
Rasulova (Tashauzlik olima) tomonidan ishlab chiqilgan. Ularning tavsiyasiga ko'ra pedagogik
mehnatni ilmiy tashkil etishning muhim talablari bu:
•
asosiy ishlarni rejalashtirish, faolligini uyushtirish;
•
unda qatnashayotganlarning kuchini yagona maqsadga bo'ysundirish;
•
rag’batlantirish;
•
operativ nazoratni hisobga olish.
Ishni rejalashtirishdagi asosiy masala uyushtiriladigan barcha faoliyat turlarini unda
qatnashayotgan jamoa a'zolarini umumiy pedagogik maqsadga bo'ysundirishni ko'zda tutadi,
bunda yaqin, o'rta, uzoq maqsadlarni inobatga olish ko'zda tutiladi.
Shunday qilib, o'qituvchining kun tartibi uning faoliyati va hayotini tartibga soluvchi
asbobdir. U yo'q joyda mehnat unumi ham past bo'ladi, salomatlik yo'qolib boradi. Natijada
o'qituvchi sarf qilgan kuchini qayta tiklay olmaydi, ish qobiliyati yo'qoladi, oqibatda sifati
kasayadi, Demak, ilmiy asoslangan kun tartibi o'qituvchilarning o'z mehnatini almiy tashkil etish
vazifasini hal etishga qo'yilgan qadam bo'ladi. Pedagogik mehnatni ilmiy tashkil etish
shartlaridan yana biri ish o'rnini tartibga solish va mehnat sharoitini tashkil etishdir.
O'qituvchining ish joyi ish jarayonining bir qismi bo'lib, mehnat unumining yuqori bo'lishiga
ta'sir etadi. O'qituvchining ish joyi, xususiyati, pedagogik mehnatning mazmuni va xususiyati
bilan belgalanadi.
Mehnat sharoiti tushunchasi kompleks tushuncha. Mehnatni ilmiy tashkil etish tajribasida
mehnat sharoiti deganda insonning mehnat qilayotgan joyi, konkret vaziyat ko'zda tutiladi. Yana
unga psixofiziologik, ijtimoiy, psixologik va gigienik omillar ham ta'sir etadi.
Pedagogik mehnatning samarasi, maqsadi va faoliyat vazifasiga ko'ra bilishda va aniqlay
olishdadir. Shundagina ishni ilmiy tashkil etish mumkin bo'ladi. Bu o'qituvchi mehnatini ilmiy
tashkil etishning
Dostları ilə paylaş: