Yuz ifodasi
Yuz ifodasi inson va, ayniqsa, uning xissiyotlari haqida ma‘lumot beruvchi muhim
manba hisoblanadi. Aynan suhbatdoshning yuz mimikalari uning emotsional fikrini ifodalash
uchun xizmat qiladi va kommunikatsiya jarayonini regulyatsiya qilish vositasi vazifasini
bajaradi. Bundan tashqari, yuzdagi ta‘sirchanlik o‗quvchi uchun nafaqat o‗qituvchi
hissiyotlari haqida bevosita ma‘lumot beradi, balki ularning ustidagi nazoratni saqlab qolish
qobiliyatini ham namoyon qiladi.
10
Ba‘zi yuz ifodasi ta‘sirchanligiga oid ma‘lumotlarda to‗xtalamiz. Yaxshi, ijobiy
stimul hosil qiluvchi tabassum tez-tez qo‗llanadigan yuz mimikasining asosi hisoblanadi.
―Tabassum, odat bo‗yicha, do‗stlik, o‗rtoqlikni ifodalaydi. Lekin noqulay vaziyatdagi cheksiz
tabassum, odatda ma‘qullashni ko‗tishni ifodalaydi... noqulay vaziyatdagi cho‗zilgan
tabassum kechirim va notinchlik holatini anglatadi... Qoshlar ko‗tarilgan holdagi tabassum
bo‗yso‗nishga tayyorlikni, qoshlar tushirilgan holdagi tabassum esa hayratlanishni
ifodalaydi.‖(Yevsikova N.I.)
Chimirilgan qoshlar o‗z-o‗zidan norozilikni ifodalaydi, lekin agar o‗qituvchi (yoki
tinglovchi) qoshlarni kamdan-kam holatda qimirlatsa, bu bilan u o‗z tinglovchisiga uning
nutqiga diqqatini to‗liq qaratmaganligini ifodalaydi. Jag‗larning qattiq qisib turilgani
qat‘iyatlilik va ishonchdan guvoh beradi, shu bilan birga agressiv kayfiyatni ham ifodalaydi.
Qo‗rquv, hayrat yoki ajablanish tinglovchining og‗izni ochishiga majbur qilishi mumkin,
go‗yoki ushbu tuyg‗udan ichda joy qolmayotganday.
Bular yuz ifodasiga oid suhbatdosh va tinglovchi o‗rtasidagi aloqa munosabatga doir
bir nechta misollar xolos. O‗qituvchi o‗zining va o‗quvchilarning bunday mimik reaksiyalarni
kuzatishi, ulardagi ma‘nolarning yashirin refleksiyasi terapevtik kommunikatsiya jarayonini
albatta boyitishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |