Ohang, temp (sur’at) va ovoz balandligi
Ovoz – subyektiv xissiyot va ma‘nolar to‗liq diapazonini ifodalovchi muhim vosita
hisoblanadi. Ohang va temp insonning emotsional holati haqida to‗liq ma‘lumot berishi
mumkin. Odatda nutqning tezligi so‗zlovchi hayajonlanganda yoki xavotrlanganda oshadi.
Suhbatdoshini o‗zining fikriga ishontirmoqchi bo‗lganlar ham juda tez gapiradi. Sekin ohang
esa jabrlangan, kattaxillik yoki xoriganlik haqida guvohlik beradi.
Alohida so‗zlarni baland ohangda talaffuz qilish tuyg‗ular kuchining indikatorini
ifodalaydi. U yoki bu ibora (jumla, fraza) intonatsiya (ohang)ga qarab turli ma‘nolarni
ifodalashi mumkin. Ko‗p hollarda insonlar so‗zga emas, aynan intonatsiyaga qarab
ta‘sirlanadilar. O‗qituvchining qanday ohangda gapirishi o‗quvchining uni qabul qilishida
juda katta ahamitga ega. Shuning o‗qituvchi o‗z nutqi diapozonini kengaytirib borishi zarur.
O‗quvchilarga juda baland ovozda gapirish kerak emas. Bo‗g‗iq, past ovozda gapirish
tinglovchida ishonch hissini oshirishda katta ahamiyatga ega bo‗ladi.
Ovozni namoyon qilishning yana bir turi – bu kulgu. Kulgu yumshoq, samimiy va
yasama jaranglashi mumkin. Kulgu va yumor birgalikda katta konsultativ amaliyotda ijobiy
11
Лабунская.В.А. Экспрессия человека: общение и межличностное познание. ―Феникс‖. Ростов-на-Дону.1999.
40
potensialga ega va uning meyori – kamligi yaxshi atmosferaning, ko‗pligi esa ba‘zida
ortiqchalik qiladi. Eng muhimi, suhbatdosh sizning hazillaringizni uning ustidan
kulayotgandek qabul qilmasligi lozim, shuning uchun nishonda suhbatdosh turgan bo‗lsa,
hazillardan juda ehtiyotkorona foydalanish zarur.
|