2. Muammoning o„rganilganlik darajasi.
Nutqiy kommunikatsiya bilan ta‘minlangan sistema (tizim) – inson tili yoki lisonni
tilshunoslik o‗rganadi. Tilshunoslikka oid darsliklardan nutqiy kommunikatsiya
muammolariga doir nazariyalarni o‗rganish tavsiya etiladi. Ikkita ―mumtoz‖ darslik mavjud
deb hisoblanadi: A.A.Reformatskiy va Y.S.Maslov darsliklari. Xususiy tilshunoslikdan
tashqari nutqiy muloqot yondosh fanlarda: ijtimoiy lingvistika, psixolingvistika va
psixologiyaning o‗zida ham o‗rganiladi. YE.V.Klyuyev shunday yozadi: ―... kommunikativ
akt yo‗naltirilgan strategik natija‖. G.G.Pochepsovning kitobida siyosiy rahbarlarning
kommunikativ xulqi analiz qilinadi. T.A. van Deyk fikrni bayon etishda paralingvistik
faoliyatni alohida ko‗rsatadi va unga deyktik hamda turli imo-ishoralar, yuz tuzilishi,
gavdaning harakati, ishtirokchilarning jismoniy harakatini alohida ajratib ko‗rsatadi. Bulardan
tashqari Yevsikova N.I., Stanislavskiy K.S. Knapp M.L., Katsnelson S. Kabi rus va G‗arb
olimlari verbal va noverbal muloqot haqidagi ilmiy asosli fikrlarni ifoda etuvchi tadqiqot
ishlari olib borishgan. O‗zbek tilshunosligida Ne‘matov H, Qilichev E., Bozorov O., Toirova
G., Safarov Sh., Muminov S. kabi olimlar nutqiy muloqot haqida o‗z ilmiy qarashlarini
bayon etganlar.
Dostları ilə paylaş: |