O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi qo`qon davlat pedagoglka instituti milliy hunarmanchilik va amaliy san`at fakulteti


Umum ta`lim maktablarining tasviriy san`at darslariga o`quvchilarning manzara janrida rasm chizishga o`rgatish



Yüklə 1,39 Mb.
səhifə3/6
tarix10.06.2022
ölçüsü1,39 Mb.
#116818
1   2   3   4   5   6
kurs ishi2

Umum ta`lim maktablarining tasviriy san`at darslariga o`quvchilarning manzara janrida rasm chizishga o`rgatish.

Manzara janrida togʻ u dengizlar tasvirlanadi. Manzara, peyzaj — tasviriy sanʼ-soyaning tabiat koʻrinishini aks ettiradigan janri va shu janrda yaratilgan sanʼat asari. manzarada shahar koʻrinishi yoki meʼmoriy majmualar (meʼmoriy manzara), dengiz koʻrinishlari (marina) va h.k. ham tasvirlanadi. Atrof muhitni tasvirlayotgan rassom unda oʻzi va zamondoshlarining tabi-atga munosabatlarini ifoda etadi, shu jihatdan yaratilayotgan asar his-tuygʻu va gʻoyaviy mazmunga ega boʻlib, muhim ahamiyat kasb etadi. Inson tomonidan atrof dunyoni maʼnaviy (qisman amaliy) oʻzlashtirishning turli tomon va darajalarini aks ettirgan manzara oʻzida katta maʼno tashiydi. Tabiat tasvirlari tabiat, uning qonuniyatlari haqidagi tasavvurlar (olam gumbazi, oy, quyosh, yulduzlar, dunyo mamlakatlarining shartli belgilari) yuzaga kelgan payt (neolit)dan oʻz ifodasini topgan. Qad. Sharq madaniyatida tabi-atni yaxlit holda koʻproq aniq xususi-yatlarga ega boʻla boshlagan hodisalar muhiti degan tasavvur shakllangan. Miloddan avvalgi 16—15-asrlar Qad. Sharq(Bobil, Ossuriya, Misr) devoriy rasmlari va boʻrtma tasvirlaridagi jang , ov va boshqa lavhalarda manzaraning ayrim boʻlaklari mavjud. Misr devoriy rasmlari va boʻrtma tasvir (relyef)larida ilk bor bezaklar ritmi orqali hayvonot, oʻsimlik va tabiiy hodisalarning ishonarli taʼsirchan birligiga erishilgan. Yunon sanʼatida, odatda, manzara tarkibiy qismlarini inson tasviridan ajratib boʻlmaydi. Yevropa oʻrta asrlar sanʼatida manzara (ayniqsa, shahar va alohida bino koʻrinishlarida), odatda, voqea sodir boʻlayotgan joyning fazoviy qurilishini anikdash vositasi sifatida xizmat qilgan. Musulmon Sharqi mamlakatlarida 13—14-asrlardan kitob miniatyuralarida manzaraga koʻproq oʻrin berilgan: yashnab turuvchi sof boʻyogʻi va gilamday tekis sathli kom-pozitsiyasi, sehrli bogʻ tasavvurini yaratuvchi tabiati, har bir boʻlak joʻshqin koʻtarinkiligi bilan diqqatga sazovor. Hindiston (ayniqsa, Boburiylar davri miniatyura maktabi asarlarida), Hindixitoy, Indoneziya (afsonaviy va epik mavzudagi relyeflaridagi tropik oʻrmonlar obrazi) oʻrta asrlar sanʼatida landshaft detallari, ayniqsa, joʻshqin qudratga ega. Manzara mustaqil janr sifatida Xitoyning oʻrta asrlar tasviriy sanʼatida oʻta muhim oʻrin tutadi. Manzaraga tabiatnint doimo yangilanib turuvchi olam qonunining koʻrgazmali umumlashmasi sifatida qaralgan (bu "togʻlar — suvlar" manzara turida oʻz ifodasini topgan). Yaponiya sanʼati (12—13-asrlar)da manzara bezak sanʼatida bezakdagi eng muhim ohanglarni alohida ajratib olishga moyilligi bilan diqqatga sazovor. Gʻarbiy Yevropa sanʼatida manzaraga asar ruhiy olamining muhim qismi sifatida qaralgan. Shartli zamin (tilla yoki naqshli) manzara bilan almasha borgan (italyan Jotto, A. Lorensetti, 13—14-asrlar; niderland aka-ukalar X. va Ya. Van Eyk, 15-asr 1-yarmi va boshqalar). Uygʻonish davri rassomlari chizgi va etyudlarida olam haqidagi ratsional qonunlarga amal qilib, manzaraga real voqealar muhiti sifatida qaraganlar (italyan Leonardo da Vinchi, J. Bellini, Titsian; nemis A. Dyurer, M. Nithardt va boshqalar), ayni shu davrda manzaraning alohida janr sifatida shakllanishiga (avvalo grafikada) zamin yaratildi.
19-asr rus manzara janrida romantik anʼanalar yetakchi rol oʻynagan boʻlsa (F. Matveyev, M. Vorobyev, I. Ayvazovskiy), 19-asr 2-yarmida peredvijniklar harakati bilan bogʻliq realistik manzara janri gurkirab oʻsdi (I. Shishkin, A. Savrasov, I. Levitan va boshqalar).
20-asrda Yevropa va Amerikada texnika olamini tabiatga qarshi qoʻyuvchi industrial manzara keng tarqaldi. Realistik manzara ham jadal rivojlandi, unda goʻzal tabiat oʻziday tabiiyligicha tasvirlanadi.
Oʻrta Osiyo, jumladan, Oʻzbekiston xududida oʻrta asrlar sanʼatida musulmon Sharqi mamlakatlarida boʻlgani kabi naqsh — bezak asosiy oʻrinni egallagan. Girih, islimiy naqshlarda uslublashtirilgan oʻsimlik boʻlaklari koʻp ishlatilgan. Oʻrta Osiyoda shakllangan miniatyura maktablari vakillari qoʻlyozma kitoblarga ishlagan rayem va bezaklar boʻyoqlarining uygʻunligi, zamin sifatida manzara va meʼmorlikka eʼti-borning kuchliligi bilan diqqatga sazovor. Oʻrta Sharq sanʼati, jumladan, Hirot, Oʻrta Osiyo miniatyura sanʼatida manzara yuksak darajada namoyon boʻlgan. Ayniqsa, Kamoliddin Behzodning moʻʼjaz asarlarida manzara, tabiat koʻrinishi mahorat bilan ishlangan. Uning davomchilari Mahmud Muzahhib, Abdulla Musavvir, Muhammad Murod Samarqandiy, Muhammad Nodir Samarqandiy va boshqa ijodida ham manzara koʻrinishlari muhim oʻrin egallaydi.(4-ilovalar)
Tasviriy san’atda kompozitsiiyaning dolzarb muammolaridan biri rangtasvirda manzara janri hisoblanadi. Aslida, biror bir musavvir topilmasa kerak, o’z ona yerini tabiatining go’zalligiga befarq qoladigan. Shu bois rassomlar o’zi yashayotgan tabiatini go’zal bir bo’lagini tasvirlashda bor e’tiroslarini yetkazishga va tasviriy vositalar yordamida o’z munosabatlarini bildiradilar. Manzara mavzusida ijod qilgan ko’plab klassik rassomlar: I.Levitan, S.Shedrin, I.Shishkin va boshqa rus manzarasini beqiyos go’zalligini o’z polotnolari uchun mavzu qilib tanlagan edilar. Ular yozgan kartinalar sirasiga kiruvchi I.Levitanning "Oltin kuz", I.Shishkin "Quyosh yoritilgan qarag’aylar", "Uzoq o’rmonlar", F.Vasilev "Qarg’alar uchib keldi", V.Polenov "Moskva hovlisi " asarlari tahsinga loyiq. Chunki ular asarlari orqali tabiatning turli xildagi kayfiyatini ochib berishda ustalarcha mahorat ko’rsatishgan.
XX asrga kelib O’zbekistonda rangtasvir kompozitsiyalari shakllandi. Natijada ona yurtimizda manzara janrining shakllanishi va shu sohada ulkan o’zgarishlar yuzaga keldi. Ular orasida "Sharq Levitani" nomi bilan mashhur bo’lgan O’rol Tansiqboyev yurtimiz tabiatining beqiyos go’zalligini birinchi bor tasvirlay oldi. "O’zbekistonda mart", "Qayroqum GES tongi", "Issiq ko’l oqshomi" asarlarida O’zbekistonning takrorlanmas tabiati go’zalligini ko’rsata oldi. N.Karahan "Oltin kuz", R.Timirov "Samarqand", P.Benkov "Karvon saroy", "Ho’ja Zayniddin masjidi", "Labi hovuz", A.Mirzayev "Bahmal", Z.Inogomovning "Choyga" kabi asarlari O’zbekiston rangtasvir sahnasidan yuqori pog’onalarini egalladi.
Ular yaratgan kartinalarda O’zbekiston tabiatining rang- barangligi o’zgacha chiroy, shuningdek takrorlanmasligi har qanday kishini befarq qoldirmaydi. Ayniqsa tog’li vohalar o’z aksini topishi, bahorda o’ta nozik chiroy bilan to’shalgan qir-adirlar, bog’lar, insonga faqat go’zallikni ko’rib, kuzatib qolmay, balki qaysi yurtda yashayotganligini eslatib qo’yadi va estetik zavq bag’ishlaydi. San’at asosida badiiy timsollar orqali tevarak atrofdagi hayotda yuz berayotgan narsalarni haqqoniy tasvirlash kabilar yotadi. San’at o’z vositalari yordamida dunyoni tan olish, insonda ma’naviy sifatlarni shakllantirish ongini, sezgilarni dunyoqarashi kabilarni kengaytirish bilan chegaralanmay shuningdek qobiliyat, iqtidor kabi sifatlarni uyg’otadi. San’at mehnat faoliyatiga ijobiy ta’sir ko’rsatib kelgusi ish faoliyatiga yangi estetik xususiyatlarni targ’ib topishga xizmat kiladi.
Aslida tasviriy san’atning rangtasvir yo’nalishi bilan shug’ullanadiganlar tez orada fanga yaqinlashadi va bog’lanib qoladi. Rassom ham olimlar kabi hayotda yuz berayotgan hodisalarga befarq bo’lmay, uning asl mag’zini chaqishga har qanday tasodifiy voqealarni to’liq anglashga ular bilan o’ta qiziqqon holda, hodisaning o’tkinchi yoki o’zgacha xususiyatlari bilan tanishadilar, rangtasvir boshqa fanlardan o’z xususiyatlari bilan farq qiladi. Fan ma’lum bir sohaning muammolarini ilmiy asoslab bersa, san’at tevarak atrofdagi voqealarni badiiy timsollar yordamida tushuntirishga ko’maklashadi. Hayotda yuz berayotgan o’zgarishlar shahsiy xususiyatlarni shakl va ranglar orqali anglashga undaydi. Bu borada rangtasvir hayotning salbiy va ijobiy ko’rinishlarini muhokama qilib ular ustidan "yaxshi yoki yomon" degan xulosa bilan hukm chiqaradi, shuningdek ularga qarshi kurashadi. Ilgari surilgan maqsadli g’oya esa, go’zallikga intilish eng yuqori va aniq haqiqatga erishish bilan bir qatorda insonning orzu istaklari mujassamlashgan ezgu niyatlarini yuzaga chiqarib kabi mardlik jasorat sifatlarini shakllantirishda poydevor sifatida zamin yaratadi. Hozirgi paytda mamlakatimizda san’atga nisbatan insoniy munosabatlarga qarashlar shakllanib borayapti, ayniqsa yosh avlodga tarbiya berish jarayoni estetik tarbiya hususiyalarini qamrab olganligi bilan muhim ahamiyat kasb etayapti.
Rus rassomi Aleksandr Ivanov(1806-1858) o’zining «Isoni xalq olidiga kelishi» asari ustida Italiyada 25 yildan ortiq ish olib boradi. Asarni ta’sirli chiqishi uchun u tipajlardan tashqari juda ko’plab ochiq havoda etyudlar ishlaydi. Bu etyudlar tabiatni diqqat bilan kuzatish natijasida joyning aniqligi, nam havoning janub quyoshi nurlari bilan eritilganligi, qirg’oqdagi toshlarning suv xavzasidagi aksi va suv ostidagi toshlarning shakllari ranglar jilosida aks ettirilgan. XIX asr 2-yarmi rus rangtasviri qator yetuk manzarachi rassomlarni yetishtirib berdi. Dastlabki davrda sayyor rassomlar faoliyati ijodiga bog’liq bo’lgan manzarachilar xalqqa xos bo’lgan manzara kayfiyat his-tuyg’uli manzara obrazlarini yaratishdi. Ular orasida avvalambor A.K.Sovrasov (1830-1879) nomi tilga olinishi kerak. Uning sayyor rassomlarining 1871 yilgi birinchi ko’rgazmasida namoyish etilgan «Qarg’alar uchib keldi» asari yangi toifadagi rus klassik manzarasi bo’ldi. Asarning yangiligi – ko’zga tashlanmaydigan cheka qishloqni tasviridir. Qishloq tabiati qish qahatchiliklarini boshidan kechirgan, ammo hali bahor iliqligi bilan qamralmagan. Yosh qayinlar ustiga in qura boshlagan qarg’alar bahor darakchilaridir. Manzara xuddi hikoyadagidek sezilmas voqealardan tashkil topgani kabi, ko’l osti erib suv aylana boshlaganligi, qirmizi ranga to’layotgan tol-novdalar, cherkov hovlisidan ko’tarilayotgan yengil tut va hokazolar tirik tabiatning jonlalanishining hosilasidir. Agar Savrasov rus lirik asoschisi va Erkin vakili bo’lsa I.Shishkin (1832-1898) manzarada o’zining so’zi bilan aytganda «Bepoyonlik, kenglik, o’tloqzor, bug’doyzor rus boyligi»ni, ya’ni bir mavzuni musavviridir. Uning «Jovdar» asari eng harakterli bo’lib naturaga asoslangandir. Savrasov va lirik yo’nalishida ijod qilganlar tabiatni mavjudligi tirik, har kunga hayot tarzida ifodalashgan bo’lishsa, Shishkindan bu tipiklik tabiat – kuch, qudrat va shuhratdan iboratdir.(5-ilova)
Manzara janrining ko‘rinishlaridan biri bu intеryеr hisoblanadi. U binolarning ichki qism ko‘rinishlarini ifodalaydi. Bu janr qadimgi Misr, Xitoy rassomchiligida uchraydi. Ular o‘z ishlarida aql bovar qilmaydigan darajada aniqlik bilan pеrspеktiva qonunlari asosida intеryеrni tasvirlay olganlar.
Bu janrda ijod qilgan Jotto, A.Vеrrokko, Lеonardo do Vinchi, Rеmbrantlar shuxrat qozonganlar.
Manzara janrining ikkinchi bir ko‘rinishi bu marina janridir. Unda asosan dеngiz ko‘rinishlari va undagi hodisalar tasvirlanadi. Marina janrini shakllanishida I.Ayvazovskiyning xizmatlari katta bo‘lgan. U o‘zining umrini faqat dеngiz ko‘rinishlarini tasvirlashga bag‘ishladi. Uning “To‘qqizinchi val”, “Chеsmеn jangi”, “Qora dеngiz”, “To‘lqinlar orasida” kabi asarlari jahon tasviriy san’atida munosib o‘rinni egalladi.
Manzara janri ko‘proq rangtasvirda, qisman grafika va haykaltaroshlikda qo‘llaniladi. Haykaltaroshlikda manzara asosan uning rеlyеf turida ishlatiladi. Haykaltaroshlikda manzara ko‘rinishlari asosiy emas, to‘ldiruvchi, qo‘shimcha ahamiyat kasb etadi.
Kompozitsiya so‘zi lotinchadan kompositio - yani prеdmеtlarini bo‘laklarini solishtirib, ma’lum tartibda yaxlit joylashtirish, g‘oyaga muvofiq ijod qilish, bayon qilish, kompozitsiya tuzish dеmakdir.
Kompozitsiya, san’atning hamma turlarini nеgizida mavjud: adabiyot, tеatr-kino, musiqa, tasviriy va amaliy san’at, arxitеktura va hokazo.
Kompozitsiya o‘quv prеdmеt sifatida, qalamtasvir, rangtasvirdan kеyin paydo bo‘ldi va hozirda kompozitsiya kursi oliy ta’lim kasb-hunarlari o‘quv rеjalariga kiritilgan.
Pеdagogika univеrsitеtlarining badiiy-grafika fakultеtlarida kompozitsiya fani o‘quvchilarni ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish bilan birga kompozitsiya qonun, qoidalarini, xaqiqatni to‘g‘ri shaklda ifodalash usullarini o‘rgatadi.
Tasviriy san’atda kompozitsiya qalamtasvir, soya-yorug‘, rang, xavo va chiziq pеrspеktivasi kabi tasviriy vositalar bilan yaratiladi.
Kompozitsiya kursi o‘quvchilarni mustaqil ijodiy va pеdagogik faoliyatida obrazli fikr yurgazishida katta ahamiyatga egadir.
Qalamtasvir va rang tasvirda rassom bеvosita kompozitsiya asoslariga murojaat qiladi, uning qonun-qoidalarini bilmay turib kompozitsiya, qalam tasvir, rang tasvir moxiyatini tushunib еtmaydi.
Birinchilar tabiatni ko’ngilga yaqinroq tasvirlashsa, Shishkin tabiatni parad «Portretlar»ni yaratadi. Shishkin o’z manzaralarida hech qachon tabiat burchaklarini tasvirlamaydi, balkim, kengqamrovli manzaraga murojaat qiladi. Uning asarlarida aniq rasm va yorig’lik soya rangtasvir ustidan, umumiy ta’surot esa ma’lum kayfiyat ustidan ustivorlik qiladi. Mana shu printsiplarga izchil amal qilgan musavvir asarlarida manzarada nimaiki Boqiy, o’zgarmas bo’lsa – ya’ni, o’zgaruvchan terakni emas, uzoq yashaydigan igna barglarni, o’zgaruvchan bahor va kuzni emas, balkim, uzoq davom etadigan yozni, juda kamdan-kam tong yoki o’zgarishlar ham uni mutlaqo qiziqtirmaydi. XIX asr oxiri rus manzara janrida ijod qilgan yirik musavvir I.I.Levitan(1860-1900) edi. Uni ijodi XIX asrning 80-90-yillarida kamol topadi va impressionizmga yaqin plener egallashda yangi qadam qo’yadi. Barcha lirik manzarachilar kabi Levitan ham tabiatdagi o’zgaruvchan holatlarni tasvirlashni xush ko’radi. Uning «Mart», «Oltin kuz» kabi asarlari bu yo’nalish taraqqiyotining yuksak bosqichlaridir. Ikala manzara ham qo’shimcha ko’k sariq-jigar ranglar o’zaro nisbatlariga qurilgan. Bir holda hali ranglar quvvatiga to’lmagan yengil shaffof bahor ranglari, ikkinchi holda nozik parishonlik kayfiyatidagi to’q rangdor kuz tabiatini tasvirlashda aniq olingan ranglar nisbati barchani bugun ham hammani hayratga solib kelmoqda. Musavvirlarning «Vladimirka» asari barcha tasvir vositalarini ma’lum kayfiyat uyg’onishiga qaratilganligini erkin misolidir, manzaraning dastlabki eskizi yorug’ kumushsimon gamada ishlangan ma’lum bir tasviridan iborat edi. Vladimir yo’li bu Sibirga surgun yo’li ekanligi manzaraga nafaqat nom beradi, balkim, kartinani umumiy ko’rinishini ham o’zgartirib mutlaqo boshqacha kayfiyat uyg’otadi.





  1. Yüklə 1,39 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin