153
boʻlgan vodorod ionlarining miqdorini kamayishi hisobiga, sistemaning elektr
oʻtkazuvchanligi pasayib ketadi. Ammo, ishqorning keyingi safar yana
qoʻshilganligi sababli va vodorod ionlarining toʻliq almashinishi hisobiga zolning
elektr oʻtkazuvchanligi yana ortadi. Egri chiziqning minimumiga toʻgʻri keluvchi
ishqorning miqdoriga qarab, zoldagi bogʻ hosil qilgan vodorod ionlarining soni
haqida xulosa chiqarish mumkin.
Bariy xlorid eritmasi bilan titrlashdagi 2-egri chiziqning maksimumga ega
emasligini, shuningdek, toʻgʻri chiziqli hamda egri chiziqli ikkita qismdan
iboratligini koʻrish mumkin. Demak,
eritmasi bilan titrlangan sistemada suv
hosil boʻlmaydi va shu sababli elektr oʻtkazuvchanlik kamaymaydi. Bunda dastlab
sistemadagi elektr oʻtkazuvchanlik, qoʻshilgan elektrolit miqdoriga nisbatan ham
yuqori boʻladi va ma‘lum vaqtdan keyin egri chiziqning oʻsish jarayoni toʻgʻri
chiziq koʻrinishida davom etadi. Bu holat sistemadagi
ionlarining
ionlari
bilan toʻliq almashinishidan dalolat beradi va shuning hisobiga elektr
oʻtkazuvchanlik oʻsishdan toʻxtab bir me‘yorga keladi. Buni egri chiziqning toʻgʻri
chiziq koʻrinishiga kelishi bilan izohlash mumkin.
Xulosa qilish mumkinki, bariy xloridning konsentratsiyasini oshirilishi egri
chiziqning toʻgʻri chiziq koʻrinishida oʻsishda davom etishini ta‘minlaydi, xolos.
Demak, yuqori adsorbsion potensialli bariy xlorid bilan titrlash natijasida
mitsellaning adsorbsion qavatidagi
ionlarini mitselladan toʻliq chiqarib olinish
imkoni boʻladi.
Agar titrlash davomida qarshi ionlarni mitselladan toʻliq chiqarish mumkin
boʻlsa, demak diffuzion yoki adsorbsion qavatdagi qarshi ion faqat fizikaviy
kuchlar ta‘sirida harakatlanayotgan boʻladi. Chunki ionlar kimyoviy bogʻ tabiatiga
koʻra mitselladagi adsorbsion yoki diffuzion qavatlarda mavjud boʻlsa, ularni
chiqarib olish juda qiyin yoki umuman mumkin boʻlmaydi.
Dostları ilə paylaş: