VI BOB. SIRT-FAOL MODDALAR. MIKROGETEROGEN SISTEMALAR.
17-§. SIRT-FAOL MODDALAR.
17.1-§. Sirt-faol moddalar va ularning turlari.
Sirt-faol moddalarning umumiy xarakteristikasi.
Suyuqlik sirtida
boʻladigan adsorbsiyalar musbat va manfiy adsorbsiyalarga boʻlinadi. Masalan,
suvga organik kislota yoki spirt (aldegid, keton, murakkab efir, oqsil va hokazolar)
aralashtirilsa, bu moddalar suvning sirt qavatida koʻp yigʻilib qolib, suvning sirt
tarangligini ancha kamaytiradi. Bu hodisa
musbat adsorbsiya
deyiladi.
Lekin, shunday moddalar borki, ular suv sirtiga tushib qolsa, suvning sirt
tarangligini oshirib yuboradi, bular qatoriga osh tuzi va boshqa elektrolitlar kiradi.
Bu yerda boʻladigan hodisa
manfiy adsorbsiya
deyiladi. Suyuqlikning sirt
tarangligini kamaytiruvchi moddalar
sirt-faol moddalar
, suyuqlikning sirt
tarangligini koʻpaytiruvchi moddalar esa
sirt-nofaol moddalar
deb ataladi. Sirt-faol
moddalarning sirt tarangligi qiymati suyuqlikning sirt tarangligi qiymatidan kichik
boʻladi.
Sirt-faol va sirt-nofaol moddalardan tashqari shunday moddalar ham borki,
ular suyuqlikka qoʻshilsa suyuqlikning sirt tarangligi oʻzgarmaydi. Bunday
moddalar
sirt befarq moddalar
deyiladi. Bular qatoriga disaxarid va polisaxaridlar
kiradi.
Keng ma‘noda qaraganda barcha organik moddalarni ham sirt-faol moddalar
jumlasiga kiritishga toʻgʻri keladi, chunki har qanday organik moddani olmaylik,
uning sirt tarangligi suvning sirt tarangligidan kichik, u suvga nisbatan sirt-faollik
koʻrsatadi. Lekin qattiq jismlarning sirt tarangligi suyuqliknikidan ancha katta,
demak suv qattiq moddaga nisbatan sirt-faollik namoyon qilishi kerak. Bundan
180
koʻramizki, fazalar chegarasining xarakteriga qarab, suv ba‘zan sirt-nofaol, ba‘zan
sirt-faol modda boʻlishi mumkin.
Umuman olganda, eritmalarning sirt tarangligini kamaytiruvchi mоddalar sirt-
faol mоddalar (SFM) deb nоm оldi. Avval ta‘kidlaganimizdek Gibbs taklif qilgan
tenglamada:
dC
d
RT
С
G
dagi «
dC
d
» ni Rebinder
―sirt-faollik‖
deb atagan edi. Bu tenglamadagi G-
moddaning sirtdagi konsentratsiyasi uning hajmiy konsentratsiyasidan qancha ortiq
ekanligini koʻrsatadi va u
―ortiqcha miqdor‖
yoki
―Gibbs adsorbsiyasi‖
deyiladi,
C - moddaning hajmiy konsentratsiyasi.
Sirt-faollik
dC
d
ni biz grafik usuli bilan aniqlashimiz mumkin. Buning uchun
grafik chizib absissalar oʻqiga konsentratsiya ―C‖ ni, ordinatalar oʻqiga sirt
taranglik ―
―ning qiymatlarini qoʻyib, (
- C) bogʻliqlik diagrammasi tuziladi.
-
C chizigʻiga izotermaning boshlanishidan urinma oʻtkazilib uni ordinata chizigʻi
bilan kesishguncha davom ettiriladi. Kesishgan joydagi urinma bilan ordinatalar
chizigʻining orasidagi burchakning tangensi olinadi.
tg
dC
d
G
Bu yerda, G - sirt faollik. Manfiy
boʻlgan moddalar uchun G-musbat
qiymatga ega boʻladi. Agar
musbat boʻlsa, modda sirt-nofaol hisoblanadi
(90-rasm).
|