225
22-§.
YUQОRI MОLЕKULYAR BIRIKMАLАRNING ERITMALARI.
22.1-§.
Pоlimer eritmalarining umumiy xarakteristikasi.
Polimerlarning erish qobiliyati.
Yuqori molekulyar birikmalar yoki
polimerlar eritmalari
, deb shunday eritmalarga aytiladiki ular makroskopik
jihatdan bir, ikki va koʻp komponentli termodinamik
muvozanatdagi sistema
boʻlib, tarkibida bir va undan ortiq yuqori molekulyar birikma va past molekulali
erituvchi yoki erituvchilar aralashmasidan tashkil topgan boʻladi. Hozirgi zamon
texnologik jarayonlari polimerlar eritmalarini olish va ulardan foydalanishga
asoslangan.
Yuqori molekulyar birikmalar eritmasining hozirgi zamon nazariyasida amorf
polimerlarning erish jarayonini
(quyi) molekulyar
suyuqliklarning oʻzaro
aralashish jarayoni
kabi deb qaraladi. Quyi molekulyar ikki suyuqlikning
aralashish jarayoni va polimerning erishi orasidagi oʻxshashlik bir-biriga yaqin,
lekin chiziqsimon polimer quyi molekulyar moddalarning erishiga nisbatan,
erishdan avval boʻkadi.
Demak, yuqori molekulyar birikmalarning quyi
molekulyar suyuqliklarni
oʻziga yutish (yoki singdirish) jarayoni natijasida polimerlarning hajmiy oʻzgarish
hodisasiga
boʻkish
deyiladi. Yuqori molekulyar birikmalar sirtidagi gʻovak
boʻshliqlar va naychalarning suyuqlik bilan toʻlishi va makromolekulaning
harakatchan qismlarining suyuqlik molekulalari bilan oʻzaro ta‘siri natijasida ham
sirtqi molekulyar va ichki molekulyar qismlarida boʻkish kuzatiladi. Chunki,
yuqori molekulyar birikmalar quyi molekulyar suyuqliklar bilan toʻqnashganda
suyuqlik (erituvchi) molekulalari polimer makromolekulasiga nisbatan koʻproq
harakatchan boʻlganligidan ularning makromolekulalari orasiga diffuziyalanish
roʻy berib, polimer boʻkadi. Erituvchining diffuziyalanayotgan molekulalari bilan
polimer makromolekulasining oʻzaro (kimyoviy) ta‘siri
solvatlanish
deyiladi. Eri-
tuvchi molekulalarining diffuziyalanishi polimerning tuzilishiga bogʻliq: agar
polimer amorf boʻlsa, egiluvchan-qayishqoq makromolekula qismlarining issiqlik
harakati natijasida ularning tuzilishida boʻshliq paydo boʻladi,
natijada
suyuqlikning yutilishi ortadi. Bunda erituvchi molekulalari boʻshliqlarni toʻldirib,
polimer molekulasining boʻgʻinlarini bir-biridan ajrata boshlaydi. Bu hol
226
makromolekulalarning bir-biridan uzoqlashishiga, yangi-yangi boʻshliqlar hosil
boʻlishiga olib keladi (118-rasm).
Hosil boʻlgan boʻshliqlarni yana erituvchi molekulalari toʻldiradi. Natijada
polimerning hajmi kattalashadi. Bu jarayon polimer
molekulalari bir-biridan
ajralguncha, ya‘ni eritmaga toʻliq oʻtguncha asta-sekinlik bilan rivojlanib boradi.
Shunday qilib polimerning cheksiz ravishda boʻkishi uning erituvchida erishini
ifodalaydi. Boʻkishning oʻzi esa erishdan oldin sodir boʻladigan jarayon boʻlib,
erishning kinetik samarasidir.
Dostları ilə paylaş: