Oʻzbekistоn respublikasi оliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi r. I. Ismailov, R. M. Davlatov, M. B. Mamatqulova


-jadval  Turli yuqori molekulyar birikmalarning himoyaviy ta’siri



Yüklə 5,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə150/187
tarix15.12.2023
ölçüsü5,25 Mb.
#140892
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   187
O zbekistоn respublikasi оliy va o rta maxsus ta’lim vazirligi r

26-jadval 
Turli yuqori molekulyar birikmalarning himoyaviy ta’siri 
Yuqori molekulyar birikma 
Oltin soni, mg
Rubin soni, mg 
Temir soni, mg 
Jelatina
0,008 
2,50 
5,0 
Natriy kazeinat 
0,01 
0,40 
- - -
Gemoglobin 
0,25 
0,80 
- - -
Tuxum albumini 
2,50 
2,00 
15,00 
Крахмал 
25,0 
20,00 
20,00 
Turli yuqori molekulyar birikmalarning oltin, rubin va temir sonlari quyidagi 
26-jadvalda berilgan. Turli yuqori molekulyar birikmalarning himoyaviy ta‘siri 
turlichadir. 
Jadvaldan koʻrinadiki, jelatina va natriy kazeinat eng katta, kraxmal esa eng 
kichik himoyaviy ta‘sirga ega. Zigmondi nazariyasiga koʻra himoyaviy ta‘sir 
mexanizmi gidrofob zol zarrachalari bilan yuqori molekulyar birikmalarning 
zarrachalari oʻrtasida yuz beradigan oʻzaro adsorbsiya jarayoni bilan tushuntiriladi 
(120-rasm). 


230 
120-rasm. Yuqori molekulyar birikmalarning himoyaviy ta’siri. 
 
Kattaroq oʻlchamdagi gidrofob zol zarrachasi oʻz sirtida kichikroq oʻlchamli 
yuqori molekulyar birikmalarning makromolekulasini solvat (gidrat) qavati bilan 
birgalikda adsorbsiyalab, liofil (gidrofil) xossasiga ega boʻlib qoladi. Natijada 
gidrofob zol zarrachalari oʻzaro birikish, ya‘ni agregatlar hosil qilish xossasini 
yoʻqotadi. 
Kolloidlarning himoyaviy ta‘siri inson va hayvon organizmida sodir 
boʻladigan qator fiziologik jarayonlarda muhim rol oʻynaydi. Masalan, qonda 
oqsillar va boshqa birikmalarning himoyaviy ta‘siri kamayishi natijasida buyrakda, 
jigarda va organizmning boshqa a‘zolarida toshlar hosil boʻlishi mumkin. 
Polimer eritmalarining qovushqoqligi. 
Qovushqoqlik yuqori molekulyar 
birikmalar eritmalarining xarakterli xossasi hisoblanadi. Undan foydalanib polimer 
va unda boʻladigan barcha oʻzgarishlar haqida boshlangʻich ma‘lumotlar olish 
mumkin. 
Qovushqoqlikni aniqlashning bir necha usullari mavjud. Ammo, bu usullar
polimer eritmalari juda yuqori qovushqoqlikka ega ekanligiga koʻra, ma‘lum 
qiyinchiliklar bilan amalga oshiriladi. Jumladan, qovushqoqlikni kapillyar 
viskozimetrlar bilan aniqlashning keng tarqalgan usuli faqat suyultirilgan 
(konsentratsiyasi 1- 3% dan ortiq boʻlmagan) eritmalar uchun qoʻllaniladi. 
Yuqori konsentratsiyali eritmalarning qovushqoqligini oʻlchash uchun odatda 
sharchali viskozimetrlardan foydalaniladi. Polimer eritmalarining qovushqoqligi 
quyidagi oʻziga xos xususiyatlarga ega: 


231 

Polimer eritmalarining qovushqoqligi odatda quyi molekulyar birikmalar 
eritmalarining qovushqoqligidan bir qancha marotaba yuqori boʻladi. 

Polimerlarning suyultirilgan eritmalarigina Nyuton va Puayzel qonunlariga 
boʻysunadi, ya‘ni ularning qovushqoqligi bosimga bogʻliq boʻlmaydi. 

Yuqori molekulyar birikmalar eritmalarining qovushqoqligi konsentratsiya 
ortishi bilan ortib boradi. 
Nima uchun polimer eritmalari shunchalik katta qovushqoqlikka egaligini 
quyidagicha tushuntirish mumkin. Eritma qovushqoqligining barcha xususiyatlari 
makromolekulaning zanjirsimon tuzilishi va ularning katta oʻlchamli boʻlishiga 
bogʻliq. Tarkibida yirik zarracha yoki katta oʻlchamli molekula boʻlgan eritmalar 
qovushqoqligiga polimerning uzun zanjirli molekulalarining suyuqlikning oqishiga 
qarshilik 
koʻrsatishini 
(suyuqlik 
molekulasining 
makromolekula 
zanjiri 
egiluvchanligi ta‘siridan oʻz harakatini sekinlashtirishiga majbur boʻlishini) sabab 
qilib koʻrsatish mumkin.
Ya‘ni, suyuqlikning oqishiga polimer zarrachalarining 
qarshilik koʻrsatish qobiliyati qobiliyati ekanligini gidrodinamik jihatdan oson 
tushuntirish. 
Polimer eritmalarining qovushqoqligini kapillyar asboblar yordamida 
aniqlash
Puayzel tenglamasi
ga asoslangan boʻlib, u qovushqoqlikni kapillyardan 
oʻtuvchi suyuqlik tezligi bilan bogʻliqligini ifodalaydi: 
,
8
4


l
P
r
T
Q


bundan 
l
Q
t
P
r
8
4




bunda, 
Р 
— suyuqlikka ta‘sir qiluvchi gidrostatik bosim, 
Q
— kapillyardan 
Т 
vaqt 
orasida oqib oʻtgan suyuqlik miqdori, 
r —
kapillyar radiusi, 
l
— kapillyar uzunligi,
 
η — 
sistemaning absolyut qovushqoqligi. 
Demak,
Р
boʻladi, bunda Δ
h
— suyuqlik ustunining balandligi, 
ρ
— suyuqlikning zichligi. Agar, viskozimetr uchun oʻzgarmas qiymat
l
Q
t
P
r
K
8
4



boʻlsa, u holda
l
Q
t
P
r
8
4






232 
tenglamani quyidagicha yozish mumkin boʻladi: 
η = 
K
ρ 
t
Eritma 
qovushqoqligining 
erituvchi 
qovushqoqligiga 
nisbati 
nisbiy 
qovushqoqlik
deyiladi. Boʻkkan polimerlarning qovushqoqligini aniqlash mumkin 
emas va boʻkkan polimerlarda plastik oqim oʻlchanadi. Plastiklik Xepler 
viskozimetri kabi asboblarda aniqlanadi (121-rasm). 

Yüklə 5,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin