Oʻzbekistоn respublikasi оliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi r. I. Ismailov, R. M. Davlatov, M. B. Mamatqulova


-rasm. Sinerezis hodisasi sxemasi



Yüklə 5,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə159/187
tarix15.12.2023
ölçüsü5,25 Mb.
#140892
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   187
O zbekistоn respublikasi оliy va o rta maxsus ta’lim vazirligi r

132-rasm. Sinerezis hodisasi sxemasi. 
Sinerezis hоdisasi sanоat mоllari va оziq-оvqat mahsulоtlari ishlab-chiqarish 
texnоlоgiyasida koʻp uchraydi. Sinerezis hоdisasining kelib chiqish sababi 
shundaki, zarrachalarning oʻzarо tоrtishish kuchi gelda toʻrsimоn struktura hоsil 
boʻlgandan keyin ham ta‘sir etaveradi. 
Sinerezis 
hоdisasini 
mukammal 
tekshirgan 
S.Lipatоvning 
fikricha, 
jelatinalanish (ivish) va sinerezis jarayonlari bir xil jarayonlar boʻlib, ular 
kоllоidlarning "eskirish" hоdisasida ayrim-ayrim bоsqichlardir. Agar dispers 
fazasining zarrachalari asimmetrik tuzilishga ega boʻlgan gellar oʻzgarmas 
temperaturada saqlansa, ularning qоvushqоqligi oʻz-oʻzidan оrtadi. Zоllarning vaqt 
oʻtishi bilan oʻz-oʻzicha oʻzgarishi 
zоlning "eskirishi"
deb ataladi. Eskirish 
jarayoni faqat zоllardagina emas, gellarda ham yuz beradi. Gel eskirganda uning 
tiksоtrоpik xоssasi yoʻqоla bоshlaydi. 
24.2-§. Polimerlarning osmotik bosimi. Koatservatsiya va tuzlanish.
Polimerlarning osmotik bosimi. 
Yarimoʻtkazgich parda (membrana)dan 
erituvchining eritmaga oʻtish hodisasi 
osmos 
deyiladi. Membrana erituvchi 
molekulalarini oʻtkazib, erigan modda molekulalarini, xususan polimerlarning 
katta molekulalarini oʻtkazmaydi. Faraz qilaylik AC hajmda toza erituvchi, AB 
hajmda esa ayni erituvchida qandaydir komponent eritmasi boʻlsin. Erituvchi va 
eritma faqat erituvchi oʻta oladigan toʻsiq bilan ajratilgan (133-rasm).


246 
133-rasm. Osmotik va tashqi bosimlar orasidagi muvozanat sxemasi. 
Agar tashqi bosim ikkala porshenga bir xil kuchda berilsa, erituvchi 
molekulalari AC hajmdan AB hajmga oʻtadi va B porshen koʻtariladi. Agar B 
porshenga bosimni erituvchining eritmaga oʻtishga intilishini kompensatsiya 
qiladigan darajada oshirsak, sistemada dinamik muvozanat qaror topadi. 
Muvozanat qaror topgandagi gidrostatik bosim osmotik bosimga ekvivalent 
boʻladi. 
Vant-Goffning klassik qonuniga muvofiq suyultirilgan ideal eritmaning 
osmotik bosimi quyidagi tenglama bilan ifodalanadi: 
M
CRT


Bunda, π — osmotik bosim

— konsentratsiya; 
M — 
erigan moddaning 
molekulyar massasi; 
R
— universal gaz doimiyligi; 
T — 
absolyut temperatura. 
Shunday qilib π—(osmotik bosim) eritmaning umumiy xarakteristikasi boʻlib, 
faqat zarrachalar soniga bogʻliq, erigan modda va erituvchining tuzilishiga bogʻliq 
emas. 
Toza erituvchiga boʻlgan tashqi bosimni 
0
P
va eritmaga boʻlgan bosimni 
P
bilan belgilaylik. Muvozanat vaqtida ortiqcha bosim 
0
P
P

osmotik bosim 

ga 
teng boʻladi, ya‘ni:

0
P
P



Polimer eritmalari uchun Vant-Goff qonunini bu koʻrinishda qoʻllash 
birmuncha noaniqliklarga olib kelishi mumkin. Chunki, birinchidan, yuqori 
molekulyar birikmalar eritmalari uchun osmotik bosim Vant-Goff tenglamasi 
boʻyicha hisob qilinganidan koʻra birmuncha yuqori boʻladi. Bu hol polimer 
makromolekulasining qayishqoqligi tufayli eritmada oʻzini qisqa molekula kabi 


247 
tutishi, ya‘ni kinetik birlik rolini yaxlit molekula emas, balki uning segmenti 
oʻynashi bilan tushuntiriladi. Ikkinchidan, konsentratsiyaning ortishi bilan 
eritmaning osmotik bosimi toʻgʻri chiziq boʻylab koʻtarilmaydi. 134- rasmda quyi 
molekulyar (1-egri chiziq) va yuqori molekulyar (2-egri chiziq) birikmalar 
eritmalari konsentratsiyasining ortishi bilan osmotik bosimning oʻzgarishi 
koʻrsatilgan. 

Yüklə 5,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin