263
Fik qonuni
Eritmaning katta konsentratsiyali qismidan kichik konsentratsiyali
qismiga ma‘lum vaqtda oʻtadigan modda miqdorini aniqlaydi.
Broun harakati
Sistemada kolloid zarrachalarning oʻz-oʻzicha tartibsiz va
toʻxtovsiz harakatda boʻlishi.
Sedimentatsiya
Zarrachalarning oʻz ogʻirlik kuchlari ta‘sirida choʻkmaga tushishi.
Zarrachalarning
siljishi
Ma‘lum vaqt ichida zarrachaning bosib oʻtgan yoʻli.
Osmotik bosim
Kolloid eritmalardagi osmotik bosim hajm birligidagi molekulalar
va ionlar soniga bogʻliqligi.
Kolloid eritmaning
rangi
Yorugʻlik (nur) tushganda eritma rangining oʻzgarishi
Yorugʻlik
intensivligi
Tushayotgan nurning kuchi
Faradey - Tindal
effekti
Kolloid eritmaga yorugʻlik nuri tushirilsa va biror burchak orqali
qaralsa, konus shaklidagi yorugʻlikning koʻrinishi.
Reley qonuni
Kolloid eritmaga tushayotgan nurning toʻlqin uzunligi bilan kolloid
zarrachalarning soni va hajmi oʻrtasidagi bogʻliqlikni ifodalaydi.
Nefelometriya
Kolloid eritmaning ogʻirlik konsentratsiyasini, zarrachaning
hajmini aniqlash usuli
Ultramikroskopiya
Kolloid zarrachalarning oʻlchamini aniqlash usuli
Elektron mikroskop
Kolloid zarrachalarning ichki strukturasi va jarayonlar vaqtida
oʻzgarishini aniqlashga imkon beradi.
Rentgenografiya va
elektronografiya
Zarrachalarning ichki tuzilishi, dispers faza sirtini oʻrganishga
asoslangan
Dostları ilə paylaş: