3
ANNOTATSIYA
―Kolloid kimyo‖ nomli ushbu oʻquv qoʻllanma oliy oʻquv yurtlarining kimyo taʻlim yoʻnalishi
boʻyicha tahsil olayotgan talabalarga moʻljallangan va ―Kolloid kimyo‖ fanidagi yangiliklar va
oxirgi vaqtda qoʻlga kiritilgan yutuqlarni inobatga olgan holda yozilgan. Hozirgi kimyoviy sanoat
rivojlanayotgan davrda kolloid kimyo - aniq bir yangi mahsulot olish va uning texnologiyasini
yaratishda, kimyo sanoatida, shuningdek, qishloq xoʻjaligida, oziq-ovqat texnologiyasida zarur
boʻlgan mahsulotlar olish, ularni tahlil qilishda katta ahamiyatga egadir. Ushbu qoʻllanmaning asosiy
vazifasi fanning zamonaviy holatini chuqur tushunish, talabalarda fikrlash qobiliyatini rivojlantirish
va ular olgan nazariy bilimlarni amaliyotga tadbiq qilish koʻnikmalarini hosil qilishdan iboratdir.
Amaldagi namunaviy dastur asosida tuzilgan ushbu oʻquv qoʻllanma zamonaviy talablarga
javob berishini hamda talabalarning fanni muvaffaqiyatli oʻzlashtirishi uchun uslubiy jihatdan toʻgʻri
yondoshilganligini va shular asnosida, texnolog xodimlarning ham ―Kolloid kimyo‖ fanidan nazariy
bilimlarini yuksalishida muhimligini ta‘kidlash oʻrinli hisoblanadi. Oʻquv qoʻllanma Oʻzbekiston
Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus ta‘lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan namunaviy dastur asosida
tayyorlangan boʻlib, kimyo, shuningdek, oziq-ovqat texnologiyasi (mahsulot turlari boʻyicha) va
biotexnologiya (oziq-ovqat, kimyo va qishloq xoʻjaligi) yoʻnalishi talabalari foydalanishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: