Oʻzbekistоn respublikasi оliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi r. I. Ismailov, R. M. Davlatov, M. B. Mamatqulova


-§. KOLLOID SISTEMALARNING OLINISH USULLARI



Yüklə 5,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/187
tarix15.12.2023
ölçüsü5,25 Mb.
#140892
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   187
O zbekistоn respublikasi оliy va o rta maxsus ta’lim vazirligi r

3-§. KOLLOID SISTEMALARNING OLINISH USULLARI. 
3.1-§. Kolloid sistemalarni olishning dispergatsiya usullari. 
Dispersion usul.
Kolloid eritmalar oʻzining geterogenligi bilan chin 
eritmadan farq qiladi. Chunki, kolloid zarrachalar oʻlchami erituvchi molekulasiga 
nisbatan sezilarli darajada katta oʻlchamga ega boʻlib, buning natijasida ular 
orasida ajralish sirti hosil boʻladi. 
Kolloid dispers sistema 
dispers muhit
va 
dispers faza
dan tarkib topgan 
mikrogeterogen sistemadan iborat. Kolloid dispers sistema quyidagi sharoitlarda 
hosil boʻladi: 

kolloid zarrachalarning oʻlchamiga tarqaladigan moddalar zarrachalarining 
oʻlchami yaqin boʻlishi, ya‘ni dispers faza zarrachalari kоllоid disperslikka 
erishishi kerak; 


35 

ajralish sathida, kolloid zarrachalarni hosil qilgan ionli qavat va gidrat parda 
stabilizatorlar yordamida saqlanishi kerak; stabilizatorlar kolloid zarrachalar 
sathida yutilib, u yerda elektr zaryadi hosil qiladi. Elektr zaryadi 
zarrachalarning oʻzaro yaqinlashib, bir-biriga qoʻshilishiga yoʻl qoʻymaydi, 
barqarorlik yaratadi. Bir soʻz bilan aytganda, dispers faza zarrachalari hоsil 
boʻladigan sistemada, uchinchi kоmpоnent-stabilizatоr mavjud boʻlishi kerak; 

dispers faza dispers muhitda yomon eruvchanlikka ega boʻlishi kerak. Demak, 
kolloid zarrachalar elektr zaryadli, gidrat pardali va turgʻun boʻlishi, ya‘ni 
dispers faza mоddasi dispers muhitda erimasligi kerak. 
Ana shunday zarrachalardan tashkil topgan kolloid eritmalar oʻzaro qarama-
qarshi ikki usul bilan olinadi (16-rasm):

dispersion usul
, bunda kolloid eritmalar yirik zarrachalarni maydalash yoʻli 
bilan hosil qilinadi;

kondensatsion usul
, bunda ion yoki molekulalar oʻzaro birlashib, kolloid 
zarrachalar hosil qiladi. 

Yüklə 5,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin