36
boʻyoq, oltingugurt, grafit, kvars va boshqa moddalarning kolloid eritmalari
tayyorlanadi.
17-rasm. Kolloid tegirmon.
Kolloid eritmasi tayyorlanadigan modda avval maydalanadi, suyuqlik
(dispersion muhit) va stabilizator bilan aralashtiriladi, soʻngra u yoʻlak (c) orqali
tegirmonga solinadi (17-rasm, a). Suyuqlik va uning ichidagi qattiq jism oʻqiga
oʻrnatilgan kurakcha (b) yordami bilan tez yurishtiriladi (kurakcha minutiga
10000-15000 marta aylanadi). Natijada suyuqlik va qattiq modda zarrachalari juda
tez harakatlanadi va harakatsiz jismlar (a) ga kelib urilib, maydalanadi. Tayyor
maydalangan mahsulot tegirmonning past qismidagi yoʻlak (d) orqali chiqariladi.
Sharli tegirmon (18-rasm) zich yopiladigan silindr idish boʻlib, uning ichiga
har xil oʻlchamli poʻlat yoki chinni sharchalar solingan boʻladi. Zarrachalar
oʻlchami 50-60 nm atrofida boʻladi. Ichiga modda solinib tez aylantirilganda,
modda sharchalar zarbidan maydalanadi.
Dostları ilə paylaş: