37
kukun qilib maydalanadi. Qoʻshimcha modda sifatida foydalaniladigan tuzlar
(
), ishqorlar (
), sovun
va ba‘zi sirt-faol moddalar dispergatsiya jarayonni osonlashtirish bilan birga,
olinayotgan kolloid sistemaning barqarorligini ta‘minlashda
stabilizator vazifasini
oʻtaydi.
Sharli tegirmon yordamida quruq holatda
solingan moddalarni
nm
oʻlchamli zarrachagacha, hoʻl holatdagi solingan moddalarni
nm oʻlchamli
zarrachagacha maydalash imkoni boʻladi. Kolloid tegirmonda esa solingan
moddalarni 100 nm yoki undan kichik oʻlchamli zarrachagacha maydalash
mumkin.
Qayd etish kerakki, kolloid tegirmonda solingan moddalarni maydalash
nisbatan tez amalga oshadi, ya‘ni kam vaqt talab qilinadi. Masalan,
kolloid
tegirmon yaratilgunga qadar grafitni maydalash sharli tegirmonda olib borilgan va
bu jarayon qariyb 15-20 sutkada bajarilgan. Kolloid tegirmon (17-rasm,b) da esa
ushbu jarayon uchun 15-20 minut talab qilinadi, xolos.
Akademik Rebinder ta‘limotiga koʻra, qattiq jismning kristallik panjarasida
nuqsonlar (zaif va darz ketgan joylar) mavjud boʻlib, mexanik kuch ta‘sirida
mikrotirqishlar hosil qiladi (19-rasm). Qoʻshimcha
moddalar esa dastlab jism
yuzasida yutilib, soʻngra uning mikrotirqishlariga kiradi. Natijada, qarama-qarshi
turgan adsorbsion qatlamlar orasida elektrostatik itarilish kuchi ta‘sirida
yoruvchi
effekt
hosil boʻlib, oqibatda ular
sirt energiyasini kamaytirib, qattiq jismning
yemirilishini osonlashtiradi.
bu yerda, F - sirtning erkin energiyasi,
- sirt taranglik koeffitsienti,
S –
fazalararo sirt kattaligining oʻzgarishi. Bu usulda asl metallarning zollari olinadi.