45
funksional guruhlar; ab – quyimolekulyar qoʻshimcha mahsulot.
Keltirilgan misoldagi hosil boʻladigan mahsulotda
va
guruhlar
boʻlmagani uchun yuqorimolekulyar birikma hosil boʻlmaydi, ammo har bir
dastlabki monomerlar ikkitadan kam boʻlmagan funksional guruhlarga ega boʻlsa,
kondensatsiya reaksiyasi davom etaveradi va har bir holatda reaksiya mahsulotida
foydalanilmagan funksional guruhlar mavjud boʻladi. Qayta-qayta kondensatlanish
yoki
polikondensatlanish
natijasida yuqori molekulyar birikma hosil boʻladi:
Nazariy jihatdan qaraganda polikondensatlanishda makromolekulalarning
oʻsishi monomerlarning barcha funksional guruhlari va reaksiya oraliq
mahsulotlarining hammasi reaksiyaga kirishib boʻlgach, yagona gigant
makromolekula hosil qilgandan soʻng toʻxtashi kerak edi. Amalda esa,
polikondensat bir-biridan polimerlanish darajasi bilan farqlanadigan (
molekulyar
polidispers
) juda koʻp makromolekulalardan iborat boʻladi. Bu ba‘zi qoʻshimcha
jarayonlar sodir boʻlishi hamda odatdagi polikondensatlanish qaytar reaksiya
ekanligi bilan izohlanadi. Bundan tashqari molekulyar massa ortishi bilan fazoviy
qiyinchiliklar ortib boradi. Shu sababli polikondensatlanish oxiriga etmay toʻxtashi
mumkin.
Dostları ilə paylaş: