50
tezligini oʻlchab modda zarrachasining massasini hisoblash mumkin. Polimer
eritmasidagi dispergatsiyalangan zarrachatar (makromolekulalar) massasi nisbatan
kichik boʻlgani uchun ularning sedimentatsiyalanishini ultrasentrifugadan
foydalanib juda kuchli markazdan qochma kuch ta‘sirida kuzatish mumkin.
Sentrifuga rotorining aylanish tezligi sekundiga 1000 martagacha yetadi. Bu esa
yerning tortish kuchidan 100 minglab marta katta. Molekulalarning markazdan
qochma kuch ta‘sirida choʻkishi aylanish oʻqiga perpendikulyar yoʻnalishda sodir
boʻladi.
27-rasm. Ultrasentrifugat asbobini prinsipial sxemasi:
1-aylanma oʻq, 2-rotor,3-kvars shishali kvyuetalar.
Zamonaviy ultrasentrifugalar yordami bilan faqat gidrofob kolloid
zarrachalarnigina emas, balki oqsil va boshqa yuqori molekulyar moddalarni ham
choʻkmaga tushirish mumkin boʻldi. Analitik ultrasentrifugalash usuli hozirgi
vaqtda polimerlar oʻrtacha vazniy molekulyar massasini aniqlashda keng miqyosda
qoʻllaniladi. Bu molekulyar massalar boʻyicha taqsimlanish egri chizigʻini bevosita
olishning birdan-bir usuli hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: