60
Bu silindr M manometrga birlashtiriladi va tayyorlangan asbob
osmometr
deb
ataladi. Agar S silindrga qandning quyuq eritmasi, Q stakanga toza suv solinsa,
quyidagicha hodisani kuzatish mumkin. Qand zarrachalari yarim oʻtkazgich
pardadan oʻta olmaydi, suv zarrachalari esa S silindrga kirib eritmani suyultiradi.
Silindrda suyuqlik hajmi ortib, manometrning bir qismidagi simobni bosadi va
manometrning ikkinchi qismidagi simob koʻtarila boshlaydi. Bir oz vaqt oʻtgandan
keyin simob koʻtarilishi toʻxtaydi, chunki silindrga suv kirgan sari nay ichidagi
gidrostatik bosim ortib borib, nihoyat osmotik bosimga tenglashib qoladi.
Dostları ilə paylaş: