32 -rasm. Osmometrning sxemasi
Shunday qilib, manometr ichidagi simobning balandligi
ni oʻlchab
eritmaning osmotik bosimini aniqlash mumkin. Eritmalarning osmotik bosimi juda
katta qiymatga ega boʻla oladi, masalan, dengiz suvining osmotik bosimi 28
atmosferaga yaqin.
Agar kolloid zarrachalarning hajmi va massasi quyi molekulyar moddalar
molekulasining hajmi va massasidan birmuncha katta ekanligini hisobga olsak,
unda bir xil konsentratsiyali kolloid va chin eritmaning ma‘lum bir hajmida asl
zarrachalar soni chin eritma zarrachalarining sonidan ancha kam boʻladi. Shuning
uchun ham chin eritmalarning osmotik bosimiga qaraganda kolloid eritmalarniki
juda past boʻladi. Masalan, massaviy konsentratsiyasi 10 g/l boʻlgan oltin zolining
osmotik bosimi 45 Pa ga, xuddi shu konsentratsiyali saxarozaning osmotik bosimi
7250 Pa ga teng, shuningdek, kolloid eritmalar osmotik bosimining ma‘lum bir
ulushi elektrolitlar aralashmasi bosimiga toʻgʻri keladi. Chin eritmalardagi kabi
61
kolloid eritmalarga ham gaz qonunlarini tatbiq qilish mumkin. Kolloid eritmalar
uchun Klaypeyron-Mendeleyev tenglamasi quyidagicha yoziladi:
N
RT
V
P
yoki
RT
N
PV
bu yerda,
V
- kolloid zarrachalarning konsentratsiyasi, ya‘ni hajm birligida boʻlgan
kolloid zarrachalarning soni, N- Avogadro soni, ν – zarrachalar soni, P – osmotik
bosim.
Kolloid eritmalarning osmotik bosimining aniq qiymatiga ega boʻlgach,
mitsellalarning molekulyar massasi quyidagi formuladan foydalanib topiladi.
MV
gRT
P
Donnanning membrana muvozanati.
Odatda, chin eritmalarning osmotik
bosimini oʻlchashda devorlari yarim oʻtkazuvchi pardadan iborat boʻlgan idishga
eritma solinib, idish toza erituvchiga masalan, suvga solinadi. Erituvchini
oʻtkazadigan va lekin, eritmani oʻtkazmaydigan parda
yarim oʻtkazgich parda
yoki
membrana
deyiladi. Agar jismni membrana bilan teng ikkiga boʻlsak va bir
tomoniga erituvchi va ikkinchi tomoniga eritma quysak, erituvchi membrana orqali
eritmaga oʻta boshlaydi. Erituvchining yarim oʻtkazgich membrana orqali eritmaga
bir yoqlama oʻtish hodisasiga
osmos
deyiladi. Ma‘lum bir vaqt va balandlikdan
soʻng, muvozanat qaror topadi. Ya‘ni, erituvchining va eritmaning membrana
orqali oʻtish tezliklari tenglashadi. Umuman olganda, erituvchini eritmaga
oʻtkazmaslikni ta‘minlovchi, aniqrogi eritma va erituvchi orasidagi muvozanatni
saqlash uchun eritmaga berilishi kerak boʻlgan, bosim
-
osmotik bosim
deyiladi
(33-rasm).
|