Oʻzbekistоn respublikasi оliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi r. I. Ismailov, R. M. Davlatov, M. B. Mamatqulova



Yüklə 5,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/187
tarix15.12.2023
ölçüsü5,25 Mb.
#140892
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   187
O zbekistоn respublikasi оliy va o rta maxsus ta’lim vazirligi r

Elektron mikroskop. 
Agar kolloid zarracha anizodiametrik shaklda boʻlsa, u 
holda elektron mikroskopdan foydalanish mumkin. Kolloid zarrachalarning 
shaklini elektron mikroskop yordamidagina aniqlash mumkin.
1943-yilda elektron mikroskop kashf qilindi. Elektron mikroskopda yorugʻlik 
nuri oʻrnida elektronlar oqimidan foydalaniladi, chunki ularni elektromagnitlar 
yordamida boshqarish qulay. Shuning uchun shisha linzalari oʻrniga elektromagnit 
maydonidan foydalaniladi va elektron nurning manbai sifatida volframm simi 
ishlatiladi. Volframm simi qizdirilganda undan elektronlar oqimi sochilib, 
elektromagnit maydoni orqali kolloid eritmadan oʻtadi. Bu mikroskopda katoddan 
chiqqan elektronlar oqimi elektromagnit gʻaltakning magnit maydoniga kiradi. Bu 
maydon elektronlarni zichlashtiradi, tekshirilayotgan jismga yuboradi. Elektronlar 
jismning zich qismlaridan kam, zich boʻlmagan qismlaridan koʻp oʻtib, ikkinchi va 
uchinchi magnit maydonlariga boradi. Оb‘ektning kattalashgan tasviri yoritiluvchi 
ekranga prоeksiyalanadi.
Elektrоn mikrоskоp uchun yaqin jоylashgan оb‘ekt detallarini, mayda 


72 
zarrachalarini bir-biridan farq qilish qоbiliyatini xarakterlоvchi imkoniyat 
berilgan. Elektron mikroskop jismni 100 000 marta va undan ham katta qilib 
koʻrsata oladi (37-rasm). 
Elektron mikroskop tirik (oʻsimlik, hayvon) organizmdagi hujayralarning 
tuzilishini va ulardagi har xil kasalliklarni, ya‘ni qoʻzgʻatuvchi mikrob va 
viruslarni aniqlashda keng qoʻllaniladi. 
37-rasm. Elektron mikroskop sxemasi. 
Bu asbobdan foydalanib, kolloid zarrachalarning va hatto polimer 
molekulalarining, metall hamda qotishmalarning sirt tuzilishini, hatto, virus va 
mikroblarni, ya‘ni 0,5 – 1 nm kattalikdagi zarrachalarni koʻrish mumkin. 
Tayanch tushuncha va iboralar 

eritmalarning kolligativ xossalari
,
diffuziya hodisasi, konsentratsiya gradient, diffuziya 
koeffitsienti, Fikning birinchi qonuni, Broun harakati, zarrachaning siljishi, Eynshteyn -
Smoluxovskiy tenglamasi Eynshteyn-Smoluxovskiy tenglamasi, sedimentatsiya, osmometr, 
yarim oʻtkazgich parda, osmos, osmotik bosim, Donnan tenglamasi, Donnanning osmotik 
bosimi.

Yüklə 5,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin